Metallurgiya sanoati

Metallurgiya sanoati

O'quvchilarga / Geografiya
Metallurgiya sanoati - rasmi

Material tavsifi

METALLURGIYA SANOATI REJA: 1. Umumiy ma'lumot 2. Qora metallurgiya 3. Rangli metallurgiya Metallurgiya xalq xo'jaligini konstruksion materiallar bilan ta'minlaydigan tarmoqdir. Metallurgiya sanoati ikki yirik tarmoqni o'z ichiga oladi: qora va rangli metallurgiya. QORA METALLURGIYA Qora metallurgiya sanoati temir rudasi qazib olish, cho'yan, po'lat eritish, prokat va ferroqotishmalar ishlab chiqarishdan iborat. Qora metallurgiya xalq xo'jaligining o'zagi hisoblanadi va uning asosiy tarmoqlari bilan bog'langan. U mashinasozlikka va qurilish industriyasiga metall beradi, qazib chiqariladigan ko'mirning katta qismini ishlatadi. Kimyo sanoatining asosiy xom ashyo manbalaridan biri hisoblanadi (koks ishlab chiqarish chiqindilaridan olinadi), qishloq xo'jaligiga tarkibida fosfor bo'lgan shlak-o'g'it beradi, temir yo'l izlari (relslar), vagonsozlik, kemasozlik, avtomobilsozlik uchun metall beradi. Metallning asosiy qismi metallurgiya kombinatlarida ishlab chiqariladi. Metallurgiya sanoatida xom ashyoga ketma-ket ishlov beradigan kombinatlar ko'pchilikni tashkil qiladi. Bunday kombinatlarda temir rudadan domna pechlarida cho'yan eritib olinadi, suyuq cho'yan va temir-tersakdan eritish pechlarida (konverter, marten, elektr pechlarda) po'lat eritiladi, po'latdan esa prokat (tayyor mahsulot) olinadi. Fan-texnika taraqqiyoti metallurgiya sanoatida metall eritishning chiqindisiz texnologiyasini, metall olishning yangi, unumliroq usullarini joriy qilishga olib keldi, bu po'lat sifatini oshirishni va prokatning xilma-xil turlarini olishga imkon berdi. Metall olishning eng yangi usuli metallni domnadan tashqarida olishdir. Qora metallurgiyada ishlab chiqarishning markazlashuvi tez sur'atlar bilan o'sib bormoqda. Hozirgi paytda bitta yirik domnada bir qancha zavodda eritilgan miqdorda temir eritilmoqda. Ammo ilmiy-texnika inqilobi natijasida temir eritishning yangi usullari ixtiro qilinishi va ishlab chiqarishga joriy qilinishi munosabati bilan kichik-kichik metallurgiya zavodlari qurish keng takomillashmoqda (bu xususiyat Yaponiya va boshqa rivojlangan davlatlar uchun xos). Metallurgiya kombinatlari juda ko'p xom ashyo va yoqilg'i talab qiladi. Shuning uchun metallurgiya korxonalari xom ashyo va yoqilg'i manbalariga yaqin yoki ular oralig'ida joylashtiriladi. Bir tonna cho'yan ishlab chiqarishga sarf bo'ladigan materiallar miqdori metallurgiyaning texnik darajasiga bog'liq. Xom ashyo va yoqilg'i xarajatlari cho'yan tan narxining 80 foizini tashkil qiladi. Kokslanuvchi ko'mir qora metallurgiya uchun asosiy yoqilg'i bo'lib hisoblanadi. Tarkibida karbonat kalsiy bo'lgan oxaktosh va dolomitlar flyus sifatida ishlatiladi. Metallni eritish paytida flyuslar metallmas jins va koks kuli bilan birgalashib domna chiqindisini hosil qiladi. O'tga chidamli materiallar (shamotdan yasaladigan buyumlar) metallurgiya pechlari qurish uchun kerak bo'ladi. Bir tonna po'lat eritish uchun o'tga chidamli material sarf bo'ladi. Qora metallurgiya zavodlari suvni ham ko'p ishlatadi. Suv metallurgiya agregatlarini sovitish, gazni tozalash va boshqalar uchun kerak bo'ladi. Metallurgiya zavodining 1 tonna mahsuloti uchun suv ishlatiladi, agar aylanma suv ta'minotidan foydalanilsa 15- suv sarflanadi. Shuning uchun metallurgiya korxonalarini joylashtirishda suv, elektr energiya, tabiiy gaz bilan ta'minlash va tabiatni muhofaza qilish masalalari ham e'tiborga olinadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 29.72 KB
Ko'rishlar soni 254 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 29.72 KB
Ko'rishlar soni 254 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga