Markaziy osiyo mamlakatlariga xos bo'lgan umumiy muammolar REJA: 1. Mustaqil Respublikalar - Milliy istiqlol natijasi 2. Markaziy Osiyoga xos bo'lgan umumiy muammolarni vujudga keltiruvchi omillar . 3.Markaziy Osiyoga xos bo'lgan ekalogik, ijtimoiy, iqtisodiy muammolar . 4. Umumiy muammolarni bartaraf qilishning chora tadbirlari haqida. Tayanch tushunchalar: Berk havza; ijtimoiy demografik muammolar, iqlim bilan bog'liq bo'lgan muammolar, Orol havzasi, yer resursi, tuproqlar pasporti, antrapogen landshaftlar tashlandiq yerlar. Sovet Ittifoqining parchalanishi natijasida mustaqil davlatlar shakllandi. Shu jumladan Markaziy Osiyo zaminida Qozog'iston , Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston va O'zbekiston davlatlari tarkib topdi. Ularni Mustaqil davlat sifatida Birlashgan Millatlar tashkiloti va jahondagi juda ko'p mamlakatlar, nufuzli tashkilotlar tan olishdi, diplomatik munosabatlar o'rnatishdi. Tarixi, zamini, etnik kelib chiqishi, dini urf- odatlari, orzu- umidlari, maqsadlari, tabiiy sharouit va resurslari, istiqbol imkoniyatlari bir bo'lgan qozoq, qirg'iz, tojik va o'zbek, turkman va qoraqalpoq halqlari yangi hayot qurishga va bu borada o'zaro hamkorlik, qilishga harakat qilmoqdalar. Mazkur davlatlar uzoq va yaqin o'tmishda yaqin yaxlit bo'lgan, A.Temur ta'kidlaganidek, ularning mulki Turon, millati turk bo'lgan. Markaziy Osiyo xalqlari jahon fani va ma'daniyatining rivojlanishiga juda katta hissa qo'shgan. XX asrning 90 yillaridan boshlab bu zaminda vaziyat o'zgardi. Dunyo siyosiy kartasida Mustaqil davlatlar tashkil topdi. Bu davlatlar hozirgi kunda va kelajakda ijtimoiy, ma'naviy jihatdan o'zaro bir - biriga yaqinlashishni hamkorlikni parchalanishga qarshi qo'ydilar. Tarixiy va zamin birligi, tenglik asosida iqtisodiy, texnikaviy va madaniy aloqalarni qayta tiklash va rivojlantirishga harakat qilmoqdalar. Markaziy Osiyo davlatlari ma'lum bvir geografik o'lkada joylashganligi uchun uning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari deyarli bir xil bo'lib, ba'zi tomonlardan bir oz farqlanadilar, shuning uchun ham bu o'lkaning tabiatini, tabiiy resurslarini, iqtisodiy va boshqa geografik imkoniyatlarini, davlatlar iqtisodiyotini rivojlantirish bilan bog'liq boshqa muommolarni alohida - alohida hal qilib bo'lmaydi. Markaziy Osiyo davlatlarida umumiylik shu qadar ko'pki, uni birgalikda qarash va birgalikda yechish davr taqazosidir. Markaziy Osiyo hududining geografik o'rni va tabiiy resurslarini birgalikda o'rganish, ulardan foydalanishni hamda muommolarni birgalikda hal etish muhim ahamiyatga ega. Chunki ularning geografik va iqtisodiy jihatdan taqsimlanishi, mazmuni shi qadar o'ziga xoski, buni yakka tartipda yechib bo'lmaydi. Jumladan Markaziy Osiyoning tabiiy va iqtisodiy, madaniy, ichki va tashqi aloqalari mazmuniga, mohiyatiga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Masalan: Rossiya, Xitoy, Afg'oniston, Eron bilan, Kaspiy dengizi bilan bo'lgan chegara va qo'shnichilik aloqalarini olaylik. Shimolda Rossiyaning iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan Volga bo'yi, Ural Shimoliy Kavkaz, G'arbiy Sibir kabi yirik iq1tisodiy rayonlari bilan bog'langan. Bu ayniqsa Qozog'iston Respublikaning iqtisodiy taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. Yoki Markaziy Osiyo davlatlari Kasbiy dengizi orqali Rossiya va G'arbiy Yevropadagi hamda O'rta ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 21:44:13
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.83 KB
Ko'rishlar soni
192 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:47
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 21:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.83 KB
Ko'rishlar soni
192 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:47 ]
Arxiv ichida: docx