Avstraliya Ittifoqi geografik ma'lumot

Avstraliya Ittifoqi geografik ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Avstraliya Ittifoqi geografik ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Avstraliya Ittifoqi. Avstraliya so'zi janubiy ma'nosini bildiradi. Haqiqatan ham u janubiy yarim sharda joylashgan. Eng kichik materik. Maydonining kattaligiga ko'ra u dunyoda 6-o'rinda turadi (7,750 00 km2 ). Avstraliya maydoni shimoldan janubga , g'arbdan sharqqa ga cho'zilgan. Iqtisodiy geografik o'rnida uning AQSH, Yaponiya, xorijiy Yevropadavlatlaridan uzoqda joylashganligi noqulayroq. Masalan: AQSH dan 11-15 ming km uzoqda joylashgan. Lekin hozirgi zamonaviy dengiz va havo transporti bu to'siqqa barxam bermoqda. Avstraliya iqlimiy jihatidan subekvatorial, tropik va subtropik mintaqalarda joylashgan. Iqlimi quruq tropik, sharqiy sohillari esa nam tropik. Buning sabablari : Asosiy daryosi Murrey (Darling bilan). Foydali qazilmalarga boy. Asosan temir rudasi, mis, titan, nikel, uran, boksit, oltin, olmos, ko'mir kabilar. Masalan: Temir rudasi qazib olishda dunyoda 3-o'rinda (yiliga 110 mln t.); Marganes qazib olishda 3-o'rinda; Boksit qazib olishda 1- o'rinda; Nikel qazib olishda 3-o'rinda; Qalayi va rux qazib olishda 2-o'rinda; Mis qazib olishda 9-o'rinda. Ko'mir qazib olishda 6-o'rinda (yiliga 210 mln t.) Olmos qazib olishda 1-o'rinda turadi. Aholisi 19,9 mln (2003 y), 20,6 mln (2006 y) kishi yashaydi. Tug'ilish koeffisienti 13 ‰, o'lim 7 ‰ . 15 yoshgacha bo'lganlar jami aholining 20 % ini, 64 yoshdan o'tganlar 13 % ini tashkil etadi. O'rtacha umr 77-82 yosh. 1 ayolga 1,7 bola to'g'ri keladi. YAMD 24630 $ (2001y). Avstraliyani 1606 yil golland sayyohi V. Yanszon kashf etgan. Yevropaliklar XVIIasr oxiridan (1788 yil Sidneyga) ko'chib kela boshlagan. Aholisining 77 % ini Buyuk Britaniyadan ko'chib kelganlarning avlodlari, qolganini Yevropaning boshqa xalqlari, metislar va aborigenlar (50 00 kishi) (250 ming kishi aborigen va metislar) tashkil etadi. Aholisining tabiiy ko'payishi past. Aholisining hozirgacha migrasiya (yiliga 100-150 ming) katta ta'sir etmoqda. Aholisining o'rtacha zichligi 2,5 kishi bo'lib, u juda notekis joylashgan. Masalan: avstraliya maydonining 65 % ida mamlakat aholisining 1 % i, mamlakatning janubi-sharqini egallagan 10 % maydonida 91 % aholi yashaydi. Eyr ko'li atrofida doimiy aholi umuman yo'q, lekin janubi-sharqiy sohillarida 1 km2 joyga 250 tagacha odam to'g'ri keladi. Urbanizasiya darajasi materiklar bo'yicha eng yuqori, ya'ni 86 % (91%) tashkil etadi. Millioner shaharlari 5 ta: Sidney (3,7 mln), Melbrun, Brisben, Pert, Adelida. Avstraliya hududidan Buyuk Britaniya dastlab surgunchilar uchun joy sifatida foydalangan. XIX asrning 50-60 yillarida oltin konlarini ochilishi avstraliyaga aholini kelishini kuchaytirdi. 1901 yil Avstraliyadagi mustamlakalar birlashtirilib avstraliya Ittifoqini tashkil etdi. 1931 yildan boshlab Avstraliya mustaqillik statusini oldi. Avstraliya ittifoqi - federativ davlat bo'lib, hozirda u 6 ta shtat va 2 ta hududdan tashkil topgan. Buyuk britaniya Hamdo'stligi tarkibiga kiradi. Asosiy siyosiy partiyalari: 1.Avstraliya leyboristik partiyasi (1891 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.65 KB
Ko'rishlar soni 196 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.65 KB
Ko'rishlar soni 196 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga