Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSH) REJA Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi. Davlat tuzumi. Xo'jaligi: A) Sanoati. B) Qishloq xo'jaligi V) Transporti. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Maydoni- 9363200 km2 Aholisi- 291,5 mln. kishi (2003) Poytaxti- Vashington 1. Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni. Amerika Qo'shma Shtatlari ko'pgina iqtisodiy ko'rsatgichlar bo'yicha dunyodagi yetakchi mamlakat hisoblanadi. AQSH demokratik Respublika, mamlakat 50 ta shtat va Kolumbiya federal okrugidan (Poytaxti Vashington shahri) iborat. Mamlakatning 48 shtati yaxlit holda, faqat 2 ta shtati-Alyaska (Chor Rossiyasi tomonidan 1869 yilda sotib yuborilgan) va Gavayi oroli alohida asosiy hududlardan uzoqda joylashgan. 2. Tabiiy sharoiti va resurslari. AQSHning bugungi gullab yashnashida o'zlashtirilgan bepoyon tabiat boyliklari muhim rol o'ynaydi. AQSH g'arb dunyosida toshko'mir va qo'ng'ir ko'mir, uran zaxirasi bo'yicha birinchi, gaz,mis,rux zaxirasi bo'yicha ikkinchi, neft,temir rudalar zaxirasi bo'yicha oltinchi o'rinni egallaydi. Ba'zi bir foydali qazilma turlari (yoki umuman yo'q) xrom,marganes,kobalt,nikel yetishmaydi. Ayni vaqtda ko'plab qazib olinayotgan konlar tugab borayapti (Asosan neft,tabiiy gaz va temir ruda konlari.) Suv resurslari mamlakatning sharqiy qismida to'plangan. Bu yerdan AQSH ning bosh daryo arteriyasi Misisipi oqib o'tadi. U o'zining irmoqlari bilan birgalikda transport, energetika, sug'orish maqsadlarida yirik xo'jalik ahamiyatiga egadir. AQSH ning shimoliy-sharqiy qismida Kanada bilan chegaradosh hududda dunyodagi eng yirik ko'llar sistemasi-Buyuk amerika ko'llari joylashgan. Mamlakatda tabiiy unumdor tuproqli yerlar katta maydonni egallaydi. Ayniqsa AQSHning markaziy qismi va preriyadagi qora tuproqli yerlar o'zlashtirilib mamlakatning asosiy donkor rayoniga aylantirildi. Mamlakatning o'rmon resurslari XX asrning o'rtalariga kelib kishilarning xo'jalik faoliyati ta'sirida kuchli kesib yuborilgan. AQSH hududining 1|4 qismi o'rmonlar bilan qoplangan, so'nggi yillarda ikkilamchi o'rmonlar maydoni kengayib bormoqda. AQSHning Alyaska yarim oroli va Kordilyera tog'lari o'rmonlar bilan qoplangan. 3. Aholisi Amerika Qo'shma Shtatlari aholi soni bo'yicha dunyoda Xitoy va Hindistondan keyin uchinchi o'rinda turadi.Amerika aholisining shakllanishida immigrasiya jarayoni hal qiluvchi rol o'ynagan. XIX asrning oxirida mamlakatga ko'chib keluvchilarning aksariyatini G'arbiy Yevropamamlakatlaridan ko'chib kelganlar tashkil etar edi. Keyinchalik Sharqiy Yevropamamlakatlaridan immigrant oqimlarning kelishi kuchaygan bo'lsa, hozirgi vaqtda Amerika va Osiyo mamlakatlaridan ko'chib kelganlar ko'pchilikni tashkil etmoqda. AQSHning hozirgi aholisi bir qancha asosiy etnik guruhlar (kelib chiqishi italyanlar,nemis,kanadalik,meksikalik bo'lgan kishilar) va aborogen guruhi (indeyeslar): eskimoslar, aleutliklar, gavayiliklardan iborat. AQSHda kelib chiqishi yevropalik bo'lgan amerkaliklar mamlakat aholisining 80 foizini tashkil etadi. AQSH aholisi orasidagi muhim etnik-irqiy gruppani negrlar tashkil etadi. 1990 yillarning boshlariga kelib ularning soni 30 mln kishini tashkil etdi. Bu mamlakat aholisining 12 foizini tashkil etadi, ular bu yerga mamlakatning janubiy plantasiyalarida ishlash uchun Afrika qit'asidan olib kelingan. Mamlakatda har bir kvadrat kilometrga 28 kishi to'g'ri keladi, biroq ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 21:44:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.78 KB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 21:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.78 KB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:25 ]
Arxiv ichida: docx