Ekologik vaziyat va uni baholash mezonlari Ekologik muammoning tarkib topishi va rivojlanishi muammoli vaziyatning shakllanishi bilan bevosita bog'liq. Muammoli vaziyat - atrof muhitning nomaqbo'l (salbiy) ekologik, sotsial va iqtisodiy oqibatlarga sabab bo'ladigan yoki bo'lishi mumkin bo'lgan antropogen (ba'zan tabiiy) o'zgarishidir. Bu tushuncha har qanday ekologik komponentlarni yoki ularning majmualarining (mexanik ta'sir, fizikaviy, kimyoviy va biologik ifloslanishi, chiqindilardan nooqilona foydalanish va boshqalar tufayli) landshaftlar (geosistemalar)ning buzilishini qamrab oladi. Ekologik muvozanat - tabiiy muhitdagi uning asosiy komponentlarining o'z - o'zini tartibga solishi yoki qayta tiklanishi tabiiy yoki insonning aralashuvi bilan sun'iy yo'l bilan dinamik holatini saqlab turishidir. Ekologik muvozanat - ma'lum chegaralangan hudud (landshaft)da jonli va jonsiz tabiat o'rtasidagi tenglik, to'g'ri munosabat, bir-birlarini taqoza qilishi, ma'lum darajadagi o'lchamlari (kirim-chiqim, biomassa va b.) bilan tavsiflanadigan xususiyatlari, jonli organizmlarining o'zaro munosabatlaridan iborat. Ekologik muvozanat tabiiy va antropogen omillar ta'sirida buzilishi mumkin. Buzilish natijasida avvalo o'simlik gruhlarining tarkibi va tuzilmasi zararlanadi. Ta'sir qisqa muddatli va barqaror bo'lishi mumkin. Qisqa muddatli ta'sir natijasida geosistema favqulodda, ba'zan bir tekis o'zgarishga uchraydi (bu hol ta'sir sajiyasiga bog'liq). Ekologik muvozanatning buzilishi geosistemadagi tabiiy balansnng o'zgarishi bilan bevosita bog'liq. Ekologik muvozanatni saqlash inson hayoti uchun qulay sharoitlarni yaratish bilan bir qatorda ekologik xizmatning muhim vazifasidir. Ekologik muvozanat tufayli ekosistemada muayyan sifat holati saqlanib turadi yoki muayyan geografik joy va geologik davr uchun xos bo'lgan suksession () rivojlanish qatorida bir ekosistemaning boshqasi bilan almashinuviga olib keladigan energiya va moddaning kirimi va chiqimining dinamik tengligi bo'ladi. Muayyan sistemaning shakllaninshiga imkon beradigan ekolgik vaziyatni ta'minlovchi komponentlarning miqdoriy birikmasi ekologik komponentlar balansi deyiladi. Landshaftda nisbat yoki muvozanatni ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimi landshaftning modda va energiya balansi deyiladi. Balans - landshaftga keladigan, undagi jarayonlarga sarflanadigan va geosistemadan chiqib ketadigan modda va energiya miqdorini solishtirhdir. Fan - texnika taraqqiyoti insonning tabiatga ta'sir ko'rsatuvchi qudratini oshishiga va buning natijasida uning ishlab chiqarish va fan - texnika (taraqqiyoti) faoliyati bilan bog'liq bo'lgan omillar - industrilizatsiya va urbanizatsiya, energetika xom ashyo resurslarining kamayishi, tabiiy dinamik muvozanatning buzilishi natijasida atrof tabiiy muhit sifatining yomonlashuvi bilan bog'liq bo'lgan muammolardir. Fan - texnika taraqqiyoti sharoitlarida jamiyat rivojlanishining shart - sharoitlari bo'lgan tabiiy resurslarlan foydalanishning jadallashuvi va tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslarni qayta tiklash orasidagi ziddiyatlar ekologik muammolarning negizini tashkil etadi. Ta'kidlash lozimki, har qanday miqyosdagi ekologik muammo tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy gegrafik qonuniyatlar asosida ro'y berishi tufayli geografik muammo ham hisoblanadi. Chunki, har qanday ekologik muammo muayyan hududda - geosistema, landshaft, tabiiy kompleksda tarkib topadi va rivojlanadi. Ekologik muammo geosistema doirasida o'rganilishi ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 20:39:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.8 KB
Ko'rishlar soni
196 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Jan 2023 [ 20:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.8 KB
Ko'rishlar soni
196 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:33 ]
Arxiv ichida: doc