Markaziy Osiyoning ichki suvlari

Markaziy Osiyoning ichki suvlari

O'quvchilarga / Geografiya
Markaziy Osiyoning ichki suvlari - rasmi

Material tavsifi

Markaziy Osiyo Ichki suvlari. Markaziy Osiyo daryo va ko'llarini suv bilan ta'minlab turuvchi manba Tog'lardagi muzliklar, yer osti, yomІir va qor suvlaridir. Markaziy Osiyo Tog'larida 400 ga yaqin muzlik bor. Ularning maydoni 17573 kv.km. muzliklar bitmas-tuganmas suv manbaidir. Markaziy Osiyoda 12 mingdan ortiq daryo va 100 dan ziyod ko'l bor. Ular o'lka hududida notekis taqsimlangan. Shu narsa diqqatga sazovorki, Markaziy Osiyo hududining 70 foizini tashkil qilgan chalacho'l va cho'llarda hamda dashtda ko'llar juda oz. 30 foiz Tog'li qismlarida 10 mingdan ortiq daryo mavjud. Tog'lar Markaziy Osiyo hududining suv resurslarini to'playdigan asosiy manbai bo'lsa, tekisliklar uni sarflaydigan asosiy qismidir. Bu Markaziy Osiyo uchun xos bo'lgan eng muhim xususiyat. Markaziy Osiyoning barcha daryolari (Irtish va uning irmoqlaridan tashqari) berk havzaga mansubdir. Markaziy Osiyo daryolari turli manbalardan suv oladi. V.L.Shuls ularni to'yinishiga ko'ra quyidagi 4 guruhga bo'ladi: 1. Muzlik-qor suvidan to'yinadigan daryolar. 2.Qor-muzlik suvidan to'yinadigan daryolar. 3.Qor suvidan to'yinadigan daryolar. 4.Qor-yomgir suvidan to'yinadigan daryolar. Birinchi guruhdagi daryolarga: Amudaryo, Zarafshon, Isfayramsoy, So'x, Isfara, Iee, Lepsa va boshqalar, bularning suvi yozda ko'payadi. Ikkinchi guruhga: Norin, , Sirdaryo va uning irmoqlari, Chirchiq,Qoradaryo, Talas, Surxondaryo va boshqalar, bularning suvi iyun va iyulda toshadi, dekabr va fevral oylarida suvi juda kamayadi. Uchinchi va to'rtinchi guruh daryolariga Murg'ob, Tajan, Atrek,Qashqadaryo, ўuzordaryo, Sheroboddaryo, Ohangaron, Sarisuv, To'rІay va boshqalar kiradi. Tog'lardagi daryolar oqimi tezligi uchun ham muzlamaydi. Tekisliklardagi quyi qismi esa 1-2 oy muzlaydi. Markaziy Osiyo daryolari juda katta gidroenergiyaga ham ega. Daryolarga yirik suv omborlari ham qurilgan. Ko'llari. Markaziy Osiyoda 100 dan ortiq ko'l bor. Ular ichida eng yirigi Orol ko'lidir. Ko'lning maydoni qurimasdan oldin 65458 kv.km.edi.Hozir 38 ming kv.km. Ko'l egallagan botiq tektonik yo'l bilan hosil bo'lgan, ammo Orolning o'zi qoldiq ko'ldir. Ko'l sathiga . yoІin tushsa, bo'Іlanish esa .ga teng. Amudaryo va Sirdaryo suvining deyarli hammasining suІorishiga sarflanishi, hamma suvdan tejab-tergab foydalanmaslik, ko'plab suv omborlarining va kanallarning qurilishi oxir-oqibatda uning qurib borishiga sabab bo'lmoqda. Balxash ko'li dengiz sathidan 340 metr balandda joylashgan. Maydoni 17760 kv. km. Ko'lning oa??ee іenie esa tor, chuqur va suvi sho'r. Ko'lning o'rtacha chuqurligi 6 metr Balxashga; ,Qoratol, Oqsuv, Lepsa, Ayaguz va boshqa kichik daryolar o'z suvini quyadi, lekin bironta ham daryo oqib chiqmaydi. Issiqko'l dengiz sathidan 1609 metr balandda joylashgan tektonik ko'l, maydoni 6200 kv. km, eng chuqur joyi 702 metr. Ko'l atrofini Kungay, Terskay Olatovlari o'rab turadi. Issiqko'lga 80 dan ortiq daryo va soylar quyiladi, lekin bironta ham daryo oqib chiqmaydi. Issiqo'l suvi sho'r bo'lib ichishga yaramaydi. Baliqchilik mahalliy ahamiyatga ega. Sarez ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.88 KB
Ko'rishlar soni 163 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:48 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.88 KB
Ko'rishlar soni 163 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga