Fan-texnika inqilobi. Insoniyat madaniyatining butun rivojlanishi fan-texnika taraqqiyoti (F.T.T.) bilan qattiq bog'langan Lekin bu taraqqiyot jarayonida ishlab chiqarish kuchlari tez va chuqur o'zgargan ayrim davrlar ham bo'lgan. XVII-XXasrlarda bir qancha mamlakatlarda sanoatda keskin burilish bo'lgan davr ana shunday davrlardir. Bu davrlarda qo'l mehnati yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga o'tildi. XX asrning o'rtalaridan boshlangan hozirgi FTI ham shunday keskin burilish davridir. FTI insoniyat ishlab chiqarish kuchlarida tub sifatiy burilish bo'lib, u fanni jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishiga asoslangan. FTI asta-sekin rivojlana borib, keyin insonning moddiy va ma'naviy imkoniyatlarining benihoya o'sishiga turtki bo'ladi. Biz FTI yanada chuqurlashib borayotgan davrda yashayapmiz. Hozirgi zamon FTI 4 ta asosiy xususiyatga ega: Birinchidan, ko'p qirrali bo'lib, hamma tarmoqlar, hamma sohalarni mehnat jarayonini, turmush sharoitini, madaniyatini, kishilar ruhiyatini o'zgartiradi. Agar ilgari sanoatda burilishning ramzi deb bug' mashinasi hisoblangan bo'lsa, hozirgi FTI ning ramzi EHM, kosmik kema, samolyot, AES, televizor, telefon, mini kompyuterlar bo'lishi mumkin. Hozirgi FTI ning ko'p qirrali ekanini geografik jihatdan ko'p sharhlash mumkin. Chunki FTI dunyoning barcha mamlakatlariga, Yerning butun geografik qobig'iga, shuningdek koinotga ham ozmi-ko'pmi ta'sir ko'rsatadi. Ikkinchidan fan-texnika qayta qurishni nihoyatda tezlashtirib yubordi. Bu tezlanish ilmiy kashfiyot bilan uni ishlab chiqarishga tadbiq qilish o'rtasidagi vaqtning keskin qisqarganida mahsulotlarning juda tez ma'naviy eskirib qolishida va binobarin, muntazam yangilanib turishida o'z ifodasini topdi. Uchinchidan, insonning ishlab chiqarishdagi o'rnining tubdan o'zgarishiga olib keldi. FTI mehnat resurslari malakasi darajasiga talabni keskin oshirdi. Bu talab sizlarning har biringiz uchun ham zarurdir. Bu hol ingson faoliyati barcha sohalarida aqliy mehnat salmog'ini oshirdi, ya'ni mehnatni aqliylashtirish roy berdi. To'rtinchidan, FTI ning muhim xususiyati shuki, FTI II-jahon urushi vaqtida harbiy texnika inqilobi sifatida paydo bo'ldi. 1945 yil Xirosimada portlagan atom bombasi harbiy-texnika inqilobi boshlanganligi haqida jar soldi. Butun sovuq urush davomida fan-texnika taraqqiyotining eng yangi yutuqlari harbiy maqsadlarda foydalanishga qaratildi. Iqtisodchilar, faylasuflar va sosiologlar hozirgi zamon FTI ko'p qirrali bo'lib, yagona murakkab tizimdan iborat. Bu tizimda uning 4 ta tarkibiy qismi bir-biri bilan o'zaro juda bog'lanib ketgan, deb hisoblaydilar. Bu 4 ta tarkibiy qism: 1.Fan 2.Texnika va texnologiY. 3. Boshqaruv. 4. Ishlab chiqarish. Fan va talab tarmoqlarning rivojlanishi. FTI davrida fan bilimlarning juda murakkab majmuaga aylandi. Shu bilan birga ilm-fan inson faliyatining juda keng sohasiga aylandi.; jahondagi ilmiy hodimlar soni 5,5 mln. ga yaqin, ya'ni yer yuzida yashagan barcha ilmiy hodimlarning 910 qismi bizning davrimizda yashamoqda. Fanning ishlab chiqarish bilan aloqalari juda o'sdi, ishlab chiqarish tobora ko'proq fantalab bo'lib bormoqda. Lekin bunda rivojlangan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlar orasidagi farqlar juda katta. ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 20:39:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.38 KB
Ko'rishlar soni
236 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:34
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 20:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.38 KB
Ko'rishlar soni
236 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:34 ]
Arxiv ichida: docx