Hind va Shimoliy muz okeanlari

Hind va Shimoliy muz okeanlari

O'quvchilarga / Geografiya
Hind va Shimoliy muz okeanlari - rasmi

Material tavsifi

Hind va Shimoliy muz okeanlari Reja: 1. Hind okeani. 2. Shimoliy muz okeani. XV asr oxirida ingliz dengizchisi Jeyms Kuk Hind okeanida dastlabki chuqurlik o'lchash ishlarini olib bordi. Hind okeanining o'rtacha chuqurligi 3700 m, eng chuqur joyi-Zond cho'kmasida 7450 m, maydoni 75 mln. km2 ga teng. Shimoliy muz okeani - Yer yuzidagi okeanlar orasida eng kichigi (dunyo okeani maydonining 4 foizini, maydoni 13,1 million km.kv. xajmi 17 mln.km.kub. ni tashkil qiladi. Shimoliy muz okeani dastlab mustaqil okean sifatida 1650 yilda golland geografi V. Verenius tomonidan ajratilgan va o'sha davrda Giperborey okeani deb atalgan.1845 yilda uni London geografiya jamiyati Shimoliy Muz okeani deb atadi. Mavzuning maqsadi: Hind va Shimoliy Muz okeanlari tabiati, oqimlari va organik dunyosini o'rganish. Hind okeani sayyoramizda o'ziga xos joylashganligi bilan ajralib turadi. Bu okean shimolda Yevrosiyo bilan o'ralgan va Shimoliy Muz okeani bilan tutashmagan. U Tinch okeanidan Katta Zond orollari va Avstraliya orqali, Tinch okeani bilan chegarasi esa tasmaniya oroli meridiani orqali o'tadi. Hind okeani sohillari qadimda taraqqiy etgan rayonlardan biridir. Odamlarning taxminlariga ko'ra dengizda suzish bu okeanda boshqa okeanlardan oldin, taxminan 6 ming yil ilgari boshlangan. Okeanda suzish marshrutlari taorifini birinchi bo'lib arablar qoldirgan. Yevropageografiyasi uchun Hind okeani haqidagi maolumotlar Vasko da Gama davridan (1497-1499 yillar) to'plana boshladi XVSH asr oxirida ingliz dengizchisi Jeyms Kuk bu okeanda dastlabki chuqurlik o'lchash ishlarini olib bordi. Okeanni kompleks o'rganish X1X asr oxirida boshlandi. Eng yirik tadqiqotlar Chelendjer kemasida ingliz ekspeditsiyasi tomonidan olib borildi. Biroq Hind okeani XX asr o'rtalarigacha kam o'rganilgan edi. Bizning davrimizda ko'p mamlakatlarning ilk tadqiqotchi kemalarida o'nlab ekspeditsiyalar okean tabiatini o'rganmokda. Uning boyliklarini aniqlamoqda. Okeanning o'rtacha chuqurligi 3700 m, eng chuqur joyi va Zond cho'kmasida 7450 m, maydoni 75 mln. km2 ga teng. Okeanda shelpf katta maydonga ega emas. Okean tagi boshqa okeanlardagi kabi eng katta maydonga ega. Uni ko'plab qirlar kesib o'tgan. Okeanning g'arbiy qismid Afrikadan janubda O'rta Atlantika tog' tizmari bilan tutashgan suv osti tog'lari cho'zilgan. Tog' tizmasiniing o'rta qismida chuqur yoriqlar, yer qimirlab va vulkandlar otilib turadigan rayonlar joylashgan. Okean bir necha tabiat mintaqasida joylashgan. Tropik mintaqada atrofdagi quruqliklar taosirida suv massalari turli xususiyatlarga ega bo'lgan komplekslar tarkib topadi. Tropik mintaqasining g'arbiy qismida yog'in kam yog'adi, bug'lanish ko'p, quruqlikdan suv deyarli quyilmaydi. Suvning sho'rligi yuqori. Mintaqaning shimoli-sharqiy qismida, aksincha, yog'in ko'p yog'adi va Himolay tog'laridan oqib tushuvchi daryolar ko'p miqdorda chuchuk suv keltiradi. Janubiy mo'otadil mintaqaning suvlari qishda sovuq, yozda bir oz iliq bo'ladi. Tez-tez bo'lib turadigan dovullar yuzadagi suvlarni aralashtirib turadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.73 KB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.73 KB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga