Daryo va havo transporti

Daryo va havo transporti

O'quvchilarga / Geografiya
Daryo va havo transporti - rasmi

Material tavsifi

Daryo transporti. Ichki suv transporti-transportning eng qadimgi turidir.Mazkur transport yuk va yo'lovchi tashishda, yo'llarning umumiy uzunligi ( 2006 y) boyicha jahon transport sistemasida oxirgi o'rinlarda turadi.Yukning 2%i, yo'lovchining 0,5%i shu transportda tashiladi.Ichki suv transportining rivojlanishi va joylashishi birinchi navbatda kemalar suza oladigan daryo hamda ko'llarning bor-yo'qligiga bog'liq. Quruqlik transportiga qaraganda daryo transportining kamchiliklari bo'lishiga qaramay,ba'zi hududlarda daryo transporti xal qiluvchi rol oynaydi.Masalan: Sibirda, Amazoniyada. Daryo kemalari ko'p yuk ko'taradi va tashiladigan yuk birligiga energiyani temir yo'lga nisbatan deyarli 6 marta kam sarflaydi.Shu sababli daryolarda hajmi katta, miqdori ko'p va tez olib borishi talab etilmaydigan yuklar tashish iqtisodiy jihatdan foydali. Daryo transportida tashiladigan yuk tannarxiga sharsharalar, ostonalar va daryolarning sayzligi salbiy ta'sir ko'rsatadi.mazkur to'siqlarga FTI sababli birmuncha barham berilmoqda. Amazonka, Missisipi, Ob, Yenisey, Kongo kabi daryolarning transport imkoniyatlari yirik temir yo'l transporti imkoniyatlaridan ham ortiq.Biroq bu imkoniyat va sharoitdan foydalanish iqtisodiy rivojlanishning umumiy darajasiga bog'liq.Shuning uchun dunyoda ichki suv yo'llarida yuk tashishda AQSH, Rossiya, Kanada, Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Xitoy ajralib turadi.Ayni paytda Osiy, Afrika, Lotin Amerikasining juda katta daryo shoxobchalariga jahon ichki suv yo'llarida tashiladigan yukning 5%i to'g'ri keladi. Ichki suv yo'llarning uzunligiga ko'ra 110qismi sun'iy suv yo'llariga to'g'ri keladi.Ularning eng kattalari AQSH, Xitoy, Rossiyada joylashgan. Ko'l kema qatnovining eng asosiy rayoni AQSH va Kanadadagi Buyuk ko'llar bo'lib, bu ko'llar San-Lavrentiy chuqurlatma kanali orqali okeanga tutash.Bu yo'l orqali dengiz kemalari quruqlik ichkarisiga ga kira oladi. MDHdagi asosiy daryo yo'li Volga-Kama havzasi bo'lib, undan tashqari Dnepr, Don va Sibir daryolari katta ahamiyatga ega.Ko'llaridan Ladoga (II-jahon urushi yillarida sobiq Leningrad shahri uchun 900 kunlik blokadada hayot yo'li bo'lgan), Onega, Kaspiy dengiz ko'li, Balxash, Baykal muhim o'rin tutadi.O'zbekistonda asosan Amudaryo, Sirdaryoda esa qisman suv transporti mavjud bo'lib, boshqa transport tarmoqlarining taraqqiy etishi munosabati bilan suv transportining ahamiyati tobora pasayib bormoqda. Orol dengizida kema qatnovi 1980 yillargacha mavjud bo'lib, keyingi yillarda to'xtab qolgan. Havo transporti Aviasiya-transportning eng yosh, eng tez, eng qimmat va joy relefiga bog'liq bo'lmagan turidir.Dastlabki samolyotni 1885 yil rus dengiz ofiseri A.F.Mojayskiy ixtiro qildi.U bug' dvigatelli 1-samolyot bo'lib, podsho tomonidan qo'llab-quvvatlanmadi.2-samolyotni 1903 yil 17.X11. amerikalik aka-uka Raytlar yaratdi (kerosin bilan ishlaydigan).mazkur samolyot 32m ga uchdi.Avis so'zi lotincha qush demakdir. Mashxur aviakonstruktorlar: E.N.Jukovskiy, A.N.Tupalyov (AN, TU marka), S.V.Ilyushin (Il), A.I.Mikoyan (Mich), A.S.Yakovlev (Yak).(TU). Il-76-40t.yukm bilan 850km tezlikda ucha oladi.MIG-qiruvchi samolyoti 2400km.soat tezlikda ucha oladi. Havo transportining ahamiyati yil sayin ortib bormoqda.Masalan: 1948 yil havo transportida 20mln yo'lovchi tashilgan bo'lsa, 1990 yil 1,2mlrd yo'lovchi tashildi. Dastlabki samolyot bug' dvigatelli bo'lsa, hozirda turbovintli va reaktiv ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.17 KB
Ko'rishlar soni 218 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:30 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.17 KB
Ko'rishlar soni 218 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga