Suv transporti

Suv transporti

O'quvchilarga / Geografiya
Suv transporti - rasmi

Material tavsifi

Suv transporti. Quruqlik transportidan farq qilib, jihozlanishi uchun ko'p xarajat talab qilmaydi, tabiiy suv yo'llaridan foydalanadi.U yoqilg'ini ko'p ishlatmaydi. Yuk tashish tannarxi temir va avto transportga nisbatan ancha arzon, lekin harakat tezligi past, yuk tashish mavsumiy, suv yo'lining yo'nalishi hamma vaqt ham zaruriy yo'nalishlarga to'g'ri kelavermaydi. FTI sababli suv transportining bu salbiy tomonlari kamayib bormoqda.Masalan: Zamonaviy kemalarning tezligi ortib bormoqda.Masalan: Yunayted Steyts (AQSH) layneri so'nggi marta Atlantika okeanini 3 sutka 10 soat 40 minutda kesib o'tgan.Masalan: X.Kolumb 3 oy so'zgan. -Muzyorar flot tufayli shimoliy kengliklarda novigasiya davri uzaytirilmoqda.(Makarov loyihasi 1899 yil muzyorar Ermak). Masalan: Murmansk-Uzoq Sharq. -Suv yo'llarining o'zi esa kerakli yo'nalishdagi kanallar orqali birlashtirilmoqda.Masalan: Panama, Suvaysh, Kill kanali, Belomor-Baltika, Volga-Don va h.k. Suv transporti dengiz va daryo transportiga bo'linadi. Dengiz transporti jahon transport sistemasining juda muhim tarkibiy qismi bo'lib, shu transportning rivojlanishi tufayli Dunyo okeani qit'alarini bir-biridan ajratib turuvchi emas, balki bog'lab turuvchi vositaga aylandi.Jahonda xalqaro tashiladigan butun yuklarning 62%i, yo'lovchining 0,5%i dengiz transportida tashiladi. Dengizda yuk tashish 2 xil bo'ladi: 1.Chet mamlakatlarga yuk tashish. 2.Kabotaj (o'z mamlakati portlari orasida). Kabotaj 2xil bo'ladi: Katta kabotaj-turli dengizlar orqali yuk tashish. Kichik kabotaj-bir dengizda yoki yonma-yon dengizda yuk tashish. Suv transportida tashiladigan yuk evaziga olinadigan kira haqi fraxt deyiladi.Kemalar har xil yuklarni tashiyveradigan universal kemalardan va maxsus kemalardan (yog'och-taxta tashuvchi, konteyner tashuvchi, refrijerator (xolodilnik qurilmalari o'rnatilgan kemalar), neft va suyultirilgan gaz tashuvchi (tanker), ko'mir va ruda tashuvchi) iborat. Dengizda yuk tashishga dengiz savdo floti (DSF) xizmat qiladi, uning umumiy tonnaji 400mln.t.dan ortiq.1970 yillar dengiz kemalarining asosiy qismini tankerlar tashkil etar edi, endilikda tankerlar salmog'i sezilarli kamaygan.Jahon DSFda 160ga yaqin davlat kemalari mavjud bo'lsa-da, lekin flotning yuk ko'tarish qobiliyati (tonnaji) jihatidan: 1.Panama (58mln.t.) 6.Yaponiya 2.Liberiya (54) 7.Buyuk Britaniya 3.Gresiya (30) 8.Xitoy 4.Kipr 9.Rossiya 5.Norvegiya 10.AQSH. DSFda Liberiya va Panama flotining mavjudligiga va etakchi ekanligiga sabab shuki, aslida iqtisodiy rivojlangan davlatlarning kemalari shu davlatlar bayrog'i ostida suzadi.Bunga sabab: kema egalarining soliqni kamroq to'lash va dengizchilarga kamroq maosh berish hisobiga mablag'ni iqtisod qilishi. Dengizda yuk tashishning ko'payishi faqat flot tonnajining oshishiga bog'liq bo'lmay (Yaponiyada 1mln.t.), balki portlarning yuk o'tkazish qobiliyatiga ham bog'liq.Jahondagi hamma dengiz portlarining umumiy soni 2700 dan ortadi.Lekin jahon portlari deb ataladigan (yiliga 50mln.t. dan ortiq yuk o'tkazadigan) portlar soni 20 ta. Bularning 11 tasi yiliga 100mln.t.dan ortiq yuk o'tkazadi. Rivojlangan mamlakatlar uchun universal portlar, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun maxsus portlar, ya'ni tor ixtisosli portlar (neft, ruda, g'alla) xosdir. Buyuk geografik kashfiyotlar davridan boshlab jahonda kema qatnovida Atlantika okeani 1-o'rinda turadi.Okean sohillarida 1,5mlrd ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.44 KB
Ko'rishlar soni 260 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.44 KB
Ko'rishlar soni 260 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga