AGROSANOAT MAJMUI. AGROBIZNES. R E J A: Agrosanoat to'g'risida tushuncha. Agrar munosabatlar. Renta va uning turlari. Agrobiznes va uning tarkibi. Agrosanoat qishloq xo'jaligi va u bilan bog'liq sanoat tarmoqlarining o'zaro aloqadorligi natijasida yuzaga keladi. Agrosanoat majmui quyidagilarni o'z ichiga oladi. Qishloq xo'jaligi. Qishloq xo'jaligi uchun texnikalar, mineral o'g'itlar, urug'lar, kimyoviy moddalar va boshqa shu kabi mahsulotlar ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari. Qishloq xg'jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalari (paxta tozalash zavodi, oziq-oqvat korxonalari, to'qimachilik korxonalari va boshqalar). Bozor munosabatlari iqtisodiyotning hamma jabhalarini, jumladan, qishloq xo'jaligini ham o'z ichiga oladi. Mazkur tizimda agrar munosabatlar alohida o'rin tutadi. Yer bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Bu munosabatlarning obyekti yer bo'lsa, uning subyektlari yer egalari, yerda xo'jalik yurituvchilar, nihoyat, yerga mehnat to'quvchi kishilar hisoblanadi. Agrar munosabatlar o'ta ko'hna, iqtisodiy munosabatlarning eng qadimiy shakli, chunki insonning iqtisodiy faoliyati yerni ishlashdan boshlangan. Bozor tizimi agrar munosabatlarga yangicha mazmun beradi. Yerning tovarga aylanish, yerga xilma-xil mulkchilikning paydo bo'lishi, yerning tadbirkorlik obyekti bo'lishi, yerning garovga qo'yilishi, nihoyat yer uchun pul shaklida renta undirilishi, agrobiznesning maxsus faoliyat turiga aylanishi bozor tizimi bilan bog'liq. Agrar munosabatlarning obyekti bo'lmish yer maxsus resurs bo'lganidan uning xususida ham o'zigagina xos bo'lgan iqtisodiy aloqalar kelib chiqadi. Yer har qanday ishlab chiqarishning umumiy sharti. Yerdan tashqarida ishlab chiqarishning bo'lishi mumkin emas. Insoniyat hali koinot makonida ishlab chiqarishni uyushtirganicha yo'q. Yerda qishloq xo'jaligi yuritiladi, sanoat, qurilish korxonalari joylashadi, yer ustidan va ostidan yo'llar o'tadi, yer qa'rida qazilma boyliklar joylashgan, yerda o'rmon xo'jaligi yuritiladi, turar-joy va madaniy-maishiy binolar qad ko'taradi va hokazo. Shu sababli har qanday iqtisodiy faoliyat ma'lum darajada yer bilan bog'langan deb aytamiz. Qishloq xo'jaligi uchun yer asosiy shilab chiqarish omili vazifasini o'taydi. Ma'lumki, qishloq xo'jaligidagi ishlab chiqarish ikki yoqlama xarakterga ega: birinchidan, iqtisodiy jarayon bo'lsa, ya'ni inson mehnati natijasida yuz bersa, ikkinchidan tabiiy-biologik jarayon bo'lib, mahsulot yetishtirish tabiiy omillarga, masalan, o'simlik yoki hayvonlarda kechadigan biologik o'zgarishlarga, iqlim sharoitiga, ob-havoning qanday kelishiga, tuproqning tabiiy hossalariga bog'liq. Qishloq xo'jaligi insonning tabiati bo'lgan munosabati bilan kishilarning o'zaro munosabatlari yaxlitlikda borishini talab qiladi va iqtisodiyotning agrar sektorini tashkil etadi. Bu sohada asosiy resurs yer bo'lib, u hech bir tengi yo'q, tanho o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ammo yer eng cheklangan resurs, uni mehnat bilan yaratib bo'lmaydi. Ko'pgina resurslar bir-birining o'rnini bosa oladi. Masalan, mehnat resursini mashina bilan almashtirish mumkin. yerniig o'rnini esa hech bir resurs bosa olmaydi, shu jihatdan u o'ta noyob va asosiy resurs hisoblanadi. Uning asosiyligi shundaki, yer boshqa resurslarga qo'shimcha sifatida amal qilmaydi. Masalan, ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 20:39:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.28 KB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:23
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 20:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.28 KB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:23 ]
Arxiv ichida: docx