Janubiy G'arbiy Osiyo davlatlari

Janubiy G'arbiy Osiyo davlatlari

O'quvchilarga / Geografiya
Janubiy G'arbiy Osiyo davlatlari - rasmi

Material tavsifi

Janubi-G'arbiy Osiyo davlatlari. Bu regionda Yaqin va O'rta Sharq hamda Kavkaz orti 20 mamlakati joylashgan. Uning maydoni 7 mln km2 , aholisi 245 mln kishidan ortiq. Bu regionda dunyodagi eng yirik yarimorol Arabiston va Kichik Osiyo yarimoroli joylashgan. Bu regiondagi Afg'oniston, Armaniston va Ozarbayjondan tashqari barcha davlatlar dengiz bo'yida joylashgan. Bu iqtisodiy qulaylikdir. Bu regionning iqtisodiy geografik o'irninng qulayligi: ko'pchilik davlatlarning dengiz bo'yida joylashganligi, Yevropa, Shimoliy Afrika va Hindistonga yaqinligi, muhim dengiz va havo yo'llarida joylashganligi, neft va tabiiy gazga boyligi. Bu regionni iqtisodiy jihatdan eng kuchli davlatlari: Turkiya, Isroil, Kipr. Eng qoloqlari: Afg'oniston, Yaman. Janubi-G'arbiy Osiyoning dunyo miqyosida tutgan o'rni quyidagicha: bu region yer shari maydoninig 4,6 % ini egallagan ; dunyo aholisining 4,6 % ini o'z ichiga oladi; dunyo bo'yicha YAIM ning 2,6 % ini shu region beradi ; dunyo bo'yicha yalpi eksport mahsulotining 3, 7 % i shu regionga to'g'ri keladi. Tabiiy sharoiti juda xilma-xil. Turkiya, Armaniston, Afg'oniston, Eron kabi davlatlarda tog'lar katta maydonni egallagan. Arabiston yarimoroli davlatlarida cho'llar (Rub-el- Xali, Katta va kichik Nefut, Suriya), Eronda esa sho'rxok cho'llar (Dashti-Kevir, Dashti-Lut) katta maydonlarni egallagan. Iqlimiy jihatdan regionni shimolini subtropik, katta janubiy qismini esa tropik iqlim mintaqasi egallagan. Regionning asosiy foydali qazilmasi neft va tabiiy gaz. Jahon neft zaxirasining 23 qismi, qazib olishning ¼ qismi Fors korfazi bo'yi davlatlariga to'g'ri keladi. Neft zahirasi bo'yicha dunyoda Saudiya Arabistoni, Eron, Iroq, Quvayt, BAA etakchi o'rinda turadi. Dunyoda topilgan 30 ta ulkan neft konining 15 tasi Fors korfaziga to'g'ri keladi. Gavar (Saudiya Arabistoni), Al-Burxon (Quvayt), Manifa (Saudiya Arabistoni) kabi konlardan sutkasiga 2 ming tonnagacha neft fontan bo'lib otilib chiqadi. Neft quduqlarining umumiy soni 5 ming ta. Tabiiy gazni qazib chiqarish bo'yicha Saudiya Arabistoni, Iroq, Eron va BAA davlatlari etakchi. Fosforitning yirik konlari Iordaniyada (dunyoda 5-o'rinda). Kaliy tuzining yirik konlari Isroilda (5-o'rinda). Oltingugurtning yirik konlari Iroqda (dunyoda 4-o'rinda). Mis va xromning yirik konlari Eron va Turkiyada. Gidroenergiya resurslariga Afg'oniston, Gruziya va Armaniston boy. Turkiya va Kiprning O'rta yer dengizi sohillari tabiiy-rekreasion resurslarga boy. Shuning uchun u erlarda turizm rivojlangan. Aholisi . Kavkaz orti davlatlari, Isroil va Kiprdan tashqari barcha davlatlarda demografik portlash, ayniqsa Falastin hududida (yillik o'sish 3,7 %). Aholi soniga ko'ra: Turkiya (71 mln 2003 yil, 73,7 mln 2006 yil); Eron (67 mln 2003 yil, 71 mln 2006 yil); Afg'oniston (29 mln 2003 yil, 31 mln 2006 yil); Iroq (24 mln 2003 y, 29,6 mln 2006 y); Saudiya Arabistoni (24 mln 2003 y, 24 mln 2006 y); Yaman (19 mln ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.27 KB
Ko'rishlar soni 262 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:44 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.27 KB
Ko'rishlar soni 262 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga