Markaziy Osiyo davlatlarining geografik o'rni. Markaziy Osiyo Yevroosiyoning markazidagi juda katta ichki o'lkadir. Markaziy Osiyo joylashgan geografik kengliklarda Yevropadagi O'rta yer dengizi mamlakatlari - Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Gresiya, Bolgariya, Albaniya hamda qisman Afrikadagi Marokash, Tunis kabi mamlakatlar ham xuddi shu kenliklar orasida joylashgan. Ularning hammasi tipik subtropik mamlakatlar hisoblanadi. Biroq Markaziy Osiyo ma'lum geografik omillar ta'sirida vujudga kelgan o'ziga xos kompleks tabiiy sharoiti tufayli O'rta yer dengizi subtropik mamlakatlaridan farq qiladi. Chunki Markaziy Osiyo iliq okean va dengizlardan juda uzoqda, buning ustiga u Hind okeanidan baland toІlar bilan to'silib qolgan materik ichidagi berk havzadir. Aksincha, Markaziy Osiyo hududining shimol tomoni ochiq bo'lganidan unga Shimoliy muz okean tomonidan sovuq havo massalari bemalol kirib kela oladi. Shu sababli Markaziy Osiyoga (Turkistonga) iliq okeanlardan nam va iliq havo massalari kamdan-kam yetib keladi. Shuning uchun uning ko'p yerlari quruq cho'llardan iboratdi. Demak, O'rta yer dengizi mamlakatlari tipik subtropik o'lkalar bo'lsa, Markaziy Osiyoning ayrim mintaqalaridagina (janubiy qismlari) subtropik xususiyatlar, shakllangan va bu o'lka asosan quruq cho'l zonasiga kiradi, unda chala cho'l va toІ landshaftlari mavjud. Markaziy Osiyo o'lkasining asosiy tabiiy-geografik xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Okeanlardan uzoqda va berk havzada joylashgan. 2. Iqlimi keskin kontinental. 3. Sharq va janub tomonlari toІlar bilan o'ralgan bo'lsa, shimoli vag'arbi ochiqdir. 4. Tekisliklarida kenglik, toІlarida balandlik mintaqalari xosdir. ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 20:39:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.17 KB
Ko'rishlar soni
186 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:47
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 20:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.17 KB
Ko'rishlar soni
186 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:47 ]
Arxiv ichida: docx