Atmosferaning ifloslanishi, uning asosiy sabablari Atmosfera geografik qobiqda muhim ahamiyatga ega. Atmosferani Yerning ko'rpasi va qalqoni deyishadi. U Yerning issiqlik rejimini tartibga solib turadi, issiqlikni Yer yuzasida taqsimlanishiga imkon beradi. Binobarin, uning mavjudligi tufayli Yer yuzasi sovib ham ketmaydi, isib ham ketmaydi. Agar havo qobig'I bolmaganda edi, yer yuzasida haroratlarning kunlik ozgarishi 200 gacha yetgan holda, kunduzi jazirama issiq (+100 dan yuqori ) va oqshom izg'irin sovuq (-100ga yaqin) bo'lar edi. Atmosfera tirik mavjudotlarni haloqatli ultrabinafsha, rentgen va kosmik nurlardan, meteorit jismlardan asraydi. Tabiatda atmosfera havosidagi gazlar miqdori nisbatlarini yerdagi hayot uchun optimal darajada taqsimlangan. Havodagi gazlarning deyarli hammasi organizmlarning hayotiy faoliyatida muayyan funksiyani bajaradi. Biologik jarayonlar uchun organizmlarni nafas olishida va organic moddalarning minerallashuvida foydalaniladigan kislorod hamda fotosintez jarayonida sarflanadigan karbonat angidrid gazikatta ahamiyatga ega. Kislorod - tabiatning hayotbahsh unsurlaridan eng asosiysidir. Odam bir kunda 25 kg ga yaqin kislorod iste'mol qiladi. Odam ovqatsiz 5 haftadan ortiqroq, suvsiz bir hafta yashashi mumkin , lekin kislorodsiz 5 daqiqadan ortiq yashay olmaydi.Organizmlarning faoliyati uzluksiz ravishda energiya sarf qilishni talab etadi. Energiya esa kiskorod faol ishtirok etadigan oksidlanish-tiklanish reaksiyalari jarayonida hosil bo'ladi.Bunday reaksiyalar natijasida organism hujayralarida oziqlantiruvchi moddalarning potensial energiyasining adenozintrifosfat (ATF) kislotasiga aylanishi sodir bo'ladi.Universal (lot. universalis umumiy) energetik mahsulot bo'lgan ATF da to'plangan energiya zahiralari hujayra ichkarisi sintezi (yunoncha sintesis-qo'shilish, birikish, tuzish), sekretsiya (lotincha sekretino-ajralish) bezlari, mushaklarning qisqarishi, miya faoliyati va organizmlarningboshqa jarayonlari sarflanadi. Havodagi kislorodning miqdori hajmiga ko'ra o'rtacha 20,95 %ni tashkil etadi.Atmosferadagi erkin kislorodning umumiy miqdori nihoyat darajada katta (1,5*1015t).F.F.Davitayaning (1978) hisoblariga ko'ra kislorodning fotosintetik mahsulotining yillik miqdori 120-190*109.Yoqilg'ilarni yoqish, metallurgiya va kimyo mahsulotlari, turli xil chiqindilarning qo'shimcha oksidlanishiga har yili 10-20*109t kislorod sarf bo'ladi. Binobarin, insonning xo'jalik faoliyati tufayli har yili biogen paydo bo'lgan kislorodning 10-16%i sarflanadi. Lekin atmosferada kislorodning kamayib ketish xavfi yo'q. Chunki yashil o'simliklar va okean fitoplankton (yunoncha fito-o'simlik va plankton-sahqib yuradigan, adashib yuradigan, darbadar kezadigan) karbonat angidrid gazini o'ziga singdirib , fotosintez jarayonida kislorod ajratadi. Havoda doimo ozon (O3) bo'ladi. Ozon quyoshning ul'trabinafsha nurlari ta'sirida molekulyar kislorodning parchalanishi natijasida kislorod atomlapining molekulyar kislorod bilan qo'shilishi natijasida hosil bo'ladi. Yer yuzasidagi havo tarkibida ozonning ulushi atigi 10-6% ni tashkil etadi. Atmosferadaulushigi ozonning eng katta zichligi 20-22km balandlikda kuzatiladi.Bu qatlam ozonosfera (ozon ekrani) deyiladi. Ammo bu qatlamdagi ozonning miqdori katta emas. me'yoriy bosimgakeltirilgan qalinligi atigi 3mm bo'ladi. Ozon qatlami yer yuzasidagi hayotni asraydigan qalqon bo'lib xizmat qiladi.Bu qatlam hayot uchun xavflibo'lgan ul'trabinafsha nurlarning deyarli hammasini o'ziga singdiradi. Bundan tashqari ,ozon Yerning ul'traqizil nurlarining ham bir ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 20:39:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.49 KB
Ko'rishlar soni
227 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Jan 2023 [ 20:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.49 KB
Ko'rishlar soni
227 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:27 ]
Arxiv ichida: doc