Biosenotik zonalar Reja: 1. Savannalar 2. Qurg'oqchil davrda barg tashlaydigan tropik o'rmonlar 3. Nam tropik o'rmonlar zonasi. Tayanch iboralar: 1. Savnnalarni ekologik sharoiti 2. Savannalarni o'simliklari va ularni aspektini almashinishi 3. Savannalarni hayvonot dunyosi 4. Savannadagi qurg'oqchil davrni o'simlik va hayvonot dunyosiga ta'siri 5. Qurg'oqchil davrda barg tashlaydigan tropik o'rmonlar va buttalar zonasi o'simliklari va hayvonot dunyosini savanna zonasinikidan farqi 6. Nam tropik o'rmonlar zonasida hayotni o'zluksizligi 7. Nam tropik o'rmonlarni o'simliklarini xilma-xilligi 8. Nam tropik o'rmonlarni yarusliligini xususiyati 9. Nam tropik o'rmonlarda kuzatiladigan kaulifloriya hodisasi 10. Nam tropik o'rmonlardagi madaniy landshaftlar 11. Nam tropik o'rmonlarning hayvonot dunyosi 12. Nam tropik o'rmonlarda sariq lixoradka (vabo) kasalligi uchog'ini yuzaga kelish sababi. SAVANNALAR Bu zona tropik poyasni daraxtli o'tloqlar o'simliklaridan tarkib topgan. Bu yerda yog'inning yillik miqdori 900-1500 mm tashkil qiladi. Qurg'oqchilik fasli 4-6 oy davom etadi. Bu biosenozlarni o'ziga xos yashash sharoitini vujudga keltiradi. Daraxtlarni po'stlog'i ko'pincha qalin bo'lib, qurg'oqchil faslda barg tashlaydi. O'tloq o'simliklarda o'tish qiyin bo'lgan baland bo'yli, balandligi 2-3 metgacha yetadigan tiqiz boshoqli o'simliklar - fil o'tloqlari va boradachlar hukmronlik qiladi. Savannalar ko'pincha bizni mevali bog'larni eslatadi, ba'zan esa o'tloqlarni daraxt chakalaklari bilan almashinishini tashkil qiladi. Daraxtlarni shoxlari ko'pincha soyabonsimondir. Ular boabab, palma, proteya, kazuarin va akasiyalardan iborat. Qurg'oqchil davrlarda o'tloqlar quriydi, daraxtlar esa barg tashlaydi. Ko'pincha bu davrni oxirida, o'tmish vaqtlarda mahalliy aholi tomonidan tuproqni yaxshiroq o'g'itlash maqsadida, qulatish yong'inlari vujudga keltirilar edi. Hozirgi davrda unday ishlar qilinmaydi, chunki savannalarni o'simliklari ko'p joylarda siyraklashib qolgan va u yerlarda cho'llanish yuz bermoqda. savannalarni hayvonot dunyoi boydir. Afrikadagi ko'p miqdorli antilopalar, strauslar va jirafalar, Avstraliyadagi kengurular, Janubiy Amerikadagi bir qator kemiruvchilar (tuko-tuko, nutriya, dumilg'ich jayra, shinshila, viskash) bu oblastlar uchun xarketarlidir. Afrikadgi jiraflarning bo'ynining uzunligi qurg'oqchil davrlarda, o'tloqlar quriganda daraxt shoxlar bilan oziqlanish uchun moslanishdir. Bu yerda fillarni podalari, nosorogrlar (karkidonlar0 va boshqa yirik o'txo'r hayvonlar ham bor. Termitlarning qattiq loydan qilingan baland qurilmalari xarakterlidir. Afrikada yashaydigan trubkozub (kap quruqlik cho'chqasi), o'zlarini baquvvat tirnoqlari bilan bu qurilmalarni parchalab chashlab uni egalarini yayishlari mumkin. yirik tuyoqli hayvonlar ko'pligi. bu yerda yirtqichlar miqdorini ko'p bo'lishiga sabab bo'lgan. Savanna uchun arslonlar, yaguarlar, pumalar va itlar oilasini vakillari yolli bo'rilar, butta itlari juda xarakterlidir. O'limtaxo'rlar ko'p bo'lib, ulardagi Afrikadagi giyenalarni tishlari juda baqquvtdir. Ular yirik tuyoqli hayvonlarni hatto yo'g'on, qattiq suyaklarini ham yanchishga qodirdirlar. Qoldiqlarni yeydigan qushlarning bo'yinlar patsiz bo'ladi (o'likni ichki qismlarini tartib olish uchun moslama). Savannalarda ko'p uchraydigan turli xil ikki qanotli qonso'ruvchilar, hayvondan hayvonga turli kasalliklarni o'tkazib yuradi. Masalan, ular ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 21:44:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.1 KB
Ko'rishlar soni
172 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:28
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 21:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.1 KB
Ko'rishlar soni
172 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:28 ]
Arxiv ichida: docx