Suv resurslarining ifloslanishi, uning asosiy sabablari Suv - tirik organizmlarning mavjudligi va hayotiy faoliyati jarayonlarini ta'minlaydigan xossalarga ega bo'lgan bebaho mineral va noorganik birikmadir. Suv har qanday tirik mavjudotning hujayralari va to'qimalari tarkibiga kiradi; ularning organizmlarida suv bo'lgandagina murakkab reaksiyalar kechadi. Suv bor joyda hayot bor, suv yo'q joyda hayot ham bo'lmaydi. Binobarin, suv hayot demakdir. Suv hayotning mavjudligini ta'minlagan holda, uning asosini ham tashkil etadi. Zero, hayvonlar tanasining 60 - 85% ini suv tashkil etadi. Tirik organizmlarning suvga bo'lgan ehtiyojini suvdan boshqa hech narsa bilan qondirib bo'lmaydi. Tirik organizmlar tanasidan suvning 10 - 20% ini yo'qotsa halok bo'ladi. Odamda ovqat hazm qilish jarayoni bir kunda kamida 9 - 10 l suv ishtirokida kechadi. Shuningdek, suv organizm olamni vujudga kelishiga asos bo'lgan murakkab kimyoviy birikmalarning hosil bo'lishida faol ishtirok etadi. Suv tirik organizmlar, litosfera va atmosfera bilan murakkab o'zaro munosabatlarda bo'ladi. Birikmagan (kristalli) holdagi suv tufayli kristallar muayyan tuzilmaga ega bo'ladi. Hatto vulkanlarning 10 yer yuzasiga chiqadigan magma (yun. magma xamir, loybalchiq) tarkibining 12% ini suv tashkil etadi. Suv - muhim iqlim hosil qiluvchi omil bo'lib, iqlimning tarkib topishida atmosfera suv bug'lari muhim ahamiyatga ega. Geosferalarning o'zaro murakkab ta'sirida suv termodinamik (yunoncha therme - issiq, iliq; dinamik - kuchli) jarayonlarning ritmlarini (yunoncha rhithimikos - bir me'yorda, bir maromda) tartibga solib turadi. Sayyoramiz yuzasida xilma - xil va rang - barang landshaftlarning mavjudligi ham suv tufaylidir. Shuningdek, aksariyat kimyoviy unsurlar migratsiyasining (lotincha migratio - ko'chish) va turli relef (fransuzcha relef - qavariq) xillarining vujudga kelishining asosiy omillaridan bir suvdir. Uzoq geologik davrlar davomida va hozirgi paytda ham suv qoyalarni asta - sekin nuratadi, noorganik birikmalarni eritadi, organizmlar ishtirokida tuproq hosil bo'lishi jarayonini faollashtiradi. Suv uyushgan suyuqlik bo'lganligi tufayli sayyoramizdagi juda katta energiya manbaidir. Boshqa moddalardan farq qilgan holda suv issiqlik ta'sirida torayadi. Suvning bu fizikaviy xossasi, ayrim olimlarning fikriga ko'ra, hayotning paydo bo'lishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Quyosh ta'siri ostida har daqiqada 2 mln. t suv bug'ga aylanadi, bug'ning har grammida 539 kal quyosh energiyasi bo'ladi. Pirovardida atmosfera quvvati 1 mlrd. kvt bo'lgan 400 elektr stantsiyasi ishlab chiqargan energiya miqdoriga teng bo'lgan issiqlik oladi. Issiqlik energiyasining suvda katta miqdorda to'planish imkoniyati yilning turli davrlarida va bir kun davomida yer yuzasida haroratlarning keskin o'zgarishiga yo'l qo'ymaydi. O'zining bunday xususiyati tufayli suv sayyoramizda issiqlikning taqsimlanishini boshqarib va tartibga solib turadi. Inson o'zining nafaqat fiziologik hayotiy faoliyatida, balki xo'jalik faoliyatining barcha turlarida suv is'temol qiladi yoki suvdan foydalanadi. Taqribiy hisoblarga ko'ra, mineral ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 20:39:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.51 KB
Ko'rishlar soni
186 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Jan 2023 [ 20:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.51 KB
Ko'rishlar soni
186 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:12 ]
Arxiv ichida: doc