Markaziy osiyo davlatlari aholisi va transport geografiyasi

Markaziy osiyo davlatlari aholisi va transport geografiyasi

O'quvchilarga / Geografiya
Markaziy osiyo davlatlari aholisi va transport geografiyasi - rasmi

Material tavsifi

Markaziy osiyo davlatlari aholisi va transport geografiyasi Reja. 1. MOD aholisining tabiiy o'sishi va zichligi. 2. MOD aholisining etnik kelib chiqishi va joylashishi. 3. MOD transport geografiyasiga umumiy ta'rif. 1. MOD aholisining tabiiy o'sishi va zichligi. Iqtisodiy va sosial yoki umumjahon an'analariga mos ravishda ijtimoiy geografiya fani tizimida aholi nihoyatda muhim va markaziy o'rinni egallaydi. U ba'zi olimlar ta'biri bilan aytganda, ijtimoiy geografiya fanining ichki o'zak bo'lagi, qanoti sifatida xizmat qiladi. Shu bois iqtisodiy va sosial geografiyada aholiga e'tibor doimo kuchli bo'lgan. Ma'lumotlarga qaraganda, geografiyada bajarilayotgan jamiki ilmiy ishlarning choragidan ko'proІi aynan ana shu aholi muammolariga to'Іri keladi. Chunki, mamlakat, uning iqtisodiy rayonlari, xalq xo'jaligini hududiy tashkil etish va rivojlantirishda aholining soni, tarkibi, takror barpo qilinishi rejimi, ishlab chiqarish malakalari, migrasion harakati, hududiy joylanishi xususiyatlari kabi ko'rsatkichlar katta ahamiyat kasb etadi. 1996 yil ma'lumotiga ko'ra Markaziy Osiyo hududida 55 million kishi yashaydi. Aholi soni davlatlararo bir-biridan keskin farq qiladi (buni quyidagi 1-jadvaldan ko'rishimiz mumkin) Aholining son jihatidan o'sishi (dinamikasi) uning takror barpo qilinishi jarayoni (tuІilish, o'lim va tabiiy o'sish), hamda mexanik harakati (migrasiya) bilan chambarchas boІliqdir. Bu jarayonlarning kechishiga aholi o'rtasida shakllangan murakkab tarixiy-an'anaviy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlar ham katta ta'sir ko'rsatadi. Markaziy Osiyo davlatlarida yashovchi tub aholi ko'p jihatdan musulmonchilik udumlari (ya'ni ko'p bola ko'rish aqidalari)ga amal qiladi. Bu aqidalarning amal qilishida islom dinining ham ta'siri bor, albatta. Markaziy Osiyo tub aholisidagi farzandsevarlik O'nta bo'lsa o'rni boshqa, qirqta bo'lsa qilig'i maqolini keltirib chiqargan. Bu maqol shubhasiz turkiy xalqlar tomonidan asrlar osha to'qib chiqarilgan haqiqatdir. Aholining tabiiy o'sishi bo'yicha Markaziy Osiyo davlatlari MDHga a'zo bo'lgan davlatlar ichida eng yuqori o'rinda turadi.Har ming kishiga hisoblanganda tabiiy o'sish va o'lim koeffisiyentiQirg'izistonda 26:8 kishini,Qozog'istonda 19:9, O'zbekistonda 31:7, Tojikistonda 33:9 va Turmanistonda 33:8 kishini tashkil etadi. Aholining bu xil ko'payishi ko'rsatkichi Rossiya va Ukrainaday yirik davlatlarda esa salbiydir, ya'ni har ming kishiga aholining o'sish koeffisiyenti esa ularda 16 va 14 kishiga to'Іri keladi. Rossiya fanlar Akademiyasi Demografik Markazining bashorat qilishicha 2025 yilga borib MOD aholisi keskin ko'payadi va 91 mln. kishiga yetadi. Jumladan, O'zbekistonning aholisi 42,3 mln.kishiga,Qozog'istonniki-20,5; Tojikistonniki-13,1; Turkmanistonniki-7,9; Qirg'izistonniki - 7 mln. kishidan ortib ketadi. Aholining tabiiy o'sishi yuqori bo'lganligi uchun ham mazkur davlatlarda aholi soni tez o'sib bormoqda. MOD aholisining ko'payishi 1995-200 yillarda quyidagicha bo'lgan, O'zbekistonda 2561 ming kishiga ko'paygani holatda, Tojikistonda - 645, Turkmansitonda - 944,Qirg'izistonda - 160 ming kishiga vaQozog'istonda esa atigi 69 ming kishiga ko'paygan. Markaziy Osiyoda aholi tabiiy ko'payishi ko'rsatkichlarining yuqori holda saqlanishi bir qator ijtimoiy-iqtisodiy sabablar bilan boІliqdir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.67 KB
Ko'rishlar soni 189 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.67 KB
Ko'rishlar soni 189 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga