Jahon energetika sanoati

Jahon energetika sanoati

O'quvchilarga / Geografiya
Jahon energetika sanoati - rasmi

Material tavsifi

Jahon energetika sanoati. Yoqilg'i-energetika jahon xo'jaligining tarixiy taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo'lib keldi. FTI davrida ham energetika ishlab chiqarishni rivojlantirish va joylashtirishga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Shu ma'noda energetika jahonni boshqaryapti. Birlamchi energiya boyliklarini (neft, tabiiy gaz, toshko'mir, torf, yonuvchi slanes) jahonda ishlab chiqarish va iste'mol qilish har doim o'sib boradi. Masalan: 1900yilda 1mlrd.t. shartli yoqilg'i qazib chiqarilgan va ishlatilgan bo'lsa, u 1990yilda 10 mlrd.t.ga etdi. 200yil taxminan 14 mlrd.t.ga yetadi. Bunday o'sish sur'ati 1970 yillarda juda yuqori bo'ldi va neftь buxroni boshlandi. Butun jahonga xos bo'lgan bu yo'nalish hamma joyda bir xil emas. Masalan: AQSH butun birlamchi energiya resurslarining 14 qismini iste'mol qilgani holda, 3 mlrd.dan ortiq aholisi bo'lgan rivojlanayotgan mamlakatlarning hammasi shuncha energiya iste'mol qiladi. Jahonda yiliga har bir kishiga o'rtacha 2t. shartli yoqilg'i to'g'ri kelsa, AQSHda 10 t.rivojlanayotgan davlatlarda 0,7 t. to'g'ri keladi. Kapitalistik dunyodagi barcha energiya resurslarining 40%i AQSH hissasiga to'g'ri keladi. Jahon energetika sanoati X1Xasr-XX-asrning 2-yarmiga qadar ko'mir bosqichi, XX asrning 2-yarmidan 70 yillarga qadar neft-gaz bosqichi, 70 yillardan buyon 3-o'tkinchi davrga asosan tugamaydigan tabiiy resurslardan fodalanishga o'tish (suv,shamol,uran,quyosh) kiradi. Bunga sabab energetika krizisidir. Masalan, jahon bozorida 1 barel neftning narxi 2001-yil 28 AQSH dollaridan 2008-yili 138 AQSH dollarigacha ko'tarildi. ELEKTR ENERGIYASI ISHLAB CHIQARISH BO'YICHA JAHONDAGI BIRINCHI O'NLIK DAVLATLARI (%HISOBIDA) Neft sanoati hozirda katta ahamiyatga ega. Neft jahonning 80 mamlakatida qazib chiqariladi. Jahonda yiliga 3,7 mlrd.t. (2007 y.) neft qazib olingani holda, uning 2 mlrd 339 mln tonnasi ya'ni jahonda qazib olinayotgan neftning 62 % i birinchi o'nlik davlatlari hissasiga to'g'ri keladi. Ular: (mln.t. hisobida 2006 yil.) 1. Rossiya 459 (umumjahon neftining 13,5 % i) 6. Eron 170 2. Saudiya Arabistoni 445 7. Norvegiya 160 3. AQSH 350 8. Venesuela 150 4. Meksika 180 9. Kanada 140 5. Xitoy 170 10. Buyuk Britaniya 115 Asosiy iste'molchilar: AQSH, Yaponiya, Braziliya, Italiya, Fransiya, Germaniya. Neft sanoatining eng muhim xususiyati neft zaxirasining 45 (80%) qismidan ortig'i, qazib chiqarishning 12 qismini rivojlanayotgan davlatlarga to'g'ri kelishidir. Ular asosan Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlaridir. Jahon neft zapasining 23 qismi, qazib chiqarishning 14 qismini Fors ko'rfazi bo'yicha to'g'ri kelishidir. Jahonda neftning eng yirik havzalari Fors ko'rfazi, G'arbiy Sibir, Texas, Meksika qo'ltig'i bo'yi, Shimoliy dengiz havzalaridir. Neftni qazib olish va sotish bo'yicha OPEK davlatlari alohida o'rin tutadi. OPEK tashkiloti 1960 yil tashkil topgan. Shtab kvartirasi-Venada. 13tadavlata'zo: SaudiyaArabistoni, Iroq, Eron, Quvayt, Katar, BAA, (Bruney), Jazoir, Liviya, Nigeriya,Gabon,Venesuela,Ekvador,Indoneziya. OPEKka a'zo bo'lmagan neft sotuvchi davlatlar: Rossiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya, Qozog'iston, Turkmaniston, Ozarbayjon. Aholi jon boshiga neft ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 90.65 KB
Ko'rishlar soni 208 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 90.65 KB
Ko'rishlar soni 208 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga