Italiya REJA: 1. Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni. 2. Tabiiy sharoiti va yoqilg'i mineral resurslari. 3. Aholisi. 4. Davlat tuzumi. 5. Xo'jaligi: A) Sanoati B) Qishloq xo'jaligi V) Transporti 6. Tashqi iqtisodiy aloqalari Maydoni-301123 km2 Aholisi-57,8 mln. kishi (2003 yil) Poytaxti- Rim 1. Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni. Italiya Yevropaning janubida joylashgan uning hududi tarkibiga ko'ra 3 qismdan: materikdan(maydoning taxminan yarmi), yarim oroldan(Apenin yarim oroli) va orollardan(Sisiliya, Sardiniya va boshqa mayda orollar) iborat. Iqtisodiy-geografik o'rniga ko'ra mamlakatning O'rta dengiz xavzasining markazida ekanligi unga Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari va Janubiy Yevropani boshqa mamlakatlar bilan aloqalarini rivojlantirishga imkon bergan. Mamlakatning Fransiya, Shveytsariya, Avstraliya va Solveniya bilan bo'lgan quruqlik chegaralari Alp tog'laridan o'tadi. 2. Tabiiy sharoiti va yoqilg'i mineral resurslari. Italiya foydali qazilmalarining asosiy turlari-ko'mir, neft, temir rudasi bilan yomon ta'millangan. Tabiiy gaz, boksid, polimetall rudalarining zaxirasi ancha katta. Simob, oltingugurt, marmarga juda boy konlar bor. Italiya Yevropaning boshqa mamlakatlari orasida suv va geotermal energiya resurslarining ko'pligi jihatidan ajralib turadi. Mamlakat hududidan va Tibr daryolari oqib o'tadi. Italiya maydoning qariyb qismi o'rmon va butazorlar bilan qoplangan. 3. Aholisi. Italiya aholisining soni jihatdan G'arbiy Yevropada GFRdan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Italiya uchun aholining doimiy emigrasiyasi xarakterlidir. Mamlakatdan har yili o'n minglab kishi ketib turadi. Aholining bunchalik ishsizlik va ishchilar ish haqqining kamligidir. Ilgari Italiya uchun emigrantlarning okeanning narigi yog'iga ketishlari xarakterli. Endi urushdan keyingi yillarda «YEIX» mamlakatlariga, ayniqsa GFR bilan Fransiyaga vaqtinchalik va mavsumiy emigrasiya kuchaydi. Italiyaning tashqi emigrasiya savdosi (nisbatan) manfiydir. Italiya-Yevropaning aholisi zich mamlakatlaridan biri. Aholining joylashuviga urbanizasiya jarayonlarining jadal borishi ta'sir etmoqda. Italiyaning ko'p shaharlari qadimgi va o'rta asrlarda vujudga kelgan. Rim, Florensiya, Venesiya, , Genuya, Baloniya kabi shaharlar alohida ajralib turadi. Italiya aholisining milliy tarkibi bir xil-italyanyanlar 98 foizni tashkil etadi. Italyanlar diniy e'tiqodiga ko'ra katoliglardir. 4. Davlat tuzumi. Davlat tuzumi va siyosiy partiyalari. Italiya davlat tuzumiga ko'ra parlamentar Respublika bo'lib, davlat tepasida prezident turadi. Prezidentning vakolat muddati 7 yil. Qonun chiqaruvchilik hokimiyati deputatlar palatasi bilan senatdan iborat bo'lgan parlamentga tegishlidir. Ijrochilik hokimiyatini vazirlar kengashi amalga oshiradi. 5. Xo'jaligi: Ikkinchi jahon urushiga qadar sanoat ishlab chiqarilishining o'sish sur'atlari va darajasi jihatidan Italiya boshqa mamlakatlardan ancha orqada edi. Biroq 50 yillarning o'rtalaridan va 60 yillardan boshlab sanoat o'sa boshladi. Agrar-industrial mamlakat industrial agrar mamlakatga aylandi. Bunda davlatning iqtisodiyotiga faol aralashuvi katta rol o'ynaydi. A) Sanoati Italiya foydali qazilmalarining asosiy turlari-ko'mir, neft, temir rudasi bilan yomon ta'millangan. Mamlakatning energetikasi chetdan keltiriladigan neft, koks va ko'mirga, tabiiy gaz va gidroresurslarga tayanadi. Mamlakatda issiqlik elektr stansiyalar ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 21:44:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.81 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 21:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.81 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:42 ]
Arxiv ichida: docx