Bozor iqtisodiyoti va iqtisodiy geografiya Reja. Bozor iqtisodiyotining asosiy mohiyati x. Bozor iqtisodiyotining hududiy jihatlari Iqtisodiy va iqtisodiy geografik samaradorlik. Yangi sharoitda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish. Bozor munosabatlariga o'tish faqatgina moddiy, yani ishlab chiqarish sohasida emas, balki ijtimoiy hayotda, jumladan, fan va ilmiy tadqiqot jarayonida ham yuz beradi. Bunda eng avvalo tafakkur, ilmiy dunyoqarashda an'anaviy nazariy uslub, tamoyil va yondashuvlar yangi sharoitga, talab va ehtiyojga muvofiq ravishda o'zgaradi. Shu nuqtai nazardan o'tish davri ijtimoiy jabhalarda iqtisodiy munosabatalarga nisbatan o'zgacha kechishi mumkin. Yangi sharoitdagi o'zgarishlar iqtisodiy geografiyaning rivojlanishiga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Chunki, ushbu fan bevosita iqtisodiy munosabatlarni, ishlab chiqarish kuchlarining hududiy jihatlarini tahlil va tashxis etadi. Binobarin, bozor iqtisodiyoti tarmoq doirasidan tashqari hudud tizimida ham sodir bo'ladi, korxonalarning erkin munosabati yoki tarmoqlar raqobati ayni paytda sog'lom raqobat, sog'lom raqobat muhitini nazarda tutadi. Zero, har qanday raqobat zaminida tengsizlik, nomuvofiqlik yotadiki, bu xususiyatlar ayni chog'da hududlar tarkibida ham namoyon bo'ladi. Hududiy mehnat taqsimotidagi bunday o'zgarishlar. turdosh va turli tarmoqlarga ixtisoslashgan rayonlarning o'zaro raqobatda (musobaqada) rivojlanishi o'zining mohiyati va mazmuniga ko'ra iqtisodiy geografik jarayonni anglatadi. Shuningdek, yagona iqtisodiy makon, erkin iqtisodiy mintaqalar, o'sish qutb va markazlari, sanoat parklari va texnopolislar bevosita iqtisodiy manoga ega. Alohida takidlash lozimki, bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy geografiya o'zining tub mohiyatiga erishadi. Sababi- bunday sharoit hamma vaqt iqtisodiy fikrlashni, samaradorlikni taqozo etadi va ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish ham huddi shunday maqsadni ko'zlaydi. Demak, bozor iqtisodiyoti- hudud iqtisodiyoti, malum makon doirasida erishiladigan iqtisodiyot hamdir. Shu mazmunda qaraganda, iqtisodiy geografiya iqtisod geografiyasi (masalan, sanoat yoki qishloq xo'jaligi geografiyasi) yoxud geoiqtisodiyot ham emas. Iqtisod geografiyasi bu eng avvalo korxona yoki tarmoqlarning hududiy tarqalishidagi iqtisod bo'lsa, iqtisodiy geografiya unga ko'ra ancha murakkabroq tushuncha hisoblanadi. Iqtisod geografiyasi uchun nimaning qaerda joylashishi muhim bulsa, iqtisodiy geografiyada nimaning qaerda va qanday hududiy tashkil etilganligi, yani sifat ko'rsatkichlari ustuvor ahamiyatga egadir. Bu o'rinda aytish lozimki, ushbu fan yaqin vaqtga qadar asosan birinchi mazmunda talqin qilindi va o'rganildi, ikkinchi yo'nalishning rivojlanishi esa hozirgi kundagi dolzarb masaladir. Iqtisodiy geografiya ikki karra ikkining to'rt emas, besh bo'lishini ko'zlaydi va bunday iqtisodga ishlab chiqarish korxonalarini to'g'ri hududiy tashkil- etish natijasida erishiladi. Shuning uchun u, eng avvalo, hududiy majmua yoki tizimlar doirasida yuzaga kelishi mumkin. Chunki, bunday sharoitda turli xo'jalik korxonalarining o'zaro uyg'unlashuvi, hududiy muvofiqligi vujudga keladi va bu qo'shimcha iqtisodning shakllanishiga olib keladi. Shtandort yoki ishlab chiqarishni joylashtirish g'oyasining yaratuvchisi nemis olimi A.Veber ham avvalambor ana shunday iqtisodiylikni nazarda tutgan edi. Aglameratsion omil va samaradorlik, transport xarajatlarini mumkin ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 21:44:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.13 KB
Ko'rishlar soni
162 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:28
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 21:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.13 KB
Ko'rishlar soni
162 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:28 ]
Arxiv ichida: docx