Foydali qazilmalari. Umuman olganda foydali qazilmalarni kelib chiqishiga ko'ra 3 ta guruhga bo'linadi: magmatik; matamorfik; cho'kindi. Magmatik foydali qazilmalar bevosita magma faoliyati tufayli paydo bo'lib, asosan vulqon oblastlarida ko'p uchraydi. Bu guruhga rudali va shunga o'xshash foydali qazilmalar mansub. Matamorfik foydali qazilmalarda kuchli bosim va harorat ta'sirida Yer qobiІining turli xil chuqurliklarida Tog' jinslarining fizik va kimyoviy tarkibi murakkab o'zgarishga uchraydi va rudali, noruda metomorfik qazilmalar paydo bo'ladi. M: temir kvarsitlar, slaneslar, marmar va hokazolar. Cho'kindi foydali qazilmalar Yer po'stining ustki qismida dengiz, ko'l, botqoqliklarni cho'kindi jinslar qoplashi tufayli vujudga keladi. Bu guruhga noruda foydali qazilmalar (neft, gaz, ko'mir, slanes, torf) kiradi. Markaziy Osiyo hududi foydali qazilmalarga juda boy. Ular asosan rudali va noruda konlardan iborat. Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar u yoki bu turdagi foydali qazilmalarga boy. Xususan,Qozog'istonda Mendeleyev davriy tizimidagi elementlarning barcha turi uchraydi.Qozog'iston qora rangli metallarga boy.Qozog'iston past Tog'larida oltin, mis, polimetall ruda konlariningg'oyat katta zahiralari aniqlangan. Toshko'mirning yirik konlariQaraganda, Ekibastuz va Ubagan ko'mir havzalarida mavjud. Neftning yirik konlari ўarbiyQozog'istondagi Tengiz konida (Emba rayoni). Mang'ishloq yarim orolida nihoyatda ko'p. Ayniqsa, Tengiz neft havzasining zahiralari bir necha milliard tonna deb baholanmoqda. Bu jahondagi eng yirik neftga boy rayonlardan biri hisoblanadi. Gazning Mang'ishloq yarim orolida kattagina zahiralari mavjud. SharqiyQozog'iston ayniqsa rangli va nodir metallarga boy. Yirik temir ruda konlariQozog'istonda ochilgan va ishga tushirilgan. Ulardan eng yirigi To'rІay supasimon o'lkasida joylashgan Sokolov-Sarbay konidir. (Qozoq magnitkasi). O'zbekiston va Qirg'izistonda ham temir ruda konlari bor, ammo ular hali ishga tushirilganicha yo'q. O'zbekistonning Farg'ona vodiysida neft, tabiiy gaz, oltingugurt, har xil tuzlar juda ko'p. Surxondaryo vodiysida ham talaygina neft konlari mavjud. (Tolli, Lalmikor, Kakaydi va boshqalar). Gazning yirik konlari O'zbekistonningQashqadaryo, Buxoro viloyatlari hududida, shuningdek Turkmanistonda, Ustyurtda aniqlangan. Ayniqsa, Gazachakdan, Turkmanistonning Amudaryo sohili qismlaridan yirik gaz konlari topilgan.Qoraqum markazidagi Gugurtdosh, Sho'rsuv oltingugurt konlari bilan mashhur. Markaziy Osiyo bitmas-tuganmas tuz konlariga boy, bu yerda faqat tuzining 300 dan ortiq konlari mavjud. Bu konlar Turon pasttekisligidagi sayoz ko'llarda, Orol ko'li, Kaspiy dengizi sohillarida, Turkmanboshi (Krasnovodsk),Farg'ona, Balxash ko'li rayonlarida ayniqsa ko'p joylashgan. Qorabo'gozgulda glauber (mirabilit) tuzining juda katta zahiralari to'plangan. Cheleken yarim orolida tuz bilan birga ozokert ham qazib chiqariladi. Mang'ishloq yarim orolida Qoratovda, Amudaryoning quyi qismida Qoraqalpogiston hududida fosfort konlari bor. Qizilqum hududi va Surxondaryoda ham fosforit konlari topilgan. Markaziy Osiyo hududi binokorlik xom-ashyolariga ham boy. Bu yerda ohaktosh, granit, mergel, marmar, dolomit, gips, bo'r, asbest, kaolin, kvars, shaІal, qum va boshqalarning yirik konlari mavjud. Ular Markaziy Osiyodagi barcha davlatlarda uchraydi. Gazgon, Bo'stonliq, Omonqo'ton, rayonlarida va Qirg'izistonda ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 20:39:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.1 KB
Ko'rishlar soni
211 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:48
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 20:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.1 KB
Ko'rishlar soni
211 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:48 ]
Arxiv ichida: docx