Turkiya REJA: 1. Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni. 2. Tabiiy sharoiti va yoqilg'i mineral resurslari. 3. Aholisi. 4. Davlat tuzumi. 5. Xo'jaligi: A) Sanoati B) Qishloq xo'jaligi V) Transporti 6. Tashqi iqtisodiy aloqalari Maydoni-779452 km2 Aholisi-66,3 mln. kishi (2001 yil) Poytaxti- Anqara. 1. Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni. Turkiya Respublikasi geografik jihatdan qulay yerda-Osiyo va Yevropaqit'alari tutashgan Afrika, Amerika va Avstraliya qit'alariga chiqish chorrahasida joylashgan. U ko'pgina mamlakatlarning birlashtiruvchi, temir va tosh yo'llar, suv va havo yo'llari bilan bog'lovchi markaziy mintaqalardan birini egallagan. Turkiya Shimolda Qora dengiz, G'arbda Egey, Janubda esa O'rta Yer dengizlari bilan o'ralgan. Bunday tabiiy geografik joylashuv qadimda uni chetel istilochilari hujumidan bir muncha asrab kelgan va iqtisodiyoti, savdo-sotig'ining rivojlanishida muhim rol o'ynagan va hamon bir qancha divident keltirib, iqtisodiyotda o'ziga xos model yaratishida asosiy omillardan biri bo'lmoqda 2. Tabiiy sharoiti va resurslari. Mamlakat yer osti qazilma boyliklari hayvonot va o'simlik dunyosi xilma-xil ko'p va rang-barangdir. Masalan: bu yerda foydali qazilmalarning 6700 ga yaqin xili mavjud. Jahondagi surma, simob zahiralarining 25 foizi, xromning 8 foizi, uran rudasining 5,4, misning 4,4 foizi Turkiyaga to'g'ri keladi. 3. Aholisi. Mamlakat aholisi jahon aholisining 1 foizini tashkil etadi. Turkiya aholisining soni va o'sish darajasi jihatidan ham dunyoda oldingi o'rinlardan birini egallaydi. Uning 60 mlndan ortiq aholisi bo'lib, yillik o'rtacha o'sishi 3,1 foizini tashkil etadi. Mamlakatda turklardan tashqari, kurtlar, arablar, gruzinlar, lazlar istiqomat qiladi. Davlat tili-turk tili. Hukumron din-islom (sunniy mazhabi) hisoblanadi. 4. Davlat tuzumi. Turkiya-Respublika. Davlat boshlig'i-prezident, parlament tomonidan 7 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat 5 yil muddatga saylanadigan bir palatali parlament (450 deputat)-Turkiya Buyuk milliy majlisi (TBMM) qarashli. Ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat-bosh vazir boshchiligidagi Vazirlar kengashi amalga oshiradi. 5. Xo'jaligi: 60- 80 yillar boshigacha muddat ichida bozor iqtisodiyotiga o'tishi uchun zamin hozirlash davri bo'ldi. Bu davr Turkiya iqtisodiyotida qisman bo'lsada jonlanish xarakterlansada u hamon iqtisodiy inqiroz panjasidan qutila olmagan edi. Inqirozning siyosiy tomoni yechimi 1980 yil sentiyabr oyida amalga oshirilgan harbiy to'ntarishda o'z ifodasini topdi. Harbiylar mamlakatga bir muncha intizom kiritdi. Iqtisodiyotda jonlanish boshlandi. 1983 yilning noyabr oyida o'tkazilgan parlament saylovlari natijasida harbiy dektaturaning tugatilish, davlat tepasiga demokratik kuchlarning kelishi iqtisodiyotning yuksalishiga, ayniqsa ijobiy turtki bo'ldi. Bu mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o'tishini tezlashtirdi va o'z yo'lini topishga olib keldiki, bu yil iqtisodiyotda Turkiya modeli nomi bilan mashhur. A) Sanoati Turkiya sanoati iqtisodiyoti ziddiyatlar majmuidir. Unda to'liq avtomatlashgan gigant korxonalaridan tortib, faqat qo'l mehnatiga asoslashgan iptidoiy kichchik korxonagacha uchraydi. Turkiya sanoatining o'ziga xos xususiyatlaridan biri uning keyingi o'n yilda yuqori sur'at bilan rivojlanayotganligidadir. ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 20:39:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.29 KB
Ko'rishlar soni
232 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:16
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 20:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.29 KB
Ko'rishlar soni
232 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:16 ]
Arxiv ichida: docx