Argentina Federativ Respublikasi geografik ma'lumot

Argentina Federativ Respublikasi geografik ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Argentina Federativ Respublikasi geografik ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Argentina Federativ Respublikasi Argentina - Janubiy Amerikaning janubi-sharqidagi davlat. Maydoni 2,8 mln km2 Iqtisodiy geografik o'rnining qulayligi sharqiy tomondan katta masofada okean sohilida joylashganligidir. Ayni vaqtda AQSH ga yaqinligi va Janubiy Amerikadagi eng rivojlangan davlat Braziliya bilan chegaradoshligidir. Tabiiy sharoitiga ko'ra Argentinaning shimoliy qismi tropik, markaziy qismida katta masofada subtropik, janubiy qismida esa mo''tadil iqlim mintaqalari joylashgan. Argentinaning janubiy qismida Pategoniya o'lkasi (plato), markazida Pampa, shimolida esa Gran-Chako o'lkalari joylashgan. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismini esa La-Plata pasttekisligi egallagan. Mamlakat hududining shimolida janubiy tropik chizig'i kesib o'tgan. Amerika qit'asidagi eng baland tog' cho'qqisi Akankagua () Argentinada joylashgan. Foydali qazilmalardan asosan neft va tabiiy gazga boy, ulardan tashqari toshko'mir, uran, temir, polimetall, oltingugurt konlari bor. Aholisi 35 mln kishi (1996-yil), 36,9 mln kishi (2003-yil), 39 mln kishi (2006 yil). Tug'ilish koeffisienti 19 ‰, o'lim 8 ‰ . 15 yoshgacha bo'lganlar jami aholining 31 % ini, 64 yoshdan o'tganlar 9 % ini tashkil etadi. O'rtacha umr 70-77 yosh. 1 ayolga 2,5 bola to'g'ri keladi. YAMD 10980 $ (2001y). Aholisi juda notekis joylashgan bo'lib, ular asosan La- Plata pasttekisligida joylashgan. Pategoniyada aholi juda siyrak. Etnik tarkibiga ko'ra argentinlar, ispan, italyan va evropaliklarning avlodlari hisoblanadi. Eng yirik shahari Buenos-Ayresda 10,8 mln aholi yashaydi, Kordova (1,1 mln). Aholisining ko'pchiligi katolik mazhabiga e'tiqod qiladi. Davlat tili ispan tili. Argentina - 1816-yil 9-iyul kuni mustaqil davlat deb e'lon qilindi. Unga qadar Ispaniya mustamlakasi bo'lib kelgan. 1982-yil aprel-iyun oylari Malvin (Folklend) orollarida Angliya-Argentina qurolli kuchlari to'qnashuvi bo'lgan va xanuz bu joylar munozaraligicha qolib kelmoqda. Argentina - LAES , LAIX tashkilotlariga a'zo. Argentina - federativ davlat bo'lib, 23 provinsiya, 1 milliy territoriya va 1 ta federal okrugini o'z ichiga oladi. Konstitusiyaga binoan qonun chiqaruvchi oliy organ - milliy kongress va ijrochi hokimiyatdan iborat. Asosiy siyosiy partiyalari: 1.Grajdan radikal ittifoqi (1891-yil) 2. Murosasizlar partiyasi (1963-yil) 3. Xristian demokratik partiyasi (1954-yil) 4. Sosialistik partiya (1986-yil) 5. Argentina kommunistik partiyasi (1918-yil). Argentina Janubiy Amerikadagi eng rivojlangan davlatlardan biri. Argentina ekonomikasiga AQSH, Germaniya va Buyuk Britaniyaning kapitali kuchli ta'sir etadi. Asosiy rivojlangan sanoat tarmoqlari: neftni qayta ishlash, qora metallurgiya, mashinasozlik, ko'n poyabzal, rangli metallurgiya tarmoqlaridir. Yirik sanoat markazlari: Buenos-Ayres, Kordova, Rosario. 1987-yil mamlakat 2,7 mln t. choyan, 3,4 mln t. po'lat, 2,7 mln t. prokat ishlab chiqargan. 184 ming avtomobil ishlab chiqargan. 47 mlrd kVts elektr -energiyasi hosil qilgan. Qishloq xo'jaligi asosan La-Plata pasttekisligida rivojlangan. Donli ekinlar etakchi o'rin tutadi, ayniqsa, makkajo'xori va bug'doy. 1986-87 yillar mamlakatda 32 mln t. don etishtirildi. Bulardan tashqari mamlakat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36 KB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36 KB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga