Markaziy Osiyo hududining rel'yefi. Markaziy Osiyo releyefida tekislik va pasttekisliklar, qirla?e va platilar, adirlar va baland Tog'lar mavjud. Markaziy Osiyo hududining markaziy va ўarbiy qismini Turon pasttekisligi shimoliy-Іarbiy qismini Ustyurt platisi, chekka shimoliy qismlarini qir va platalar, janubiy va sharqiy qismlarini esa Tog'lar egallagan. Markaziy Osiyo hududining 2'3 qismini tekislik va pasttekisliklar, 1'3 qismini esa Tog'lar ishgol etgan. Markaziy Osiyoda quyidagi yirik tekislik va pasttekiliklar mavjud: Kaspiy bo'yi sohili (pasttekisligi),Qoraqum,Qizilqum, Mo'yinqum,Farg'ona, Zarafshon, Surxon-Sherobod,Qashqadaryo, Murg'ob, Tajan vodiylari, Ustyurt, Orqaunguz va Betpaqdala platosi. Markaziy Osiyodagi eng past nuqta (dengiz sathidan 132 metr past) Mang'ishloq yarim orolidagiQoragiyo (Botir) botigidir. Tekisliklarda o'rtacha balandlik dengiz sathidan 55 metrdan 350 metrgacha boradi. Markaziy Osiyoning janubi, janubi-sharqiy va sharqiy qismlarini Tog' oldi qiyaliklari va adirlar egallagan bo'lib, ular dengiz sathidan 400-100 metr balandlikda joylashgan. Shimolda joylashganQozog'iston past Tog'lari dengiz sathidan 800-1200 metr balandlikda joylashgan. Markaziy Osiyoning sharqiy va janubiy qismlarini Tyan-Shan, Oloy, Pomir, Oltoy, KopetdoІ Tog' tizimlari (sistemalari) egallagan. Tyan-Shan Tog' tizimiQozog'iston,Qirg'iziston va O'zbekiston, Oloy va Pomir Tog' tizimlari Tojikiston,Qirg'iziston va O'zbekiston, KopetdoІ Tog' tizimi esaTurkmaniston va Eron davlatlari hududida joylashgan. Tyan-Shan Tog' tizimi tarkibigaFarg'ona, Ko'kshagaltov, Markaziy Tyan-Shan,Qirg'iziston, Talas, Chotqol, Piskom, Ugom,Qurama, Ketmon, Kungay olatovi, Jungoriya, Orqaili, va boshqa ko'pgina Tog' tizmalari kiradi. Tyan-Shanning eng baland cho'qqilari galaba () va Xontangri ()dir. Tyan-Shanda sirtlar ko'p. Sirtlar Tog' oraligidagi baland tekis yerlar, platalar yoki baland va keng yassi Tog'liklardir. Tyan-Shanda bir qancha vodiylar ham bor, bularga Chu, Talas, Ugom, Piskom, Ko'ksuv, Chotqol, Chirchiq, Ohangaron kabi vodiylarni misol qilish mumkin. Vodiy va Tog' oraliІi botiqlarida aholi zich yashaydi, shahar va qishloqlar ko'p. Tyan-Shan Tog'lari Paleozoyda hosil bo'lgan. Markaziy Osiyoning ikkinchi Tog' tizimi Oloy Tog' tizimlaridir. Bu Tog' tizimiga Oloy, Turkiston, Zarafshin,Hisor, Morguzar, Nurota, Boysun, Ko'hitang Tog'lari tegishli. Oloy tizimidagi Tog'lar Gertsen burmalanishida paydo bo'lgan va xuddi Tyan-Shan kabi Alp burmalanishida qayta ko'tarilgan. Shuningdek, Oloy Tog' tizimigaQizilqumdagi past qoldiq Tog'larQuljuqTog', OvminzaTog', Bo'kanTog', Sulton-Uvays, TomdiTog' va boshqalar kiradi. Pomir Tog' tizimi Markaziy Osiyodagi eng murakkab Tog' tizimlaridandir. Bu Tog' tizimiga Oloy orti, Pyotr-1, Darvoz, Vanch, YazІulom, ShuІnon, Shohdara, Shimoliy Alichur, Janubiy Alichur, Muzko'l,Qorategin, BoboTog', Zulmat, Sariko'l,fanlar Akademiyasi kabi Tog' burmalari kiradi. Pomirning eng baland cho'qqisi - . Pomir Markaziy Osiyoda eng baland Tog' tuguni hisoblanadi va baland Tog'lardan iborat bo'lgani uchun uni Dunyoning tomi ham deydilar. Pomir Alp Tog' burmalanishida hosil bo'lgan eng yosh Tog' tizimlaridan hisoblanadi. Bu yerda kuchli zilzilalar bo'lib turadi, sababi hali ham Tog' hosil bo'lish jarayoni davom etmoqda. Markaziy Osiyoning janubi-garbida Turkmaniston va Eron davlatlari o'rtasida Turkman-Xuroson ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 20:39:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.21 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:47
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 20:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.21 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:47 ]
Arxiv ichida: docx