Argentina geografik ma'lumot

Argentina geografik ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Argentina geografik ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Argentina REJA: 1. Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni. 2. Tabiiy sharoiti va yoqilg'i mineral resurslari. 3. Aholisi. 4. Davlat tuzumi. 5. Xo'jaligi: A) Sanoati B) Qishloq xo'jaligi V) Transporti 6. Tashqi iqtisodiy aloqalari Maydoni-2778417 km2 Aholisi-34,3 mln. kishi (2005 yil) Poytaxti- Buenos-Ayres. 1. Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni. Argentina Janubiy Amerika materigining janubi-sharqiy qismida joylashgan. Mamlakat hududining tarkibiga, materik qismidan tashqari Olovli Yer orolining sharqiy qismi va uncha katta bo'lmagan orollar kiradi. Atlantika okeanida joylashgan Folklend (Malvin) oroli va Buyuk Britaniya o'rtasida janjalli (bahsli) hudud hisoblanadi. Mamlakat sharqda Atlantika okeaniga qulay chiqish imkoniyatiga ega. Qirg'oqlari kam parchalangan, faqat La-Plata estuariysi quruqlikga kirib borgan. g'arbda Chili bilan shimolda Boliviya va Paragvay bilan, shimoli-sharqda esa Braziliya va Urugvay bilan chegaradosh. 2. Tabiiy sharoiti va yoqilg'i mineral resurslari hududini relyef tuzulishiga ko'ra shimolda va janubda tekisliklar, g'arbda va janubda qir va tog'lar egallagan. Mamlakatning barcha g'arbiy chegaralari bo'ylab qudratli And tog'lari joylashgan. Olovli Yer oroli relyef shakllarining hosil bo'lishida muzlik ta'sirining ahamiyati katta. Rio Kolarado daryosidan janubda Pataganiya yastanib yotibdi. Patagoniya uchun tik qoyali kan'onlardan iborat zinapoyasimon platoli relyef shakllari xosdir. Shimoldagi Rio-Solado va janubdagi Rio-Kolarado daryolari oralig'ida bepayon dasht joylashgan. Mamlakatning tog'li rayonlaridan uran, marganes, mis rudasi, berilliy, qo'rg'oshin-rux, volfram va temir rudalarining zahiralari topilgan. uran rudasining zahirasi bo'yicha dunyoning uchta yetakchi mamlakatlar qatoridan joy olgan. Neftning asosiy konlari Patagoniya platformasi botig'i va And tog'lari tog' oraliq botiqlarida, hamda Olovli Yer orolida joylashgan. Argentinada tabiiy gazning aniqlangan zahirasi 600 mlrd m3ga baholanmoqda. So'nggi yillarda uni qazib olish tez sur'atlarda o'smoqda. Patagoniyada esa qo'ng'ir ko'mirning uncha katta bo'lmagan zahirasi aniqlangan. Bundan tashqari nometall foydali qazilmalardan oltingugurt, marmar va granit zahiralari topilgan. 3. Aholisi. aholisi ommaviy Yevropaimmigrasiyasi ta'sirida shakllangan. Mamlmakatning mahalliy aholisi indeyeslar XVI asrda Ispaniya mustamlakasi yurishida deyarli to'la qirib yuborildi. millati kreollardan (ispan istilochilari avlodlari), qisman oq tanlilarning mahalliy indeyeslar bilan birlashuvidan va keyinchalik XIX asrda Yevropadan immigrantlarning ko'chib kelishi hisobiga shakllandi. Shuning uchun ham Argentina Lotin Amerikasidagi «oq tanlilar» davlatlari qatoriga kiradi. (Urugvay bilan birgalikda). Mamlakatda tug'ilish koeffisenti har 100 kishiga 20 kishi, o'lim koeffisenti esa har 100 kishiga 9 kishini tashkil etadi. Aholi tabiiy o'sishi Lotin Amerikasi mamlakatlar orasida eng past ko'rsatgichni tashkil etadi. Argentinada urbanizasiya darajasi yuqori bo'lib, aholining 86 foizi shaharlarda yashaydi. Mamlakat aholisining qismi poytaxt Bujos-Ayresda yashaydi. Mamlakatda Rosario, Kordova, Mendosa, La-Plata kabi yirik shaharlar bor. Aholining ko'pchilik qismi katolik diniga e'tiqod qiladi. 4. Davlat tuzumi. Davlat tuzilishi-Respublika. Ma'muriy-hududiy bo'linishi: 22 provinsiya, 1 milliy hudud va poytaxt federal okrugi. 1816 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.28 KB
Ko'rishlar soni 197 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.28 KB
Ko'rishlar soni 197 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga