O'zbekiston yoqilg'i energetika sanoati tarmoqlari geografiyasi

O'zbekiston yoqilg'i energetika sanoati tarmoqlari geografiyasi

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston yoqilg'i energetika sanoati tarmoqlari geografiyasi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonning yoqilg'i energetika sanoati tarmoqlari geografiyasi Reja: 1. Yoqilg'i-energetika majmuining tarkibi, uning asosiy xom-ashyolari va yoqilg'i balansi. 2. Yoqilg'i sanoatining asosiy tarmoqlari, ularning joylashishi va rivojlanishi. 3. O'zbekiston elektr energetika sanoatining joylashishi va rivojlanishi. 1.Yoqilg'i-energetika majmuining tarkibi, uning asosiy xom ashyolari va yoqilg'i balansi. Yoqilg'i-energetika majmui Respublikamiz xalq xo'jaligining bazaviy tarmog'i, iqtisodiyot va texnika taraqqiyotining mustahkam poydevori hisoblanadi. YAIM iqtisodiy rayonlarni shakllanishida, sanoat markazlari va rayonlarini vujudga kelishida katta ahamiyat kasb etadi. Xalq xo'jaligining deyarli barcha tarmoqlarini rivojlanishi YAIM ning holatiga bog'liq bo'ladi. Har qanday mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasi u ishlab chiqarayotgan va iste'mol qilayotgan energiya miqdoriga ham bog'liq bo'ladi. Yoqilg'i-energetika majmui og'ir sanoat tarkibiga kiradi. O'zbekiston yoqilg'i-energetika majmui Respublika yalpi sanoat mahsulotining 22 % ini ishlab chiqaradi. O'zbekistonda bu majmua tarmoqlari asosan yangi tashkil etilgan bo'lib, yuqori iqtisodiy samara bilan ishlaydi. Bu majmua asosan 2 guruhga bo'linadi: 1) Yoqilg'i sanoati; 2) Elektr energetika sanoati. Turli yoqilg'i va energiya turlarini qazib olish hamda ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi sanoat tarmoqlari majmui yoqilg'i-energetika majmui deb ataladi. Yoqilg'i-energetika majmui xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari (sanoat, qishloq xo'jaligi, transport) va aholining kundalik hayoti uchun juda katta ahamiyatga ega. Yoqilg'i-energetika majmui sanoatning bir tarmog'i bo'lsa ham u umumiqtisodiy ahamiyat kasb etadi, shu boisdan ham ba'zan yoqilg'i-energetikani sanoat tarkibiga ham, boshqa tarmoqlarga ham qo'shmasdan Xalq xo'jaligining energetika bazasi deb alohida ajratishadi. O'zbekiston yoqilg'i-energetika resurslariga boy mamlakat. Ayniqsa, gaz va neft zaxiralari ulkan: 160 dan ortiq neft va gaz konlari mavjud. O'zbekistonda sanoat zaxiralariga ega bo'lgan 86 neft koni ochilgan. Ulardan 36 tasi neft, 24 tasi neftgaz va gazoneft, 26 tasi neftgazqondensatli konlarga kiradi. Neft qazib chiqarish 63 konda amalga oshirilmoqda va neft hozirgi darajada qazib olinsa, neft zaxiralari Respublika ehtiyojlarini 30 yildan oshiqroq ta'minlaydi. Umumiy zaxiralari 185 mln.tonna bo'lgan 14 ta neft konida hozir razvedka ishlari olib borilmoqda. O'zbekistonda tabiiy gaz zaxiralari 66 trln.metr kubga teng bo'lib, dunyo gaz zaxiralarining 1.3 foizini tashkil etadi va gaz zaxiralari bo'yicha O'zbekiston dunyoda 14-o'rinda turadi. Respublikamizning asosiy gazga boy hududi Buxoro-Xiva regioni sanaladi. Bu yerda mamlakat gaz zaxiralarining 90 % i to'plangan. Gaz qazib olish 52 konda amalga oshirilmoqda (zaxiralari 300 mlrd. metr kub) va 48 kon ishlatish uchun hozirlab qo'yilgan (umumiy zaxiralari 500 mlrd.metr kub). Istiqbolli gaz kondensati zaxiralari 300 mln. tonnadan ortiq deb baholanmoqda. Tabiiy gazni ham, gaz kondensatini ham asosiy prognoz zaxiralari Buxoro-Xiva va Surxondaryo regionlarida to'plangan. O'zbekistonda ko'mirning umumiy zaxiralari 2 mlrd.tonnaga teng. Hozirda 20 ga yaqin joyda ko'mir borligi ma'lum. Agar hozirgi darajada ko'mir qazib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.75 KB
Ko'rishlar soni 266 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:55 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.75 KB
Ko'rishlar soni 266 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga