Xitoy xalq Respublikasi. Xitoy xalq Respublikasi - Markaziy va Sharqiy Osiyodagi davlat. U maydonining kattaliga ko'ra dunyoda 3- o'rinda turadi (9,5). Maydoni g'arbdan sharqqa 5,7 ming km ga, shimoldan janubga 3,7 ming km masofaga cho'zilgan. Mamlakatning sharqi va janubi-sharqiy qismlari katta masofada okean bilan tutash, lekin mamlakat hududining katta qismi okeandan uzoqda, lekin Yanszi va Xuanxe daryolari bo'ylab dengiz kemalari dan ko'proq ichkariga kirib bora oladi. Iqtisodiy geografik o'rnining qulayligi Yaponiya va Osiyo yo'lbarslari mamlakatlariga yaqinligi, Rossiya bilan chegaradoshligi, shuningdek Xitoy xalq Respublikasining svilizasiya markazi bo'lib kelganligidir. Xitoyning quruqlik chegarasining asosiy qismi baland tog'lar va cho'llardan o'tadi. Xitoy xalq Respublikasi siyosiy-ma'muriy jihatidan 23 ta provensiya, 5 ta avtonom rayon va markazga bo'ysunuvchi 3 ta shahar (Pekin, Shanxay, Tenszin) dan tashkil topgan. Xitoy hududi tarixda bir necha bor mo'g'ul va yapon bosqinchilari tomonidan istilo qilingan. Shuninng uchun Xitoyni shimolida 400km li Buyuk Xitoy devori qurilgan. Gobi, Alashan, Ordos, Takla- Makon cho'llari bor. Xitoy hududining 80 % ini relyefi murakkab, ya'ni tog'lardan iborat, ayniqsa Himolay, Kunlun,Tyanshan, Tibet, Nanshan, Hingan tog'lari egallagan hududlar qishloq xo'jaligi va transport yo'llarini o'tkazish uchun noqulaydir. Xitoy Xalq Respublikasini shimoli mo'tadil, markazi subtropik, janubi subekvatorial iqlim mintaqalarida joylashgan. Qishloq xo'jaligi uchun eng qulay bo'lgan Buyuk Xitoy tekisligi va Xitoyning sharqiy sohillari musson yomg'irlari va tayfunlar (soatiga 100 tezlikda sohillarga bostirib keluvchi kuchli bo'ronlar) shahar va qishloqlarga, ekinzorlarga, sug'oruv sistemalariga katta zarar etkazadi. Mamlakat hududining 10% ini o'rmonlar egallagan. Mamlakat mineral resurslarga boy. Mamlakat shimolida yirik ko'mir konlari (markazida-Datun), yonuvchi slanes, osh tuzi, yirik neft konlari (ayniqsa, Sariq dengiz shelfida, Dasinga mamlakat neftining yarmi to'g'ri keladi), temir, qalay, surma, boksit konlari bor. Xitoyning g'arbiy va janubi-g'arbiy hududlari kam o'zlashtirilgan. Xitoy 200-yildan buyon dunyodagi eng seraholi mamlakat bo'lib kelmoqda va immigrasiyaning asosiy o'choqlaridan biriga aylanib qolgan. Aholining ko'plab ko'chib ketishi, ayniqsa, XIX va XX asrda kuzatilindi. Xorijiy mamlakatlarda Xitoyliklar ko'p to'plangan markazlar paydo bo'ldi, ularni Xuasiyao deydi. Xorijiy mamlakatlarda hozirda 30 mln dan ortiq Xitoyliklar yashaydi. Buni 90 % i janubi-sharqiy Osiyoga to'g'ri keladi. Xuasiyaolar sababli Singapur aholisining 85 %, Malayziya aholisining 34 %, Tailand aholisining 13 % i xitoyliklardir. 1949 yildan 1990 yillargacha Xitoy aholisi 2 barobar ko'paydi, va 1134 mln, 1998 yil 1248 mln, 2003 yil 1295 mln, 2006 yil 1318 mln kishiga etdi. Tug'ilish koeffisienti 13 ‰, o'lim 6‰ . 1 ayolga 1,7 bola to'g'ri keladi. 15 yoshgacha bo'lganlar jami aholining 22 % ini, 64 yoshdan o'tganlar 7 % ini tashkil etadi. O'rtacha umr 69-73 yosh. YAMD ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 20:39:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.89 KB
Ko'rishlar soni
291 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:18
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 20:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.89 KB
Ko'rishlar soni
291 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:18 ]
Arxiv ichida: docx