Hindiston Respublikasi geografik ma'lumot

Hindiston Respublikasi geografik ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Hindiston Respublikasi geografik ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Hindiston (Hindiston Respublikasi) REJA Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi. Davlat tuzumi. Xo'jaligi: A) Sanoati. B) Kishloq xo'jaligi. V) Transporti. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Hududi- 3287732 km2 Aholisi- 1068,6 mln. kishi (2003) Poytaxti- Dehli. 1. Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni. Hindiston hududi shakliga ko'ra uchburchakni eslatadi, uning «asosi» materikda bo'lib, Osiyoning boshqa qismlaridan Himolay tog'lari tizimi orqali ajralib turadi. Tinch okeanga boradigan dengiz yo'li Hindiston yarimorolining janubiy chekkasi yaqinidan o'tadi. Mamlakat shimoldan janubga tomon 3,2 ming, g'arbdan sharqqa tomon esa 2,9 ming km ga cho'zilgan. Hind okeani mamlakatning okean sohilida joylashgan rivojlanayotgan mamlakatlar va Avstraliya bilan bog'laydi. Mamlakatning quruqlikdagi chegarasi dengizdagi chegarasidagi 2,5 barobar uzun bo'lib,ko'pincha yo'li og'ir bo'lgan tog'li sarhadlardan o'tadi. Shu sababli quruqlikdan o'tgan chegaraning mamlakat iqtisodiy hayotidagi ahamiyati uncha katta emas. 2. Tabiiy sharoiti va resurslari. Mamlakat hududini uchta tabiiy zonaga ajratish mumkin. Dekan yassi tog'lari deyarli butun Hindiston yarim orolini egallagan G'arbiy va Sharqiy Gat tog' tizmalarini o'z ichiga olgan. Hind- Gang tekisligi o'z navbatida ikki qismdan iborat bo'lib, sharqda , Hind, Braxmaputra vodiysi, shimoliy-sharqda Tar cho'li joylashgan. Mamlakatning shimoliy qismi dunyoning eng baland Himolay tog'lari bilan o'ralgan. Mamlakatning asosiy , Hind, Braxmaputra, daryolaridan yil davomida xo'jalik maqsadlarida keng foydalaniladi. Mamlakatda ko'mir, temir rudasi, tabiiy gaz, neft, marganes, titan, xromit, olmos, ohaktosh, boksitning yirik konlari mavjud. Ayniqsa Hindiston ko'mir zahiralari bo'yicha dunyoda 4-chi o'rinda turadi. Hududning 55 foizi ekin ekiladigan yerlar, 23 foizini o'rmon va changalzorlardan iborat. 3. Aholisi. Hindiston aholi soniga ko'ra dunyoda Xitoydan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Bu yerda aholi ro'yxati 1891 yildan beri har 10 yilda o'tkaziladi. Ayniqsa Hindiston aholisi XX asrda tez sur'atlar bilan o'sdi. Masalan: Mamlakat aholisi 1901 yil. 239 mln kishi, 1951 yil 361 mln kishi 1981 yil 683 mln kishi, 1991 yil esa 844 mln, 200 yilda esa 1 mlrd kishidan oshib ketdi. Hindiston uchun rivojlanayotgan boshqa mamlakatlari kabi, aholi ko'payishining tabiiy o'sishi yuksak bo'lgan ikkinchi tipi xarakterlidir. Tez ko'payib borayotgan aholini oziq-ovqat va mehnat bilan ta'minlash qiyin, shuning uchun hukumat tug'ilishni kamaytirishga qaratilgan «Oilani rejalashtirish» dasturini amalga oshira boshladi. Biroq ko'p asrli yosh nikoh qurish an'analariga ega bo'lgan mamlakatda bu dastur umuman yaxshi samara bermoqda. Hindiston aholisining etnik tarkibi nihoyatda xilma-xildir: Hindiston dunyoda eng ko'p millatli mamlakatdir! «Hindlar» tushunchasi bir necha yuzlab etnoslar ya'ni millat, elat va qabilalarni birlashtiradi, ular ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli bosqichida bo'lib, turli tillarda so'zlashadilar. Mamlakatda asosiy tillarga 15 til kiradi. Biroq deyarli 100 mln hindlar boshqa tillarda so'zlashadilar, shevalarning umumiy soni esa olimlarning fikricha 1,6 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.22 KB
Ko'rishlar soni 171 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.22 KB
Ko'rishlar soni 171 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga