Braziliya Federativ Respublikasi geografik ma'lumot

Braziliya Federativ Respublikasi geografik ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Braziliya Federativ Respublikasi geografik ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Braziliya Federativ Respublikasi. Braziliya nafaqat Janubiy Amerikadagi balki yer sharidagi eng ulkan tropik mamlakat. U maydonining kattaligiga (8557 ming km2 ) ko'ra ham, aholisining soniga (187 mln 2006 y) ko'ra ham dunyoda 5- o'rinda turadi. Braziliya Janubiy Amerika materigining sharqiy va markaziy qismini egallagan. Braziliya Janubiy Amerika materigi maydonining 47 % ini o'z ichiga olgan bo'lib, quruqlik orqali materikning 10 davlati bilan chegaradosh. Iqtisodiy geografik o'rnining qulayligi: dengiz bo'yida joylashganligi; Janubiy Amerikaning barcha davlatlari bilan chegaradoshligi (Ekvador, Chilidan tashqari.) AQSH ga yaqinligi, Venesuella va Argentina bilan chegaradoshligi. Braziliya hududida 50 dan ortiq mineral resurslar uchraydi. Ulardan masalan; temir rudasi qazib olish bo'yicha dunyoda 1-o'rinda (yiliga 160 mln t.). Marganes qazib olishda 5-o'rinda Xrom qazib olishda 8- o'rinda Boksit qazib olishda 5- o'rinda turadi. Ulardan tashqari uran, qalayi, nikel, olmos kabilarni qazib olishda dunyoda yuqori o'rinlarda turadi. Mamlakat hududi ekvatorial, subekvatorial va tropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Iqlimi sernam bo'lganligi uchun mamlakatda o'rmonlar (selva, kampos, kaatinga) katta maydonlarni egallagan. Amazoniya o'rmonlarida 25 00 dan ortiq o'simlik turi uchraydi, shundan 400 turi daraxtlardir. Bu o'rmonlar hayvonot dunyosiga ham boy. Braziliya hududining 23 qismini o'rmonlar egallagan. Mamlakat jahonda suv resurslari, agroiqlim resurslari bilan ta'minlanganlik darajasiga ko'ra dunyoda oldingi o'rinlarda turadi. Bularning hammasi Braziliyani ulkan iqtisodiy salohiyatga ega ekanligini ko'rsatib turadi. Aholisi. Mamlakat aholisi demografik portlashda. Aholisi 176,5 mln (2003y), 187 mln (2006 y) kishi. Tug'ilish koeffisienti 20 ‰, o'lim 7 ‰ . 15 yoshgacha bo'lganlar jami aholining 30 % ini, 64 yoshdan o'tganlar 6 % ini tashkil etadi. O'rtacha umr 65-73 yosh. 1 ayolga 2,2 bola to'g'ri keladi. YAMD 7070 $ (2001y). Aholisining o'rtacha zichligi 1 km2 ga 21 kishi. Aholisining 90% i mamlakat hududining 25 qismida yashaydi, ya'ni mamlakatning janubi-sharqida okean sohillarida yashaydi. Mamlakatning ichki, g'arbiy rayonlarida (Amazoniyada) butun aholining 5 % i yashaydi. Aholining bunday notekis joylashganligiga avvalo tarixiy va iqtisodiy sabablar ta'sir etgan. Aholi Braziliyada yiliga 1,7 % ga o'smoqda. Aholisining etnik tarkibi (80 dan ortiq millat va elat) juda murakkab. Yevropaliklarning ajdodlari (portugal, ispan, italyan, nemis) mamlakat aholisining 55 % ini, oraliq emigrant guruhlar (metis, mulat, sambo) 38 % ini, negrlar esa 6 % ini tashkil etadi. Tub joy aholisi Amazoniyada, negrlar esa mamlakatning shimoli-sharqiy rayonlarida ko'p tarqalgan. Braziliyani 1500-1501 yillar portugal sayyohi Pedru Kobral kashf etgan. O'sha davrdan boshlab Braziliyaga evropaliklar ko'chib kela boshlagan. Urbanizasiya darajasi 80 %. Millioner shaharlari 11 ta: San-Paulu (9,4 mln kishi), Rio-de-Janeyro (5,5 mln kishi), Salvador, Belu-Orizonti, Resifi, Portu-Algeri, Brazilia, Kuritiba, Belen, Manaus, Fortaleza. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.22 KB
Ko'rishlar soni 214 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:28 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.22 KB
Ko'rishlar soni 214 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga