Biosfera to'g'risida tushuncha va biosferada moddalarni davr aylanishi REJA: Biosfera to'g'risidagi tushunchani yuzaga kelishi. V.I.Vernadskiyning biosfera to'g'risidagi ta'limoti. Biosferada moddalarning davr aylanishi. Biosferada asosiy elementlarni davr aylanishida organizmlarning roli. Taynch iboralar: 1. V.I.Vernadskiyning biosfera va uning chegaralari to'g'risidagi ta'limoti. 2. V.I.Vernadskiyning biosferada moddalarning davr aylanishida tirik organizmlarni roliga bergan bahosi. 3. Stratisfera to'g'risida tushuncha. Parabiosfera to'g'risida tushuncha. Fitosfera (fitogeosfera) to'g'risida tushuncha. G.SHrederning ma'lumoti bo'yicha biosferada karbonat angidridni davr aylanishi. Biosferada moddalarni davr aylanishidagi roliga qarab, organizmlarni produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar guruhlarga bo'linishi. Biosfera haqidagi tushuncha birincha marta 1875 yilda avstriyalik olim (geolog) E.Zюss tomonidan kiritilgan edi. Keyinchalik biosfera to'g'risidagi ta'limot, biosferani geoximik jihatdan o'rganishni boshlagan V.I.Vernadskiyning (1927, 1940) ishlarida to'liq rivojlantirildi. Biosfera deb, Er qobig'ining, erda yashaydigan organizmlar yig'indisi bilan band bo'lgan qismiga aytiladi. Bu qobiq atmosferani hayot kechirish mumkin bo'lgan ya'ni to 10-15 km balandlikkacha bo'lgan quyi qismini, dunyo okeanining eng katta chuqurligigacha ya'ni 11,3 km chuqurlikkacha hayot kirib boradigan gidrosferani va erning qattiq qobig'ini юqori qismini ya'ni nurash po'stini o'z ichiga oladi. Nurash po'sti deb, B.B.Polinovni ta'rifiga ko'ra tog' jinslarini parchalanishi va ishqorlanishi mahsulotining, uning dastlabki yotqizilgan joyida saqlanib qolganlari yoki katta bo'lmagan masofada siljiganlari, ammo ona jinslar bilan aloqani yo'qotmaganlariga aytiladi. Ularning qalinligi odatda 30-60 m, ba'zan esa, 100-200 m ga etadi. (Polыnov B.B. Kora vыvetrivaniya. Izd. AN SSR 1934). Nurash po'sti doirasidan tashqarida hayot ba'zi hollardagina uchraydi. Masalan, keyingi yillarda 4500 metr chuqurlikda, neftli suvlarda mikroorganizmlar topilgan. Agar biosferada, atmosfera qatlami bo'ylab, harakat qilishi mumkin bo'lgan, tirik holatdagi organizmlar urug'lari qatlamini ham qo'shsak, uning vertikal bo'ylab kesmasi 25-40 kilometrga etadi. V.I.Vernadskiy (1944) biosfera ostida qalinligi 5-6 km keladigan cho'kindi jinslar joylashgan deb ko'rsatgan edi. Bu oblastni u stratisfera deb atagan. Stratisfera biosfera tomonidan vujudga keltirilgan, chunki cho'kindi jinslarni hosil bo'lishida organizmlar katta rol o'ynaydi. Чo'kindi jinslar gidrosferada hosil bo'ladi. Biosfera doirasida hayotni aktiv bo'lishi mumkin bo'lmagan oblastlar mavjud. Masalan, troposferani юqori qatlamlarida, hamda er sharining eng sovuq va eng issiq qurg'oqchil rayonlarda organizmlar faqatgina tinim holatda yashashi mumkin. biosferani bu oblastlarini yig'indisi parabiosfera deb ataladi. (Xatchinson, 1972). Biosferaning organizmlar aktiv hayot kechirishi mumkin bo'lgan oblastlarida ham hayot notekis tarqalgan. Tirik mavjudodning uzluksiz qatlami (bu nom V.I.Vernadskiy tomonidan berilgan) suv qatlamini o'z ichiga oladi. U tor polosa shaklida, litosfera bilan troposferani chegarasi bo'ylab ham, cho'zilib turadi. Bu polosa tuproqni va tuproq ostidagi o'simlik tomirlarini, zambrug'larni, mikroorganizmlarni, tuproqosti hayvonlarni hamda troposferani eroldi qismini o'z ichiga oladi. Troposferani bu eroldi qismida o'simliklarni erusti qismi joylashgan bo'lib, unda ularni urug'lari, ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 21:44:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.38 KB
Ko'rishlar soni
224 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:28
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 21:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.38 KB
Ko'rishlar soni
224 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:28 ]
Arxiv ichida: docx