O'zbekiston aholisi va mehnat resurslari

O'zbekiston aholisi va mehnat resurslari

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston aholisi va mehnat resurslari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonning aholisi va mehnat resurslari. Reja: 1. Aholi va mehnat resurslari geografiyasini o'rganishning ahamiyati. 2. O'zbekiston aholisining soni, uning o'sishi va hududiy joylashishi. 3. Aholining tarkibi va urbanizatsiya jarayoni. 4. Mehnat resurslari, ularning joylashishi va mehnat resurslaridan foydalanishni yanada yaxshilash muammolari. 1. Aholi va mehnat resurslari geografiyasini o'rganishning ahamiyati. Iqtisodiy - ijtimoiy geografiya aholi va mehnat resurslarini o'rganishga alohida e'tibor beradi. Chunki bu fanning tekshirish, o'rganish obyektlaridan biri aholi sanaladi. Har qanday mamlakat yoki hudud xalq xo'jaligini hududiy tashkil etish, uni rivojlantirish avvalo aholi soni, uning zichligi va mehnat malakasiga bog'liq bo'ladi. Agar aholi zich yashasa, mehnat resurslari ko'p bo'lsa ko'p mehnattalab ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirish uchun imkoniyat mavjud bo'ladi. Aholi kam yoki siyrak joylashgan bo'lsa unning aksi bo'ladi. Har bir hudud yoki iqtisodiy rayon aholisining mehnat malakalarini hisobga olib, ma'lum tarmoqlarni rivojlantirish imkoni mavjud bo'ladi. Turli mintaqa aholisi va mehnat resurslari o'zining ko'pgina xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Bu hol hisobga olinmog'i va xalq xo'jaligi tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirishda unga e'tibor berilmog'i kerak. Aholi va mehnat resurslari haqida aniq ma'lumotlar zarur bo'lganidan ham dunyoning barcha mamlakatlarida har 5 yoki 10 yilda aholi ro'yxati o'tqazib turiladi. Bu ma'lumotlar qancha uy-joy qurilishi, qancha bog'cha, maktablar barpo qilinishi, yangi ish o'rinlari yaratilishda hisobga olinadi. Aholi uchun iste'mol buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, ularga maishiy xizmatni yo'lga qo'yish, infratuzilma tarmoqlarini barpo qilish hamda yuksaltirishda ham aniq aholi soni asqotadi. Xullas aholi va mehnat resurslariga xo'jalikdan ajratib qarab bo'lmaydi va ularni holatini o'rganib borish katta xalq xo'jalik ahamiyatiga ega bo'ladi. 2.O'zbekiston aholisining soni, uning o'sishi va hududiy joylashishi. Hozirgi kungacha O'zbekiston Respublikasi aholisi 26,3 mlndan ortiqroqdir. Aholisining soniga ko'ra MDHda Rossiya Federatsiyasidan va Ukrainadan keyin 3-o'rinda, dunyoda esa 40- o'rinda turadi. Aholining son jihatdan o'sishi (dinamikasi) uning takror barpo qilinishi jarayoni (tug'ilish, o'lim va tabiiy o'sish) hamda mehanik harakati (migratsiya) bilan chambarchas bog'liqdir. Bu jarayonlarning kechishiga aholi o'rtasida shakllangan murakkab tarixiy-an'anaviy, demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlar ham katta ta'sir ko'rsatadi. O'tgan asrning oxirida O'zbekiston aholisi bor-yo'g'i 3730 ming kishi edi. Demografik vaziyatga urushlar, ocharchilik va boshqa sabablar juda kuchli ta'sir ko'rsatadi. Jumladan, 1913- yildan 1924- yilgacha O'zbekiston aholisining soni deyarli o'zgarmadi. 1939- yil darajasiga esa faqat 50-yillarning o'rtalaridagina erishildi. Aholi tabiiy o'sishining urushgacha bo'lgan sur'atlari (yiliga 2,5 foiz) saqlanib turganida uning soni 50-yillarda 10 mln. kishiga yetishi kerak edi. Ammo bunga 60-yillarning ikkinchi yarmida erishildi. Aholi soni 1959-1970 -yillarda 15,3 foizga o'sdi. O'sishning o'rtacha yillik sur'ati bu davrda 3,5 foizni tashkil etdi. 1970-1979- ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 50.22 KB
Ko'rishlar soni 449 marta
Ko'chirishlar soni 52 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:52 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 50.22 KB
Ko'rishlar soni 449 marta
Ko'chirishlar soni 52 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga