Germaniya (GFR) geografik ma'lumot

Germaniya (GFR) geografik ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Germaniya (GFR) geografik ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Germaniya (gfr). REJA: 1. Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni. 2. Tabiiy sharoiti va resurslari 3. Aholisi. 4. Davlat tuzumi. 5. Xo'jaligi: A) Sanoat tarmoqlari. B) Qishloq xo'jaligi. V) Transporti. 6. Tashg'qi iqtisodiy aloqalar. Maydoni-357 ming km2 Aholisi- 82,2 mln. kishi (2003) Poytaxti - 1. Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni. Germaniya Markaziy Yevropada joylashgan. Mamlakat quruqlik orqali Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg, Fransiya, Shveysariya, Avstraliya, Chexiya, Polsha va Daniya bilan chegaradosh. Germaniyaning siyosiy va iqtisodiy ijtimoiy rivojlanishida uning siyosiy va iqtisodiy geografik o'rni muhim rol o'ynaydi. Mamlakatning Yevropamarkazida joylashgan o'rni va iqtisodiy rivojlangan davlatlar orasida kenglik va meridional yo'nalishda transYevropamagistral yo'lining kesib o'tganligi katta qulayliklarni yaratadi. Germaniyaning dengiz bo'yi o'rni va qo'shni davlatlar yirik shahar portlariga yaqinligi (, Antperven va boshqalar) uning katta imkoniyatlaridan biridir. Germaniyani shimoldan Boltiq va Shimoliy dengiz suvlari o'rab turadi. Ushbu dengizlarda uning Niderlandiya, Belgiya, Fransiyaning yirik portlaridan keyinda turuvchi , Vilgelmsxafen, Rostok kabi portlari joylashgan. 2. Tabiiy sharoiti va resurslari. Mamlakatda rudali foydali qazilmalar o'rtacha balandlikdagi tog'larda, neft va tabiiy gaz esa Shimoliy Germaniya pasttekisligida topilgan. Germaniya G'arbiy Yevropamamlakatlar orasida toshko'mir va qo'ng'ir ko'mir zahiralari bo'yicha birinchi o'rinda turadi. Toshko'mirning asosiy konlari Rur, va Axensk hovzalarida joylashgan. Ko'mir zahiralarining qismi yuqori sifatli kokslanuvchi ko'mirdir. Mamlakatda topilgan qo'ng'ir ko'mir zaxiralarining katta qismi (80 mlrd.t.). Sharqiy Germaniyaning (Lauzis va O'rtagerman hovzasi)da, G'arbiy Germaniyada esa Kyolndan g'arbdagi (Qo'yireyn) hovzalairda joylashgan. Qo'ng'ir ko'mir ochiq usulda qazib olinadi. Tabiiy gaz konlari esa (340 mlrd m3) mamlakatning shimolida joylashgan. Germaniya temir ruda zahiralariga ham ega, lekin uning sifati past. Shimoliy Germaniya pasttekisligida tosh tuzining katta zahiralari topilgan. Shuningdek oyna sanoati va qurilish materiallari ishlab chiqarishi uchun xom-ashyo resurslarining katta zaxiralarga ega. Germaniya iqlim sharoiti aholi yashashi va xo'jalik yuritishi uchun qulaydir. Mamlakat mu'tadil zonada joylashgan. Qishning sovuqligi dengiz qirg'oqlaridan uzoqlashgan sari oshib boradi, lekin kuchli sovuq kunlar kamdan-kam bo'lib turadi. Yuqori Reyn va uning irmoqlari vodiylarida (Mozel, Nae, Mayn) issiqsevar o'simliklar yetishtiriladi. (uzum va mevalar). Mamlakatdagi eng yirik daryolarga Reyn, , Vezer, (Shimoliy va Boltiq dengizi hovzasi) va Dunay (Qora dengiz hovzasi) kabi daryolar kiradi. 3. Aholisi. Ikkala german davlatining birlashuvidan keyin mamlakat aholisi soni ancha o'sdi ya'ni 80 mln kishiga yetdi. Mamlakat aholisi tabiiy ko'payishda o'limning tug'ilishga nisbatan yuqoriligi bilan xarakterlanadi. (Ayniqsa sharqiy yerlarda) Aholining o'rtacha zichligi har 1km2ga 200 kishidan ortadi. Germaniya aholisining umumiy soni immigrant oqimlar hisobiga o'smoqda. (Turkiyadan, sobiq Yugoslaviya Respublika laridan, Italiya, Portugaliya va boshqa mamlakatlardan). Mamlakatning birlashuviga qadar uning g'arbiy yerlarida 5 mln atrofida, sharqiy qismida esa-0,2 mln chet ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.77 KB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.77 KB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga