Dunyo okeani resurslari 2

Dunyo okeani resurslari 2

O'quvchilarga / Geografiya
Dunyo okeani resurslari 2 - rasmi

Material tavsifi

Dunyo okeani resurslari. Reja: Dunyo okeani resurslari. Dunyo okeanidan foydalanish muammolari. Agroiqlim va rekreatsion resurslar. Mavzuning maqsadi: Dunyo okeani tabiy resurslarning juda katta xazinasi ekanligi, dengiz suvi «tirik ruda», mineral resurslar, energetika resurslarga boyligi, agroiqlim va rekreatsion resurslarni o'rganish. 1. Dunyo okeani resurslari. Keyingi yillarda jahon okeanshunos olimlari shu jumladan Yu.A.Shakolpskiy (1856-1960), P.P.Shirshov (1905-1953), K.K.Markov (1905-1980), N.N.Zubov (1885-1960) kabi rus tadqiqotchilari o'nlab ekspeditsiyalarning ishlari natijasida dunyo okeani ko'p sirlarini kishilar bilib olishdi. Dengiz geologiyasi yordamida okean tabiiy resurslarini juda katta xazinasi ekanligi isbotlandi. Bu xazinani quruqlik resurslari bilan bemalol qiyoslash mumkin. Bu xazina avvalo dengiz suvidan iborat. Dengiz suvi miqdori haqiqatdan ham juda ko'p. Yani 1338 mln km.kub yoki gidrosferadagi suv miqdorining 96,5 % ni tashkil qiladi. Bundan tashqari dugiz suvi o'ziga xos tirik ruda bo'lib, tarkibida 75 xil kimyoviy elementlar mavjud, Mirsliklar va xitoylar qadim zamonlardayoq suvdan tuz ajratib olishni o'rganib olishgan. Hozir undan ko'p miqdorda tuz olinadi. Dengiz suvi yana magniy, brom, yod olinadigan manba bo'lib xizmat qiladi. Bundan keyingi boylik dunyo okeani tagidagi mineral resurslardir. Materik sayozligi resurslari orasida neft va tabiiy gaz eng katta ahamiyatga ega. Ko'pchilik hisoblarga qaraganda bu boyliklar butun jahon zahirasining 12 qismidan ortiqrog'i materik sayozligiga to'g'ri keladi. Sayozlikdagi qattiq foydali qazilmalarni nishab shaxtalar va dragalar yordamida qazib olish mumkin. Bunday boyliklar ko'pincha hozirgi zamon mo'may boylik topuvchi ustalarning qo'liga tushadi. Okeanlar chuqur qismining asosiy boyligi temir, marganets qotishmalaridir. Dunyo okeanining bundan keyingi boyligi energetika resurslaridir. Bu boylik ham juda katta, nihoyat, dunyo okeanining yana bir boyligi biologik resurslardir. Bular suvda yashovchi hayvonlar (boyliklar, sut emizuvchilar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar) va o'simliklardir. Okeanlarning biologik moddalari umumiy miqdori 35 mlrd tonna hisoblanadi, ular 140 ming tur mavjudotdan iborat. Norvegiya, Bering, Oxota, Yaponiya dengizlari dunyoda eng mahsuldor dengizlar hisoblanadi. Biroq okeanlardagi ovlanadigan ko'pchilik baliqlar va hayvonlar muhofazaga muhtoj. 2. Dunyo okeanidan foydalanish muammosi. Yer yuzining 71 % ni egallovchi dunyo okeani mamlakatlar va xalqlarning aloqasida har doim muhim rol o'ynab kelgan. Biroq to XX asrning o'rtalarigacha kishilik faoliyatining dunyo okeanidagi barcha turlari jahondagi daromatning atigi 1-2 % ni bergan, xolos. Biroq fan-texnika taraqqiyotijadallashgan sari dunyo okeani har tomonlama tadqiq etish va o'zlashtirish butunlay boshqacha ko'lam kashf etdi. Birinchidan, global energetika va xom-ashyo muammolarining o'tkirlashuvi dengiz tog'-kon xam kimyo sanoatlari va dengiz energetikasining paydo bo'lishiga olib keldi. Fan-texnika taraqqiyoti muvaffaqiyati kelgusida neft va gazlarni, temir-marganetsli konkretsiyalarni qazib olishni yanada ko'paytirib, dengiz suvidan vodorodning izotop bo'lmish deyterini ajratib olish, suv qalqishi asosiga qurilgan ulkan eektr stansiyalar va dengiz suvini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.45 KB
Ko'rishlar soni 229 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:32 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.45 KB
Ko'rishlar soni 229 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga