Dunyo aholisi geografiyasi

Dunyo aholisi geografiyasi

O'quvchilarga / Geografiya
Dunyo aholisi geografiyasi - rasmi

Material tavsifi

Dunyo aholisi geografiyasi. Aholi-jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi va ayni paytda asosiy iste'molchisi hamdir. Aholining tabiiy o'sishi: tug'ilish, o'lim va tabiiy ko'payish hodisalarining yig'indisidan kelib chiqadi. Bu hodisalar aholining to'xtovsiz tiklanib va avlodlarning yangilanib turishini ta'minlaydi. Jahonda tug'ilish koeffisienti 21 ‰ bo'lgani holatda, bu ko'rsatkich - Gvineya Bisau, liberiya, KDR kabi davlatlarda 50 ‰. Aksincha, GFRda, Xitoy Makaosida - 8‰, Yaponiya, Tayvan, Litva, Avstriya, Belorussiyada - 9‰ (2007 y). O'lim koeffisienti dunyo boyicha 9‰ bo'lgani holatida, bu ko'rsatkich Svazilendda 29‰, Botsvanada 27‰, angolada 22‰. Aksincha, Katar, Quvayt, BAA kabi davlatlarda 2 ‰ ga teng (2007 y). O'lim darajasi dastavval kishilar hayotining moddiy sharoitiga-ovqatlanishiga, mehnat va ro'zg'orning sanitariya-gigiyena sharoitiga, sog'liqni saqlash ishlari taraqqiyotiga bog'liq. Tug'ilish darajasi -jamiyatning sosial-iqtisodiy tuzilishiga (rivojlangan yoki qoloqligi), jamiyat va oilada kishilar o'rtasidagi o'zaro a'loqalarga bog'liq. Odatda kishilarning moddiy farovonligi va madaniyati o'sgan sari, ayollarning ishlab chiqarishga va ijtimoiy faoliyatga ko'proq jalb etilgan sari, bolalarning o'qish muddatlari uzaygan sari, nikoh yoshi kechikkan sari (ilgari 14 yoshda uylagan, 9 yoshdan kuyovga bergan) bo'lsa, hozirda ayrim mamlakatlarda 30 yoshdan o'tib oila qurmoqda. Masalan: Prosta Mariya filmida. G'arb mamlakatlaridagi korchalon xonimlar tug'ishni butunlay xohlashmayapti (implantasiya). Dunyo aholisining jinsiy tarkibi: Yangi dunyoda va Afrika, Avstraliyada erkaklar va ayollar soni deyarli teng. Xitoy, Hindiston, Pokiston, Turkiya, Arabiston yarim oroli davlatlari va Liviyada erkaklar soni ko'p. Rossiya, Sharqiy va O'rta Yevropadavlatlarida aksincha, erkaklarga nisbatan ayollar soni ko'p. Masalan, BAA da 100 ayolga 147 ta, Quvaytda 152 ta erkak to'g'ri keladi. Butanda 100 erkakka 128 ta ayol, Ukrainada 116 ayol, Rossiyada 113 ayol to'g'ri keladi (2005 y). Dunyo aholisining irqiy tarkibi % hisobida quyidagicha: jahon aholisining 42 % i yevropoid irqiga, 20 % i mongoloid irqiga, 7 % i negroid irqiga, 1 % i avstroloid irqiga, 30 % i aralash va o'tkinchi tiplarga mansub. Aholining ko'payishiga urushlar, qahatchilik, kasalliklar ta'sir etadi. Hozirda dunyo aholisining tabiiy o'sishi yiliga 90 mln. kishi, ya'ni tabiiy ko'payish 2%ni tashkil etsa, O'zbekiston aholisi 2,9%ga o'smoqda. Jahonda aholisining tabiiy o'sish koeffisienti eng past bo'lgan mamlakatlar: Estoniya (-0,2), Latviya (-0,5), Litva (-0,4), Belorussiya (-0,5), Ukraina (-0,6), Bolgariya (-0,5), Vengriya (-0,5) (2007 y.). Dunyo boyicha aholining yillik tabiiy o'sishi 1,2 % ni tashkil etgani holda bu ko'rsatkich turlicha. Masalan: Nigerda 3,4 %, Moyottada 3,6% , Yamanda 3,2 % , Sharqiy Timorda 3,3 %, Marshal orollarida 3,3 % ni tashkil etadi (2007 y). Hozirda dunyo aholisining tabiiy o'sishini 2 turga bo'lib o'rganiladi. Aholi ko'payishining 1-tipi: Demografik tanglik. Bu tur uchun tug'ilish, o'lim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.05 KB
Ko'rishlar soni 216 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:32 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.05 KB
Ko'rishlar soni 216 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga