Markaziy Osiyo davlatlarining xo'jaligi va uning rivojlanish xususiyatlari

Markaziy Osiyo davlatlarining xo'jaligi va uning rivojlanish xususiyatlari

O'quvchilarga / Geografiya
Markaziy Osiyo davlatlarining xo'jaligi va uning rivojlanish xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Markaziy osiyo davlatlarining xo'jaligi va uning rivojlanish xususiyatlari REJA: 1.Sobiq ittifoq davrida Markaziy Osiyo hududida xo'jalikning mazmini va mohiyati 2.Istiqlolning dastlapki davrida hudutda xo'jalikning holati. 3.Markaziy Osiyoda xo'jalikning tarmoqlari va ularning iqtisodiyotda tutgan o'rni. 4.Mintaqada xo'jalikning rivojlanish xususiyatlari Tayanch tushunchalar: Xo'jalik moddiy boyliklar, nomoddiy boyliklar, MOD , MDH, Iqtisoslashuv , Tabiiy sharoit, Iqtisodiy va ijtimoiy sharoit, Geodemografik vaziyat, Aksionerlik uyushmasi, Investitsiya , Investorlar, Fan - texnika taraqqiyoti, texnologiya, Tabiiy resurs, Gedroenergetik resurs, Xo'jalik tarkibi, Xo'jalik tarmoqlari , Tabiiy va iqtisodiy geografik o'rni. Xalq xo'jaligi mamlakatning eng murakkab iqtisodiy sitemasi bo'lib, moddiy ishlab chiqarisahning barcha tarmoqlari va no ishlab chiqarishning barcha tarmoqlari majmuidan iboratdir. (Asanov. G.R. 1990- yil) Markaziy Osiyo davlatlarining xo'jaligi istiqlol davrigacha sobiq iqtisodning ixtisoslashtirilgan yagona xalq xo'jaligi tizimi tarkibida bo'lib, mafkura asosida boshqarilayotgan markazning ko'rsatmalariga binoan shakllandi, joylashtirildi va iqtisoslashtirildi. Shuning uchun ham regionda xo'jalikning nomutanosib tarkibi va hududiy joylashuvida notekisliklar, ishlab chiqarishda turli tumanlik hamda uzulishlar vujudga keldi. Markaziy Osiyo hududning tabiiy iqtisodiy va ijtimoiy sharotilari talab va ehtiyojlari markazda unchalik etiborga olinmadi. Chunki, aniq ko'rsatmalar rejalar yuqoridan berilar edi. Markaziy Osiyo sobiq ittifoq davrida arzon mehnat resurslari, xom ashyo va yarim xom ashyo yetkazib beruvchi mintaqa hisoblanadi. Regiondagi Respublikalarda iqtisodiyot uchun zarur bo'lgan tog'- kon sanoat tarmoqlari paxta va boshqa qishloq xo'jalik xom -ashyosini dastlabki qayta ishlab beruvchi sanoat tarmoqlari shakllandi, rivojlantirildi va o'ziga xos joylashtirildi. Bu bilan ular sobiq ittifoqning energetika, metallurgiya, kimyo qurilish materiallari, yengil va oziq - ovqat sanoat tarmoqlariga xom - ashyo yetkazib beruvchi asosiy iqtisodiy zonaga aylantirilgan edi. Yillar davomida hududdagi Respublikalar ishlab - chiqarish hajmi bo'yicha sobiq iittifoqning paxta, pilla, qorako'l terilari, quritilgan va ho'l mevalar, poliz ekinlari va hamda rangli va qimmatbaho metallar (mis, qo'rg'oshin, volfram, uran, simob, surma, oltin va h.o) kabi qishloq xo'jlaigi va sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi rayon bo'lib keldi. Shuningdek neft, tabiiy gaz, elektr energiyasi , paxtachilik ishlab chiqarish majmuasida xizmat qiladigan mashina va asboblar yetkazib berishda ham Markaziy Osiyo davlatlarining ulushi katta bo'ladi. Sobiq ittifoq davrida Markaziy Osiyo hududidagi xo'jlik tarmoqlarining ishlab chiqarishda qatnasuv va uning bohsqa hududlaridagi tarmoqlari bilan bog'langan holda olib borilganligi sababli Respublikalarda tarmoqlarni shakllantirish va rivojlantirishda ularga tobiylik sezilar edi. Birgina misol O'zbekistonda samolyot yasatish uchun 1500 dan ortiq kerakli uskunalarni paxta terish mashinasini barpo etish uchun yuzdan ortiq kerakli qismlarni sobiq ittifoqning turli hududlardagi korxonalardan olib kelishga majbur bo'lardi. Bu holatlar Markaziy Osiyo Respublikalarida xo'jalik tarmoqlarining sharoit va ehtiyojdan kelib chiqqan holda barpo etishga to'sqinlik qilib keldi. Bularning barchasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.85 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:47 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.85 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga