Fransiya geografik ma'lumot

Fransiya geografik ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Fransiya geografik ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Fransiya. REJA: Iqtisodiy va siyosiy geografik o'rni. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi. Xo'jaligi. A) Sanoati. B) Kishloq xo'jaligi. V) Transport tarmoqlari. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Maydoni-55100 km2 Aholisi-59,8 mln. kishi (2003) Poytaxti-Parij 1. Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni. Fransiyaning iqtisodiy-geografik o'rni uchun ikkita asosiy xususiyat xosdir Birinchisi mamlakat «EIX» ga a'zo mamlakatlar bilan bevosita chegaradosh, uning chegarasi yaqinida mamlakatning rivojlangan industrial rayonlari joylashgan. Pade de-Kale bo'g'ozi mamlakatni Buyuk Britaniyadan ajratib turadi. Ikkinchi xususiyati shuki,Fransiya sohillari Atlantika okeani va uning dengizlariga Shimoliy va O'rta dengizga tutashib turadi. Bu hol unga okean ortidagi va Yevropadagi mamlakatlar bilan arzon dengiz transporti orqali aloqa qilish uchun imkon beradi. 2. Tabiiy sharoiti va resurslari. Mamlakatning g'arbiy va shimoliy rayonlari tekislik va past tog'lardan iborat. Markazi va sharqida o'rtacha balandlikdagi tog'lar, janubi-g'arbida Pireniya, janubi-sharqida Alp tog'lari joylashgan. Iqlimi-mo''tadil dengiz iqlimi sharqida kontinental, O'rta dengiz sohilida subtropik iqlim. Mamlakatning yirik daryolari Sena, Rona, Luara, Garanna, sharqida Reyn daryosining bir qismi oqadi. Hududning 24 foizini o'rmonzorlar tashkil etadi. 3. Aholisi. Fransiyada aholining tabiiy o'sishi ikkinchi jahon urushigacha bo'lgan rivojlanish davrida juda past bo'lgan. Bunga urush natijasida o'limning ko'pligi, kichik-kichik chek yerga egalik qiluvchi dehqonlar orasida tug'ilishning ayniqsa kamayib ketganligi va millatning asta-sekin «qarishi» sabab bo'lgan. Mamlakat mehnat resurslari to'ldirishning muhim vositasi qadimdan immigrasiya bo'lib kelgan. Fransiyada 2 mln ga yaqin immigrant ishchi bor, ular oilalari bilan birga 4 mln kishini tashkil etadi. Immigrantlarning ko'pchiligini ishchilar va kambag'al dehqonlar Shimoliy Afrikadan kelganlar, italyanlar, ispanlar va portugallar tashkil etadi. Aholining joylashuviga qishloqlardan aholining sanoat shaharlariga to'xtovsiz ko'chib kelishi ta'sir etadi. Fransiyada katta shaharlar Buyuk Britaniya va GFRdagidan ikki hissa kam. Aholi joylashuvidagi asosiy xususiyatlar shahar aholisining Parij aglomerasiyasiga nihoyatda ko'p to'planganligidir. Parijdan boshqa faqat uchta shahar aglomerasiyasida 1 mlndan aholi yashaydi. (Lion, Marsel, Lill). 4. Davlat tuzumi. Fransiya davlat tuzumiga ko'ra Respublika boshqaruvidagi mamlakat. Davlat boshlig'i prezident bo'lib, 7 yil muddatga saylanadi. qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat organi- 2 palatali Millat majlisi va Senatdan iborat parlament. Hukumat rasman parlament oldida javobgar bo'lsa ham, ammo Prezidentga bo'ysunadi. Mamlakat ma'muriy jihatdan 96 ta departamentga bo'linadi. 5. Xo'jaligi. Fransiya endilikda sanoat mahsulotining hajmi jihatdan g'arb mamlakatlar o'rtasida AQSH, Yaponiya va GFR dan keyin to'rtinchi o'rinni egallaydi. Milliy daromadda qishloq xo'jaligining salmog'i 110 qismdan kamroqni tashkil etsada, u aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlaydi va eksportda katta rol o'ynaydi. A) Sanoati. Energetika-qisman mamlakatning o'z resurslariga tayanadi. Kazib olinadigan ko'mir mamlakat ehtiyojini qondira olmaydi, kokslanuvchi ko'mir oz va ularning konlaridan foydalanish ham qiyin. Faqat Janubi-G'arbdagi kichikroq konlardan neft qazib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.01 KB
Ko'rishlar soni 183 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:35 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.01 KB
Ko'rishlar soni 183 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga