Chorvachilik tarmoqlari geografiyasi

Chorvachilik tarmoqlari geografiyasi

O'quvchilarga / Geografiya
Chorvachilik tarmoqlari geografiyasi - rasmi

Material tavsifi

CHORVACHILIK TARMOQLARI GEOGRAFIYASI R E J A: 1. Qoramolchilik. 2. Qo'ychilik va echkichilik. 3. Parrandachilik. 4. Mo'ynali hayvonlar boqish. Chorvachilikning asosiy mahsuloti go'sht, sut, tuxum, jun, teri va mo'ynadir. Chorvachilik quyidagi tarmoqlardan iborat: qoramolchilik, qo'ychilik, echkichilik, cho'chqachilik, yilqichilik, parrandachilik, asalarichilik, pillachilik, baliqchilik va darrandachilik. Qoramolchilik. O'rmon va o'rmon-dasht zonalarida sersut qoramol boqiladi, chunki bu yerlarda yem-xashak ko'p. Dasht va pampalarda sut-go'sht qoramolchiligi rivojlangan. Bu yerlarda mollar tabiiy yaylovlarda boqiladi, yaylovlarda utlar qurib qolgandan keyin molxonalarda boqiladi. Quruk dasht, chala cho'l va cho'llarda go'sht beradigan mollar boqiladi. Jahonda qoramollarning soni 1,3 mlrd ga yaqin bo'lib, ularning soni bo'yicha jahonda Hindiston (182 mln bosh), AQSH, Rossiya va Braziliya yetakchi. AQSHda, Argentinada na Avstraliyada qoramolchilikka ixtisoslashgan hududlar vujudga kelgan. Ushbu hududlarda eksport qilinadigan go'shtlar yetishtiriladi (masalan, Argentinada Pampa rayoni). Qo'ychilik dasht, chala cho'l, cho'l va tog'larda rivojlangan. Shimoliy rayonlarda qo'ylar teri va go'sht yetishtirish uchun, janubiy rayonlarda mayin jun olish uchun, cho'l va chala cho'llarda dag'al jun va qorako'l teri olish uchun boqiladi. Subtropik va tropik qumli cho'llarda (O'zbekiston, Turkmaniston, Eron, Afgoniston va boshqalar) qorako'l qo'ylari boqiladi. Avstraliya qo'ylar soni bo'yicha jahonda birinchi o'rinda turadi (140 mln bosh). Bu mamlakatda yirik qo'ychilik stantsiyalari («Shipsteyshnz») tashkil qilingan. Ular 10 ming va xatto 100 minglab ga maydonni eg'allaydi va bu stantsiyalarning har birida 50-100 ming boshgacha mayin junli «Merinos» qo'ylari boqiladi. Jahondagi qo'ylar sonining yarmi rivojlanayotgan mamlakatlarga to'gri keladi (Turkiya, Eron, Tokiston, Afgoniston, Efiopiya, Sudan va boshqalar). Cho'chqachilik eng maxsuldor va tez ko'payadigan tarmoq o'lib, bu sohada Xitoy jahonda yetakchi o'rinda turadi. Yilqichilik va tuyachilik. Cho'l, chala cho'l va tog'larda rivojlangan. Otlardan juda uzoqdavr mobaynida asosiy tansport vositasi sifatida foydalanib kelindi. Hozirgi davrda esa sport maqsadlarida hamda go'shti va suti (qimiz) uchun boqiladi. Tuyachilik asosan cho'l rayonlarida (Afrika va Osiyo cho'llari) rivojlangan. Hozirgi paytda ular asosan go'shti, suti va juni uchun boqiladi. Bug'uchilik asosan shimoliy o'lkalarda rivojlangan. Go'sht va terisi uchun boqiladi, transport maqsadlarida ham foydalaniladi. Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning qutbiy o'lkalarida tarqalgan. Parrandachilik cho'chqachilikka o'xshab chorvachilikning sermaxsul tarmog'i hisoblanadi. Asosan go'sht va tuxum yetashtirib beradi. Yirik shaharlar atrofida rivojlantiriladi. Darrandachilik deganda yovvoyi hayvonlarni go'shti, terisi, shoxi va mo'ynasi uchun ko'paytirish tushuniladi. Hozirgi paytda kumush rangli qora tulki (shimoliy rayonlarda), havo rangli shimol tulkisi, nutriya va norka ko'paytirilmoqda. Ipakchilik (pillachilik). Shoyi beradigan ipak qurti boqishga asoslangan. O'rta Osiyo davlatlarida tut bargini iste'mol qiladigan, Osiyo davlatlarida (Xitoy) esa eman; daraxti bargini iste'mol qiladigan ipak qurti boqiladi. Asalarichilik, o'rmon, o'rmon-dashtlarda va tog'larda rivojlangan. O'tloq, dasht o'tlari, bargli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.83 KB
Ko'rishlar soni 216 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:30 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.83 KB
Ko'rishlar soni 216 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga