Jahon xo'jaligi geografiyasi

Jahon xo'jaligi geografiyasi

O'quvchilarga / Geografiya
Jahon xo'jaligi geografiyasi - rasmi

Material tavsifi

Jahon xo'jaligi geografiyasi. Jahon xo'jaligi insoniyatning butun tarixi davomida shakllangan. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Yevropava Osiyodan keyin Yer kurrasining boshqa qit'alari ham xalqaro savdoga jalb etildi. Qit'alar o'rtasidagi mahsulotlar almashinishi jahon bozorining paydo bo'lishiga olib keldi. Transportning rivojlanishi bu bozorning bundan keyingi rivojlanishiga yordam berdi. Dengiz transporti barcha qit'alarni bir-biri bilan bog'ladi. XIX asrning 2 yarmidan boshlab temir yo'llarining uzunligi keskin oshib bordi. Jahon xo'jaligining shakllanishida mashinalashgan yirik sanoat asosiy omil bo'ldi. Mashinalashgan yirik sanoat XVIIasr oxiri va XIX asrning boshlarida Yevropaning bir qator davlatlari va AQSH da sanoat inqilobidan keyin vujudga keldi. Jahon xo'jaligi XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida mashinalashgan yirik sanoat, transport va jahon bozorining rivojlanishi natijasida vujudga keldi. Jahon xo'jaligi dunyodagi barcha mamlakatlarni butun jahon iqtisodiy munosabatlar orqali bir-biri bilan bog'lovchi uyg'unlikdir. Jahon iqtisodiyotidagi yalpi mahsulotning 64 % i noishlab chiqarish sohasiga, 32 % i sanoatga, 4 % i qishloq xo'jaligiga to'g'ri keladi (XXI-asr boshida). Jahon eksport mahsulotlarini 100 % deb olsak, uning 10 % i AQSH ga, 9 % i GFR ga, 8 % i Xitoyga, 6% i Yaponiyaga, 5 % i Fransiyaga, 4 % i Buyuk Britaniyaga, qolgan 58 % i boshqa davlatlar hissasiga to'g'ri keladi (2005 y). Jahon xo'jaligining geografik modeli tobora murakkablashib boradi. XIX asrning oxirlariga qadar hamma ko'rsatkichlariga ko'ra bitta markaz - Yevropaustun turar edi. I.A.Vitver bu davrni Yevropa- markaz davrida deb atagan. Keyinchalik 2-markaz - AQSH paydo bo'ldi. U tezda asosiy markaz bo'lib qoldi. Jahon xo'jaligidagi eng yirik kreditor davlatlar: AQSH, Kanada, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Saudiya Arabistoni, Quvayt, BAA hamda G'arbiy Yevropadavlatlari. Qolgan deyarli barcha mamlakatlar qarzdor davlatlar hisoblanadi. 2 ta jahon urushi oralig'ida jahon ahamiyatiga ega bo'lgan yangi markazlar - sobiq SSR va Yaponiya vujudga keldi. II - jahon urushidan keyin Xitoy, Hindiston, Janubi-G'arbiy Osiyodagi neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar guruhi, Kanada, Avstraliya, Braziliya kabi markazlar vujudga kela boshladi. Keyingi 20 yil mobaynida 4 ta Osiyo yo'lbarsi boshchiligidagi yangi industrial davlatlar jahonga tanildi. Bular natijasida Osiyo Tinch okeani regionining jahon xo'jaligidagi mavqei yanada o'sdi. Shunday qilib hozirgi vaqtda jahon xo'jaligining geografik modeli ko'p markazlilik xususiyatiga ega bo'ldi. Jahon xo'jaligi ichidagi o'zaro munosabatlar yaqin vaqtlargacha 4 ta qutb - kapitalistik g'arb, sosialistik Sharq, boy Shimol va kambag'al janubning bo'lishi bilan belgilanar edi. Jahondagi eng yirik oltin va chet el valyuta zaxiralariga ega bo'lgan davlatlar: AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, Shvesariya, Italiya, Xitoy, Singapur, BraziliY. Hozirgi vaqtda jahon xo'jaligining ichki asosiy qarama qarshiligi Shimol bilan Janubnning yoki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 34.01 KB
Ko'rishlar soni 294 marta
Ko'chirishlar soni 35 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 34.01 KB
Ko'rishlar soni 294 marta
Ko'chirishlar soni 35 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga