Biogeografiya faning o'rganish o'bekti . Reja: biogeografiya fanining maqsad va vazifalari. Biogeografiya fanining boshqa fanlar bilan aloqalari. Biogeografiyaning ahamiyati. Asosiy biogeografik tushunchalar. Tayanch iboralar: Biogeografiya fanining o'rganish obyekti. Biogeografiyaning geografik fanlar bilan aloqalari. Biogeografiyaning biologik fanlar bilan aloqalari. Bigeografiya fani to'g'risida turli xil olimlarning fikrlari. Floristik-faunistik biogeografiya. Regional biogeografiya. Ekologik biogeografiya. Tarixiy biogeografiya. biogeografik tushunchalar (fauna, flora, biota, biom). Biogeografiya yer sharining o'simlik va hayvonot dunyosini tarqalishini ekologik sharoit bilan bog'liqligini aniqlaydi. Yer sharining landshaftlari to'g'risida tasavvur hosil qilish uchun shu landshaftni hosil qiluvchi o'simlik va hayvonot dunyosi jamoasini hayotini yo'naltiruvchi qonunlarni bilish zarur. Tirik mavjudotlar tabiatda katta rol o'ynaydi. Yshil o'simliklar oziqlanish (fotosintez) jarayonida atmosferaga hayotni asosi bo'lgan kislorodni chiqaradi. Tabiatda moddalarni davr aylanishi va tuproqni hosil bo'lishi o'simliklarni va hayvonlarni ishtirokisiz bo'lmaydi. Oldingi vaqtlarda biogeografiya o'simliklar geografiyasini (fitogeografiyani) va hayvonlar geografiyasini (zoogeografiyani) o'z ichiga olar edi. Keyingi o'n yilliklarda biogeografiyada zambrug'lar geografiyasi va mikroorganizmlar geografiyasiga ham ajratildi. Biogeografiya fani, huddi bioximiya, biofizika, geoximiya va geofizika fanlari kabi ikki fan oralig'idagi chegaraviy fandir. Bir tomondan biogeografiya geomorfologiya, klimatologiya, gidrologiya va tuproqshunoslik bilan birgalikda, umumiy tabiiy geografiyani (umumiy yer bilimini) bir qismi hisoblanadi. Ikkinchi tomondan u organizmlarni ekologiyasi, fiziologiyasi va sistematikasi fanlari bilan birga biologiya fanlari tarkibiga kiradi. Biogeografiyani bunday holati ba'zi olimlarni, masalan N.A.Babrinskiyni o'ylaganidek uni ikki qismga: geografik va biologik fanlarga bo'lish mumkin degan xulosaga olib kelmaydi. Biogeografiya fani ikki fan oralig'idagi fandir. U ham biologik va ham geografik fan hisoblanadi. Biogeografiya uchun geografik fanlardan tabiiy hududiy komplekslar to'g'risidagi fan - landshaftshunoslik katta ahamiyatga egadir. Uni tarkibida biogeografiya bilan birga landshaft komponentlarini xarakterlaydigan boshqa fanlar: klimatologiya, geomorfologiya, gidrologiya va tuproq geografiyasi fanlari kiradi. O'z navbatida turli xil geografik regionlarni o'simlik va hayvonot dunyosini o'rganadigan regional biogeografiya, regional geografik fanlarga - materiklar tabiiy geografiyasi kerakli ma'lumotlarni yetkazib beradi. Biogeografik ish kartografik metodsiz ham bo'lmaydi. Biogeografik xaritalar maxsus xaritalar hisoblanadi. Ular tematik jihatdan va kartagrafik hal qilish jihatdan xilma-xildir. Eng to'g'ri keladigan xarita asosini, masshtabni va xaritada aks ettiradigan manzarani belgilarini tanlashni bilmasdan turib, savodli biogeografik xarita tuzish mumkin emas. bunday bilimlarni biogeografiyaga kartagrafiya fani beradi. biologik fanlardan biogeografiyaga eng yaqini ekologiya va biotseonologiya (biotsenozni o'rganadigan fan) hisoblanadi. Ekologiya bu organizmlar va muhit o'rtasidagi o'zaro munosabatlar to'g'risidagi fandir. U biogeografiyaning asosiy bo'limlaridan biri bo'lib, ekologik biogeografiya deb ataladi. Ekologik biogeografiya yer sharining turli regionlaridagi ekologik farqni o'rganadi. Ekologiyani qonunlarini bilish , regional farqlarni sabablarini aniqlashga imkon beradi. Biotsenologiya bu organizmlar jamoasi to'g'risidagi fandir. U biogegrafiyaga organizmlar jamoasining strukturasi va dinamikasi ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 21:44:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.62 KB
Ko'rishlar soni
223 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 21:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.62 KB
Ko'rishlar soni
223 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:27 ]
Arxiv ichida: docx