Biosenozlarni strukturasi (yarusliligi va kabatliligi)

Biosenozlarni strukturasi (yarusliligi va kabatliligi)

O'quvchilarga / Geografiya
Biosenozlarni strukturasi (yarusliligi va kabatliligi) - rasmi

Material tavsifi

Biosenozlarni strukturasi. ( YaRUSLILIGI - KABATLILIGI ) Biosenozni strukturasini (ikkinchi) muќim shkallanishi organizmlarni biosenozda, fazoda joylanishi ќisoblanadi. Buyerda asosiy rolni yaruslik (qabatlilik) o'ynaydi. Yaruslilik deb organizmlarni biosenozda tuproq gorizonlari bo'ylab va ќavo muќitining qatlamlari bo'ylab joylanishga aytiladi. Biosenozning ќamma yashovchilarini ikki gruppaga: yarusli va yarusorasidagi gruppaga bo'lish mumkin. Yarusli organizmlarga biosenozning ma'lum qatlamida joylashgan o'simliklar va ќayvonlar kiradi. Yarus oralig'idagi organizmlarga biosenozni ma'lum balandlik qatlamiga joylashmagan va turli xil yaruslarda uchraydigan o'simliklar va ќayvonlar kiradi(ba'zi o'simliklar va ko'pchilik ќayvonlar). Biosenozni yarusli asosi, o'simliklardan tashkil topadi va faqatgina dengizning tabiiy oblastlarida o'simliklar bilan bir qatorda yoki ularsiz o'troq ќayvonlardan tashkil topadi. Quruqlikni biosenozlarida yaruslar yer ustida va yer ostida bo'lishi mumkin. suv biosenozlarida suvning ustki parda tortilishi bilan bog'liq bo'lgan suv usti yarusi, suv osti yarusi, dengiz tagi oldi yarusi va grunt ichi yaruslari ajratiladi. Yer usti biosenozlarida daraxtlar, butalar, o'tloq o'simliklari va tuproq usti qoplami (moxlar, lishayniklar) yaruslari ajratiladi. Masalan, qoramtir ninali o'rmonlar bir yarusli bo'lishi keng bargil o'rmonlar esa, ikki yoki uch yarusli bo'lishi mumkin. xuddi shuningdek biosenozda bir-ikki yarus butalar va bir-uch yarus o'tloq o'simliklar bo'lishi mumkin. Yaruslarni ќisobi doim yuqoridan olib boriladi vam eng balanddagi yarus birinchi yarus ќisoblanadi. Yer osti yaruslarini ќisobi ќam yuqoridan pastga qarab olib boriladi va yer usitiga yaqin joylashgan yarus birinchi yarus ќisoblanadi Yer ostida yaruslarni struktura asosini o'simliklar tomirlari tashkil qiladi. Yaruslar kuchsiz yoki yaxshi rivojlangan bo'lishi mumkin. masalan, o'rmonda butalar zich yarus ya'ni rivojlangan (tarkib topgan) yarus ќosil qilishi yoki aloќida butalardan iborat bo'lgan yarus ya'ni yarus fragmentlarini ќosil qilishi mumkin. masalan, yel o'rmonlarida rivojlangan bitta yarusi bo'lmaydi va faqat bu yarusni fragmentlari kuzatiladi. Yaruslararo o'simliklarga epifitlar kiradi. Boshqa o'simliklarni barglarida ќayot kechiruvchi epifitlar epifillar deb ataladi. Epifitlar va epifillar yaruslararo o'simliklar ќisoblanadi, chunki ular turli xil balandliklarda joylanishi va turli yarus o'simliklari tarkibida kirishi mumkin. Yaruslararo o'simliklarga lianalarni ќam kirgizish mumkin. Ammo lianalarni daraxt tanalariga chirmashib to birinchi yarusgacha yetib boradiganlari va birinchi yarus o'rmonlari shoxlarini qoplab oladiganlari yarusli ќisoblanadi. Faqatgina pastki yarusdagi butalar va o'tloqlarni bir necha yaruslariga yoki bitta yaruslariga chirmashib o'sadigan lianalar yaruslararo o'simlik ќisoblanadi. Yer usti qismi ko'p yillik bo'lgan o'simliklardan (masalan, daraxt, buta, mox-lishaynik) tashkil topgan yaruslar ancha-muncha doimiy bo'lib ko'p yillar davomida yashaydi. Yer usti qismi bir-yillik bo'lgan o'simliklarni (o'tloq o'simliklar) tashkil topgan yaruslari doimiy emas va faqatgina gullashi va urug' ќosil qilish davrida paydo bo'lib keyin yo'q bo'ladi. O'simliklarni tomir sistemalari ќam bir necha yaruslar ќosil qiladi. O'simliklarni yer osti qismini massasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.89 KB
Ko'rishlar soni 183 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:28 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.89 KB
Ko'rishlar soni 183 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga