aholining milliy va etnik tarkibi. Reja: 1. Etnik tarkib, bir va ko'p millatli davlat, Tabiatda erkaklar bilan ayollar bir xil miqdorda tug'ilmaydi. Aslida har 100 ta qiz bola tug'ilganda tahminan 104-107 o'g'il bola tug'ilsa ham 15 yoshga etganda ikkala jinsdagi bolalar soni tenglashadi. Lekin aholining bundan keyingi yolari bo'yicha guruhlarida aholining jinsiy tarkibi turli mamlakatlarda turlicha tarkib topadi. Dunyodagi mamlakatlarning tahminan yarmida ayollar soni erkaklardan ortiq. Bunga sabab shuki, ayollarning o'rtacha umri erkaklarnikiga qaraganda biroz ortiq bo'ladi. Bazi mamlakatlarda ayollarning erkaklar soniga qarab ancha ko'pligiga bu mamlakatlarda ikkinchi jahon urushida erkaklarning ko'plab qirilganligi sababdir. Lekin hayotga yangi yosh avlodlarning kirib kelishi bilan aholi sonidgi bu farqlar asta-sekin kamayib boryapti. Ayollarning iqtisodiy va ijtimoiy mavqei tarixan noqulay bo'lgan. Mamlakatda erkaklar soni ayollar sonidan ortiq. Butun jahon aholi jinslari nisbatiga Hitoy bilan Hindistondagi erkaklarning ayolardan ancha ko'pligi aynan kuchli ta'sir ko'rsatadi. Umuman olganda dunyoda ana shu davlatlar tufayli har 100 ayolga 1009 ta erkak to'g'ri keladi. Qadimgi yunon matematigi Pifagor inson hayotini fasllarga qiyoslab, inson umrida 4 faslni: bahor - bolalik, yoz - yoshlik, kuz - yetuklik va qish - qarilikni farq qilishini taklif qiladi. Hozirgi vaqtda olimlar aholining demografik yoshligi, yetuklik va qariligi haqida so'z yuritishadi. Mamlakatni mazkur fasllardan biriga kiritish birinchi galda tug'ilish, o'lim va tabiiy ko'payish ko'rsatkichlariga bog'liq. Shu sababli aholining yoshlar bo'yicha asosiy turlari umumiy olganda uning ko'payish turiga bog'liqdir. aholining yoshlar bo'yicha va jinsiy tarkibini tahlil qilish uchun maxsus diagramma turi - aholining yoshlar bo'yicha va jinsiy piramidasi qo'llaniladi. aholining asosiy ishlab chiqarish qismi - mehnat resurslarini aniqlashda uning yoshi asosiy mezon bo'ladi. aholining iqtisodiy faolligi ko'rsatkichi mehnat resurslarining ishlab chiqarishda jalb qilinganlik darajasini ko'rsatadi. Budun dunyo aholisining 45 % yoki 2 mlrd dan ortiq qismi iqtisodiy faol aholi hisoblanadi. Mehnatga yaroqli aholi bilan ishlamaydigan aholi o'rtasidagi nisbatni bilish ham muhimdir. Bu demografik og'irlik deb ataladi. Dunyo bo'yicha har 100 ta ishlovchi kishiga 70 ta bolalar va kishilar (Yaponiyada 40) to'g'ri keladi. Mehnatga yaroqli aholining moddiy ishlab chiqarishda va nomoddiy ishlab chiqarish sohasida qatnashadigan qismi - Iqtisodiy faol aholi deb ataladi. Shu aholini salmog'i bandlik darajasini belgilaydi. Rossiyada bu ko'rsatkich 90 %, dunyo bo'yicha 70 % ni tashkil etadi. Sohalar bo'yicha bandlikda ham mamlakatlar bir birlaridan tubdan farq qiladilar. Ko'k yoqaliklar o'rnini oq va oltin yoqaliklar egallab bormoqa. Buyuk Britaniya, Belgiya, Fransiya, Shvetsiyada 40 % AQSHda 50 % aholi xizmat ko'rsatish sohasida mehnat qilmoqda. Dunyo aholisining etnik tarkibi. Yer kurrasi aholisi tarixan tarkib topgan. 400 etnik jamoalardan ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 21:44:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.57 KB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:24
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 21:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.57 KB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:24 ]
Arxiv ichida: docx