Markaziy Osiyo o'simliklari. Markaziy Osiyo rel'yefi va iqlimining xilma-xilligi bu o'lkada o'simliklar olamining rang-barang bo'lishiga sabab bo'lgan. Bu o'lkada Kavkaz, Eron, Sibir, O'rta Yer dengizi bo'ylariga xos bo'lgan o'simlik va hayvonlar uchraydi. Markaziy Osiyoda 900 dan ortiq o'simlik turi uchraydi. Mavjud o'simliklarning atigi 10 foizi chalacho'l va cho'l zonasida, qolgan 90 foizi esa Tog'li rayonlarda tarqalgan. Markaziy Osiyo o'simliklarini tarqalish xususiyatiga ko'ra 4 ta geografik o'lkaga: dasht; chalacho'l; cho'l; Tog'lar o'lkasiga ajratish mumkin. Dashtda qalin har xil o'tlar o'suvchi o'tloqlar mavjud bo'lsa, chalacho'lda dasht va cho'lga xos o'simliklar o'sadi.Dashtda asosan boshoqli o't o'simliklari, bir yillik va ko'p yillik efemer o'tlar keng tarqalgan. Daryo vodiylari va pastqam yerlarda past bo'yli daraxtlarni uchratish mumkin.Chalacho'l shimolida boshoqli o'simliklar, janubida esashuvoq va sho'ra ko'plab o'sadi. Chalacho'lda o'simliklar siyrak bo'lib, ularning bo'yi past, barglari tikanli, ildizlari chuqur ketgan. Chalacho'l shimolining asosiy o'simliklari betaga, qiltanoq, chalov, oq shuvoq, qora shuvoq, izen (supurgi) va boshqalardan iborat. Bahorda ko'plab efemer va efemeroidlar; lola, chuchmoma, gulsafsar, ravoch, ayiqtovon va boshqalar. Chalacho'lning pastqam suvli joylarida tol, Tog'terak, zarang, qayin, qaraІay kabi daraxtlar o'sadi. Chalacho'l shimolidagi Tog'lar yonbaІirlarida qayin, Tog'terak, qaraІay daraxtlari ko'plab o'sadi. Chalacho'l zonasi eng avvalo yaylov sifatida keng foydalaniladi, vohalarida obikor dehqonchilik yaxshi rivojlangan. Markaziy Osiyo cho'llari ham shimoliy va janubiy deb ataluvchi tabiiy komplekslarga bo'linadi. Shim cho'llarda yoІin-sochin fasllar bo'yicha ancha teng taqsimlangan. Janubiy cho'llarda esa yoІinlarning asosiy qismi bahor va qish fasllarida tushadi va iqlimi, o'simlik, hayvonot dunyosining rivojlanishi va tarkibi jihatidan Old Osiyo va Shimoliy Afrika cho'llariga o'xshab ketadi. Shimoliy cho'llar o'simlik olamining 30-40% ini shuvoq tashkil etadi, qumli joylarda esa akasiyaning alohida turi- quyonsuyak, buІdoyiq, chalov, shuvoq, qizilcha, qiyoq keng tarqalgan. Janubiy qumli cho'llarda (Јoraqum,Qiizilqum) asosan qurІoqchilikka chidamli, ildizlari uzun, barglari mayda o'simliklar ko'p o'sadi. Bularga: juzІun, yantoq, quyonsuyak, qizilcha,astragul, qandim kabilar kiradi. Cho'llar orasida, qadimgi va hozirgi allyuvial tekisliklarda vodiy o'tloqlari, to'qaylar, butazor, ko'kalamzor vohalar mavjud. Botqoqli qayirlarda qamishzorlar tarkib topgan. Markaziy Osiyo Tog'li o'lkalarini o'z navbatida bir qancha tabiiy komplekslarga ajratish mumkin: 1. Tog'-cho'l tabiiy klmpleksi; dengiz sathidan 300-. baland bo'lgan Tog' etaklaridagi adirlarni, daryo terrasalarini egallaydi. Bu yerlarning eng asosiy o'simliklari qorabosh, qo'nІirbosh, chuchmoma, lola, ayiqtovon, lolaqizІaldoq va boshqalardir. 2. Tog'-chalacho'l tabiiy kompleksi; 500-. balandlikkacha. Bu mintaqada efemerlardan buІdoyiq ko'p o'sadi. Cho'l tipidagi o'tlar anchagina. Erta bahorda qo'nІirbosh, gulsafsar, lola, yozda esa efemerlar qurib, qovjirab qoladi. O'simliklar KopetdoІ, Turkiston, Zarafshon,Hisor, Talas tizmasida birmuncha ko'p uchraydi. 3. Tog'-quruq dasht kompleksi; 1200-.dan 2200-.gacha balandda bo'lgan joylarni egallaydi. Bunga KopetdoІdan TorboІtoygacha bo'lgan bo'lgan barcha ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 20:39:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.07 KB
Ko'rishlar soni
175 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:48
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 20:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.07 KB
Ko'rishlar soni
175 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:48 ]
Arxiv ichida: docx