Markaziy Osiyo geografik tuzilishi

Markaziy Osiyo geografik tuzilishi

O'quvchilarga / Geografiya
Markaziy Osiyo geografik tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Markaziy osiyoning geografik tuzilishi Tog' jinslari qatlamlaridan topiladigan qadimgi hayvon va o'simliklarning qoldiqlarini o'rganish Yer taraqqiyotining geologik bosqichlarini aniqlashga imkon beradi. Ana shunday uzoq davom etgan bosqichlar eralar deyiladi. Yer po'sti taraqqiyotidagi geologik davr besh eraga: Arxey, Proterozoy (eng qadimgi hayot), Paleozoy (qadimgi hayot), Mezozoy (o'rta hayot), kaynozey (yangi hayot) eralariga bo'linadi. Bu eralarning har biri o'n va yuzlarcha million yil davom etgan. Eralar o'z navbatida davrlarga bo'linadi.Har bir davr bir necha o'n million yil davom etgan. Inson paydo bo'lgan eng oxirgi - antropogen davri 2 million yilni o'z ichiga oladi. Paleozoy, Mezozoy, kaynazoy eralarida 12 ta davr mavjud. Tog' jinslarining mutlaq yoshi uranning parchalanishiga qarab aniqlanadi. 100 gr. uran 74 mln.yil davomida parchalanib 1 gr. qo'rІoshinni hosil qilar ekan. Shu usulga asoslanib Tog' jinslarining yoshi 3,5-4 mlrd.yil ekanligi isbotlangan. Markaziy Osiyo hududidagi tekisliklar, qirlar, Tog'lar birdaniga hozirgi ko'rinishiga ega bo'lmagan. Markaziy Osiyoning juda katta qismi Paleozoy erasidan to kaynazoygacha (neogen davri) iliq Tetis dengizi bilan qoplangan. Okean suvi goh quruqlikka bostirib kelgan, goh chekinib turgan.Hozirgi Oloy, Pomir, KopetdoІ Tog'larining o'rni uzoq vaqt dengiz ostida bo'lgan. Tetis dengizi O'rta Yer dengizi va Shimoliy muz okeani bilan tutashib turgan. Mezozoy erasida dengiz biroz chekinib, Pomir, Kopetdog', Mang'ishloq va Qizilqumning ichki qismlarida orollar paydo bo'lgan. Turon pasttekisligi Gertsen tektonik zonasida yotgan plitadir. U Mezozoy-kaynazoy yotqiziqlari bilan qoplangan. Turkiston shimolidagi Qozog'iston past tog'larining g'arbiy qismi Kaledon, sharqiy qismi esa Gertsen burmash strukturalariga ega bo'lgan va juda peneplenlashgan o'lkadir. Paleozoy boshida ro'y bergan kaledon burmalanishida Talas Olatovi, Qoratov, Chotqol, Piskom, Ugom, Qirg'iziston, Suvsaamir, Kungay olatovi, Orqaiee, Iee, Markaziy Tyanshan tizmalari ko'tarilgan. Paleozoy erasining ikkinchi yarmida, ya'ni yuqori Paleozoyda Gertsen burmalanishi davrida Farg'ona, Oloy, Turkiston, Zarafshon, Hisor tizmalari ko'tarilgan.Qizilqumdagi Nurota, Bo'kanTog',QuljuqTog', TomdidoІ, Sulton Uvays kabi yemirilib qolgan Tog'lar Gertsen burmalanishida paydo bo'lgan. Gertsen burmalanishida shuningdek, Issiqko'l, Farg'ona, Ketmontepa, Norin, Zarafshonbotiqlari ham vujudga kelgan. Markaziy Osiyo hududida Mezozoy burmalanishi kuchsiz bo'lib, Kaspiy dengizi bo'yidagi Tog' va qirlar, Mang'ishloq yarim orolidagi Tog'lar aynan shu burmalanish davrida paydo bo'lgan. Mezozoy erasida Gertsen burmalanishida paydo bo'lgan Tog'lar yemirilgan, pasaygan, ularning ko'pchiligi baland tekislik, plato va tepaliklarga aylangan. MOD hududida kaynazoy erasida (neogen davrida)g'oyat kuchli alp burmalanishi sodir bo'lgan. Alp tektonik jarayonlari tufayli KapetdoІ, Xuroson, Hindiqush, Tog'larining paydo bo'lishi Turkiston o'lkasining o'rnidagi dengiz havzasini janubdagiHind okeani havzasidan ajratib qo'ysa, shimolda To'rІay supasimon o'lkasining ko'tarilishi esa uni Shimoliy muz okeanidan ajratib qo'ydi. Markaziy Osiyoning barcha Tog' burmalari hozirgi qiyofalariga alp burmalanishida ega bo'lgan. To'rtlamchi davrda Tog' hosil bo'lish jarayoni davom etgan, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15 KB
Ko'rishlar soni 180 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:47 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15 KB
Ko'rishlar soni 180 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga