Dunyo okeani resurslari

Dunyo okeani resurslari

O'quvchilarga / Geografiya
Dunyo okeani resurslari - rasmi

Material tavsifi

Dunyo okeani resurslari. Keyingi o'n yilliklarda jahon okeanshunos olimlari, shu jumladan Yu.M.Shokalskiy, V.Yu.Vize, N.N.Zubov, P.P.Shirshov, K.K.Makarov, Jak iv Kusto kabi rus tadqiqotchilari, o'nlab ekspedisiyalarning ishlari natijasida Dunyo okeanining ko'p sirlarini kishilar bilib olishdi.Dengiz geologiyasi yordamida okean tabiiy resurslarining juda katta xazinasi ekanligi isbot qilindi. Bu xazina avvalo dengiz suvidan iborat.Dengiz suvi miqdori 1338 mln km3 yoki gidrosferadagi suv miqdorining 96,5% tashkil etadi.Bu degani Yerdagi har bir kishi uchun o'rta hisobda taxminan 270mln m3 dengiz suvi to'g'ri keladi. Bundan tashqari dengiz suvi o'ziga xos tirik ruda bo'lib, tarkibida 75xil ximiyaviy element mavjud. Misrliklar va xitoyliklar qadim zamonlardanoq dengiz suvidan tuz ajratib olishni o'rganib olishgan.Hozirda dengiz suvidan ko'p miqdorda tuz (insoniyat iste'mol qilayotgan tuzning 13 qismi) undan tashqari magniy,brom,yod olinadigan manba bo'lib xizmat qiladi. Bundan keyingi boylik Dunyo okeani tagidagi mineral resurslardir.Materik sayozligidan qazib olinadigan resurslar orasida neft va gaz katta ahamiyatga ega.Ko'pchilik hisoblarga qaraganda bu boyliklar butun jahon zaxirasining yarmidan ortig'i materik sayozligida joylashgan. SHuning uchun 5 ta Arktika davlatlari (Rossiya, Kanada, AQSH, Norvegiya, Daniya) SHimoliy Muz okeani havzasini bo'lib olish shartnomasini 2008-yil may oyida Grendandiyani Gotxob shaxrida imzoladi. Materik sayozligidagi qattiq foydali qazilmalar nishab shaxtalar va dragalar yordamida qazib olinadi.Shuningdek okeanlarda cho'kib ketgan kemalar ko'plab qidirilmoqda va topilmoqda.Okean chuqur qismining asosiy boyligi temir-marganes qotishmalaridir.Dunyo okeanidagi asosiy temir-marganes qotishmalari X1X asrning 70 yillaridayoq inglizlarning Chellenjer ilmiy tadqiqot kemasida aniqlangan. Dunyo okeani tagidagi barcha temir-marganes qotishmalari aniqlangan bo'lib, ularning katta qismi Tinch okeanida joylashgan. Temir-marganesni dunyo okeanidagi umumiy zaxirasi 3trln.t.,olish mumkin bo'lgani 0,5 trln.t.ni tashkil qiladi.Qotishmalarni qazib olish dastlabki tajribasi AQSH tomonidan Gavayi orollari yaqinida o'tkazgan (1980-yil). Dunyo okeanining bundan keyingi boyligi energetika resurslari.Bu boylik juda katta.Olimlarning hisobiga ko'ra sayyoraimzdagi suv qalqishining umumiy qudrati 1-6mlrd kVt ga teng.1mlrd kVt qudrat yer yuzidagi barcha daryolar energiyasidan ortiq. Suvning ko'tarilishi bilan bog'liq yirik elektr stansiyalarni 25ta joyda qurish mumkinligi aniqlangan.Rossiya, AQSH, Fransiya, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya eng katta suv qalqishi energiya resurslariga egadir.Bu mamlakatlarda suv ko'tarilishining balandligi 10- ga etadigan sohillar bor.Masalan: Fandi qo'ltig'i (19m gacha), Penjina qo'ltiqchasi (14m), Kandalashka (12m). Dengiz suvlarining qalqishi hisobiga ishlaydigan elektr stansiyalari qurilgan bo'lib, ularni QES (PES) deyiladi.QESlar hozirda jahonning 5 mamlakatida mavjud bo'lib, ular: Rossiya, AQSH, Fransiya, Kanada,Xitoy. Dunyo okeanining yana bir boyligi biologik resurslardir.Bular suvda yashovchi hayvonlar va o'simliklardir.Bu resurslardan foydalanish akvakultura va marikultura usullarida qadimdan Xitoyda rivojlangan.Okeanlarning biologik moddalari umumiy miqdori 35mlrd.t. hisoblanadi, ular 140ming tur mavjudotdan iborat bo'lib, shundan 130 00 turi hayvonot turlariga, 10 00 turi o'simlik turlariga to'g'ri keladi. Ular hammasi birgalikda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.53 KB
Ko'rishlar soni 254 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:32 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.53 KB
Ko'rishlar soni 254 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga