Old Osiyo tabiiy geografik tavsif

Old Osiyo tabiiy geografik tavsif

O'quvchilarga / Geografiya
Old Osiyo tabiiy geografik tavsif - rasmi

Material tavsifi

Old Osiyo Reja: Old Osiyo to'g'risida tabiiy geografik tavsif. Tabiiy geografik oblastlari: Kichik Osiyo tog'liklari. Armaniston tog'ligi. Eron tog'ligi. Old Osiyo. Old Osiyo yassi tog'ligi O'rta dengiz bo'yi qirg'oqlaridan to tibetgacha cho'zilib borgan. Uning tarkibiga Kichik Osiyo, Armaniston va Eron yassi tog'liklari kiradi. O'lkaning atroflari uchun kaynazoy yoshidagi burmali strukturalar asosiy o'rinni egallasa, ichki qismlarida nisbatan qadimgi o'rtacha balandlikdagi massivlar turadi. Hozirgi landshaftlarni yuzaga kelishida neotektonik harakatlar katta rol o'ynagan. Tipik O'rta dengiz bo'yi landshaftlari sharqqa bor gan sari kontinentallikni orta borishi bilan quruq cho'l, cho'l landshaftlariga ega bo'ladi. Kichik Osiyo tog'liklari O'rta, Egey, Marmara, Qora dengizlar o'rab turgan Kichik Osiyo yarim orolida joylashgan. O'rta va Egey dengizida Kichik Osiyo qirg'oqlariga yaqin joylashgan Kipr, Rados va boshqa orollar ham qaraydi. Kichik Osiyo Old Osiyoda tabiati O'rta dengiz bo'yiga yaqin bo'lgan oblastlardan. Uning g'arbiy va janubiy chekkalari to'liq O'rta dengiz bo'yiga o'xshaydi. Kichik Osiyoda aholi qadimdan zich yashab kelayotgan rayonlardan biri. Uning tabiati inson ta'sirida katta o'zgarishlarga uchragan. Oblast relyefi uchun Shimol va janubda tog' tizmalari sistemasi, ular orasida markaziy qismida joylashgan ichki yassi tog'lik xarakterli. Sharqda chekkadagi tog' tizmalari bir-biriga yaqinlashadi, yassi tog'lik ayrim qismlarga bo'linib ketadi. Orografiyasining mana shu xususiyatistruktura xususiyatlarga mos keladi. Hozirgi rel'ef neogen va antropogenning 1-yarmida ko'tarilish, cho'qish, parchalanish ro'y bergan davrda tarkib topgan. Shu davrda Kichik Osiyo, Bolqon yarim orolidan ajraldi, Egey va Marmara dengizlari, Dardanell, Bosfor bo'gozlari paydo bo'ldi. Bu harakatlar paytida Kichik Osiyo palaxsali tog'lari ham paydo bo'ldi. Ko'tarilishlar eroziya proseslarini jonlantirishga olib keldi. Yer po'stidagi yorilishlar bilan vulkanizm bog'liq. Bu ayniqsa sharqiy qismlarida kuzatiladi. Oblastda seyssmik harakatlar ham bo'lib turadi. Kichik Osiyoning o'rta qismidagi yassitog'lik Anatoliya yassitog'liklari deb yuritiladi. Uni shimaldan umumiy nom bilan Pontiya tog'lari deb ataladigan tog' tizmalari o'rab turadi. Bu tog'lar Qora dengiz tomonga tik tushib kelgan, ba'zi joylaridagina kichikroq pasttekislik yerlari bor. Shimoliy sohilda Sinon va Samsun qo'ltiqlari hosil bo'lgan. G'arbdan sharqqa tomon Pontiya tog'lari G'arbiy Pontiya, O'rta Pontiya, Sharqiy Pontiya tog'lariga bo'linadi. G'arbiy Pontiya tog'larini absolyult balandliklari 200 m.ga etmaydi. Eroziya tufayli kuchli parchalangan. O'rta Pontiya tog' sistemasining parchalangan pasaygan qismi bo'lib, uning etagida qizil irmoq, yashil irmoq daryolarining tekisliklari joylashgan. Sharqiy Pontiya tog'lari ancha baland, kam parchalangan. Tog'larnni balandligi 300 m.dan oshadi. Yuqorisida al'p rel'ef shakllari, keskin muzliklar bor. Yarim orolni janubdan Tavr tog'lari sohildan uzoqlashib past tekisliklar hosil qilgan. Antal, Mersi, Iskandaron qo'ltiqlari, Likiya, Kilikiya yarim orollari hosil bo'lgan. Tavr tog'lari Al'p burmalanishida hosil bo'lgan. Ko'pchilik yerida balandliklar 200-300 m.dan oshadi. Markaziy Tavrdan Qoldiqtog' eng ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.32 KB
Ko'rishlar soni 186 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:58 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.32 KB
Ko'rishlar soni 186 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga