O'zbekistonNING UMUMIY TABIIY-GEOGRAFIK TAVSIFI Reja: 1. Fanning mazmuni, maqsadi va vazifalari. 2. Geografik joylashgan o'rni, chekka nuqtalari kordinatalari. 3. Ma'muriy hududiy bo'linishi O'zbekiston Turkistonning markaziy kismida joylashgan. Uning hududining asosiy qismi Amudaryo bilan Sirdaryo orasida bo'lib, mo''tadil va subtropik iqlim mintaqalarida o'rnashgan. O'zbekistonning eng shimoliy nuqtasi Ustyurt platosining shimoli-sharqida, Orol dengizi qirg'og'ida bo'lib, 45 31 shimoliy kenglikdadir. Eng janubiy nuqtasi esa Termiz shahri yonida, Amudaryo qirg'og'ida bo'lib, 37 11 shimoliy kenglikka tug'ri keladi. Jumhuriyatimizning eng g'arbiy nuqtasi Ustyurt platosida 56 00 sharqiy uzoqlikda, eng sharqiy nuqtasi esa O'zbekiston bilan Qirg'iziston chegarasida, O'zgan shahri yaqinida bo'lib, 73 10 sharqiy uzoqlikdadir. O'zbekistoning eng shimoliy nuqtasi bilan eng janubiy nuqtalari orasidagi masofa , eng g'arbiy nuqtasi bilan eng sharqiy nuqtalari orasidagi masofa esa . O'zbekiston janubi-sharqda Tojikiston bilan, sharqda Qirg'iziston bilan shimol va shimoli-g'arbda Qozog'iston bilan janubi-g'arbda esa Turkmaniston bilan chegaradosh. Janubda O'zbekiston torgina Surxon-Sherobod vodiysida Afg'oniston bilan chegaradoshdir. Bu yerda Afg'oniston bilan O'zbekiston chegarasi Amudaryo orqali o'tadi. O'zbekiston maydoni 447,4 ming kv. km bo'lib Norvegiya, Finlyandiya, Buyuk Britaniya va Italiya kabi davlatlar hududidan katta. O'zbekiston Bel'giya, Gollandiya va Daniya kabi davlatlarning yer maydonlarini qushib hisoblasak ham ulardan 4 marta kattadir. Jumhuriyatimiz hududi Shveytsariya davlati hududidan 10 marta ziyoddir. O'zbekiston geografik o'rniga ko'ra juda kulay. Chunki uning hududi Turkistonning markazidagi tabiiy sharoiti qulay va tabiiy boyliklarga sarob bo'lgan erlarni o'z ichiga oladi. O'zbekistonning ko'p qismining tegislikdan iborat bo'lishi hamda serunum vohalarning-Chirchiq-Ohangaron, Farg'ona, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxandaryo, Quyi Amudaryoning mavjudligi jumhuriyat iqtisodiyotining rivojlanishiga qulay sharoit yaratib bergan. O'zbekiston O'rta dengiz atrofidagi mamlakatlar bilan deyarli bir geografik kenglikda joylashgan. O'rta dengiz atrofidagi mamlakatlar subtropikka xos landshaft bilan tavsiflanadi. Lekin O'zbekiston ilik okean va dengizlardan uzoqda, materik ichkarisida joylashganligi tufayli tabiiy sharoiti jihatidan O'rta dengiz atrofidagi davlatlardan butunlay farq qiladi. Chunki O'zbekiston hududining shimoliy qismi ochiq bo'lib, qishda shimoldan va shimoli-sharqdan esuvchi sovuq, quruq havo oqimi bemalol ichki qismlarigacha etib keladi. Aksincha, janubida baland tog'larning mavjudligi esa Hind okeanidan esadigan nam va iliq havo massalarini O'zbekiston hududiga o'tishiga to'siqlik qiladi. Oqibat natiyjada O'zbekistonda subtropikka xos bo'lmagan landshaft vujudga kelib, yoz bulutsiz, seroftob bo'lib, jazirama issiq, quruq, qish esa shu geografik kenglik uchun ancha sovuq bo'ladi. Binobarin, O'zbekiston subtropik iqlim mintaqasida joylashsa-da, asosan cho'lga xos bo'lgan landshaft bilan tavsiflanadi. Faqat atrofi tog'lar bilan o'ralgan Surxon-Sherobod vodiysidagina quruq subtropik landshaft mavjud, xolos. O'zbekiston hududi janubi-sharqdan shimoli-g'arbga qarab cho'zilib o'sha tomonga qarab pasayib boradi. Jumhuriyatimiz yer usti tuzilishi jihatidan Tojikiston va Qirg'izistondan keskin farq qiladi. O'zbekiston hududining ko'p qismi (71%) ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 20:39:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.95 KB
Ko'rishlar soni
197 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:55
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 20:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.95 KB
Ko'rishlar soni
197 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:55 ]
Arxiv ichida: docx