Kanada davlati geografik ma'lumot

Kanada davlati geografik ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Kanada davlati geografik ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Kanada Kanada - Shimoliy Amerikaning shimolida joylashgan. Maydoni 10 mln km2 ga yaqin bo'lib, kattaligi jihatidan dunyoda 2-o'rinda turadi. Iqtisodiy geografik o'rnining qulayligi: 3 tomondan okean bilan chegaradoshligi va AQSH bilan chegaradoshligi. Suvdagi chegaralarini ichida Buyuk ko'llar va San-Lavrentiy daryosining ahamiyati katta. Tinch okeani orqali Osiyo davlatlari bilan, Atlantika okeani orqali Yevropadavlatlari bilan bog'langan. Kanada tabiiy resurslarga boy. Ayniqsa neft, tabiiy gaz, ko'mir, uran, temir, mis, nikel, polimetall va asbestga boy. Mamlakatni g'arbida baland tog'lar mavjudligi sababli gidroenergiya resurslariga boy. Yirik mahsuldor o'rmon zapaslariga ega. Aholisi. 1997-yilda 29,8 mln kishi, 2003 yilda 31,6 mln kishi bo'lib, Tug'ilish koeffisienti 11 ‰, o'lim 7‰ . 15 yoshgacha bo'lganlar jami aholining 18 % ini, 64 yoshdan o'tganlar 13 % ini tashkil etadi. O'rtacha umr 77-82 yosh. Aholisining etnik tarkibiga immigrasiya hal qiluvchi ta'sir ko'rsatgan. Aholisining asosini Yevropadan AQSH ga ko'chib kelganlarning avlodlari tashkil etadi. Kanadalik inglizlar - 45%, Kanadalik franso'zlar - 30%. Etnik gruppalar - 25%, indeyeslar va eskimoslar juda kamchilikni tashkil etadi. Davlat tillari - ingliz, fransuz. Hozirda ham aholisining tabiiy o'sishining ¼ qismi immigrasiya hisobiga bo'ladi. YAMD si 26530 $(2001). Aholisining zichligi juda past 1 km2 ga 2,7 kishi bo'lib, juda notekis joylashgan. Aholisining asosiy qismi (23) AQSH chegarasi bo'ylab 300- li polosada yashaydi. Kanada hududining 23 qisimni egallagan shimoliy qisimda 20-25 km2 joyga 1 kishi to'g'ri keladi. Urbanizasiya darajasi yuqori 76%. Millioner shaharlar: Monreal (10600 kishi). Kanada hududiga dastlab 1497 yil J.Kabot kelgan, Evropaliklarning ommaviy ko'chib kelishi XVII asrda boshlangan. 1605 yil franso'zlar, 1623 yil inglizlar ko'chib kelgan. 1756-63 yillari Kanada Buyuk Britaniya qo'liga o'tgan. 1867 yildan Kanadaga dominiant statusi berilgan. 1931 yildan Angliya hukumati Kanada mustaqilligini tan oldi. Kanada - 10 ta viloyat, 3 ta territoriyadan iborat bo'lgan federal davlat. Hamdo'stlik tarkibida Kanada NATO va NORAD ga a'zo. Asosiy siyosiy partiyalari: Liberal partiya (1873-yil tashkil topdi). Kanada kommunistik partiyais (1921 yil). Kanada yuqori darajada rivojlangan industrial-agrar davlat. Kanadaning Ettilik ga kirishiga AQSH monopoliyalari va Buyuk Britaniyaning ta'siri kuchli. Rivojlangan davlatlar ichida chet el kapitalining ko'p kirib kelishi jihatidan 1-o'rinda AQSH turadi. Sarmoyasining 72,1 % ini AQSH kapitali tashkil etadi. Kanada mineral xom-ashyo ishlab chiqarish va eksport qilishda ham eng katta mamlakatlardan hisoblanadi (xom-ashyoning 80 % i eksport qilinadi). Sanoatining asosiy tarmoqlari: o'rmon, sellyuloza-qog'oz, qora va rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati (bug'doy, go'sht), mashinasozlik. Kanad energetikasining asosini neft va tabiiy gaz tashkil etadi, GES va AES lar ham bor. Kanada neft markazi - Edmonton. Rangli metallurgiya sanoati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.69 KB
Ko'rishlar soni 164 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:45 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.69 KB
Ko'rishlar soni 164 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga