Hayvonot dunyosi Materikning shimoliy qismi Sahroi Kabir bilan birgalikda Golarktika zoogeografik oblastining O'rta dengiz bo'yi oblastchasiga, qolgan qismi esa faunasi nihoyatda boy bo'lgan Efiopiya oblastiga kiradi. Biroq, materikda keskin zoogeografik chegara yo'q va Afrikaning ayrim rayonlaridagi fauna farqi asosan hozirgi zamon landshaft farqlariga bog'liq. Materikning shimoliy qismi faunasi ko'p jihatdan Janubin Yevropava G'arbiy Osiyo faunasiga o'xshash. Atlas tog'larining qurg'oqchil rayonlarida va Sahroi Kabirda suvni kam talab qiladigan yoki suv va oziq qidirib uzoq joylarga bora oladigan hayvonlar yashaydi. Xilma-xil antilopalar: bubal, mendes va boshqalar ana shular jumlasidandir. Shuningdek, Shimoliy Afrika bug'usi, ohu, yirtqichlardan yo'l-yo'l sirtlon, chiyabo'ri, fenek degan cho'l tulkisi, yovvoyi mushuklar yashaydi. Savannalardan cho'llarga arslonlar kirib boradi. Atlas tog'larida Janubiy Ispaniyada yashaydiganga o'xshash kichik maymun (dumsiz makak) uchraydi. Kemiruvchilar (quyon, qo'shoyoq) ko'p, yovvoyi quyonlar, jayraning bir turi uchraydi. Sudralib yuruvchilar, xususan kaltakesaklar, cho'l echkiemari, gekkonlar, bigizquyruq va boshqalar ko'p. Ilonlardan cho'l bo'g'ma iloni, turli zaharli ilonlar, Afrika ko'z-oynakli zaharli iloni xarakterlidir. Daryo bo'ylaridagi chakalakzorlarda va daryolarda timsohlar, toshbaqalar, zaharli nil iloni uchraydi. Shimoliy Afrikaning chala cho'l va cho'llarida Afrika tuyaqushi, tuvaloq, to'rg'aylar, Atlas tog'larida kaklik, qora tasqara, jo'rchi, oq bosh qumoy, boltayutar uchraydi (xuddi shu qushlar Janubiy Yevropada ham bor). Daryo va ko'llarda qizil g'oz, soqaqush, laylak va qarqara yashaydi. Sariq rangli kanareyka (Serinus canarens) Shimoliy Afrika uchun tipik qush bo'lib, bog'lar va o'rmonlarda shuningdek, tog'larning ancha baland qismlarida uya qo'yadi. Chigirtka aholiga katta zarar keltiradi. Shimoliy Afrika mamlakatlarining qishloq xo'jaligi chigirtka hujumidan kattagina zarar ko'radi. Qo'ng'izlar, rang-barang kapalaklar ko'p. Chayonlar va falangalar kishi hayoti uchun ancha xavfli. Efiopiya oblastining faunasi materik doirasida hamma joyda bir xil bo'lib, yashash sharoitiga qarab bazi bir farqlar uchraydi. Bu esa oblastni kenja oblastlarga bo'lishga imkon beradi. Madagaskar faunasi ayniqsa o'ziga xos. Ozuqa resurslari benihoyat serob bo'lgan savannalarda o'txo'r hayvonlar, ayniqsa antilopalar ko'p, antilopalarning 40 dan ortiq turi bor. Bazi bir joylarda eng katta antilopa-gnu (Connochaetas gnu) uchraydi, hozir ham bu antilopa poda-poda bo'lib yuradi, yoli qalin, dumi katta, shoxlari qayrilgan bo'ladi; shuningdek, chiroyli burama shoxli kudu (Trage-laphus strepsiceros), kanna antilopalari (Taurotragus orux) va boshqalar ham ko'p uchraydi. Uzunligi yarim metrdan salgina katta mitti antilopalar ham uchraydi. Afrika savannalari va chala cho'llarining deyarli qirilib bitgan hayvonlari-jirafalar (Giraffa reticulata va G. caime-lopantalis) ajoyib hayvonlardir. Jirafaning bo'yni uzun bo'lganidan daraxtlarning tepalaridagi novda va barglarini olib eydi, uning chopqirligi dushmandan saqlaydigan yagona qurolidir. Ko'pgina rayonlarda, xususan, sharqda va ekvatordan janubda, savannalar va dashtlarda Afrika yovvoyi otlarizebralar (Equus zebra, Ye. grevy, Ye. quaga va b.) tarqalgan. ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 20:39:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.25 KB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Jan 2023 [ 20:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.25 KB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:39 ]
Arxiv ichida: doc