Markaziy Osiyoda mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati

Markaziy Osiyoda mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati

O'quvchilarga / Geografiya
Markaziy Osiyoda mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati - rasmi

Material tavsifi

Markaziy osiyoda mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati REJA: 1.Mashinasozlikning Markaziy Osiyo davlatlaridagi ahamiyati. 2.Mashinasozlik majmuasining tarkibi va Markaziy Osiyoda mashinasozlikning rivojlanishi. 3.Markaziy Osiyoda mashinasozlik sohasida xalqaro hamkorlik. Tayanch tushunchalar: Mshinasozlik sanoati majmuasi , metallarga ishlov berish, kichik korxonalar; qo'shma korxonalar, zavod; kombinat , ishlab chiqarish birlashmasi , radioelektronika , elektronika, davlat konserni; davlat aksiyadorlik jamiyati, xalqaro hamkorlik, eksport, import. Mashinasozlik va metalni qayta ishlovchi sanoatlar birgalida mashinasozlik majmuasini tashkil qilib, u Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotining asosiy tarmog'i hisoblanadi. Uning ahamiyati ishlab chiqarish jarayonlarini texnik jihatdan qurollantirish va avtomatlashtirish, hozirgi zamon fan - texnika taraqqiyoti yutuqlarini xo'jalikning barcha tarmoqlarida joriy qilish, mahsulot sifatini yaxhsilash hamda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirishdadir.Regiondagi davlatlarning taraqqiyoiti shu hududdagi mashinasozlik tarmoqlarining rivojlanishi bilan bog'liq. Mintaqada mashinasozlik geografiyasi shu hududdagi geografik shart-sharoit , ehtiyoj hamda ishlab chiqarishda ixtisoslashuv bilan bog'liq. Markaziy Osiyo davlatining aksariyati azaldan xom-ashyo va yarim xom-ashyo mahsulotlari yetkazib beruvchi tarmoqlarga ixtisoslashgan. Keyinchalik tog'- kon sanoati tarmoqlari rivojlandi. XX asrning 60 yillaridan boshlab mamlakatlar iqtisodiyoti og'ir sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga katta ehtiyoj tug'ildi. Bular o'z navbatida yengil, oziq- ovqat va og'ir sanoat tarmoqlarining iste'molini ta'minlovchi hamda tarmoqlar aro integrasiyani takomillashtiruvchi, ichki va tashqi aloqalarni rivojlantirishga muhim ta'sir etuvchi mashinasozlik tarmoqlarini barpo etishga olib keldi. Buning uchun yetarli miqdorda mehnat resurslari va malakali kadrlar talab etiladi. Mashinasozlik sanoat majmuasini barpo etish va rivojlantirish uchun Markaziy Osiyo davlatlarida imkoniyat bor. Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotining ehtiyojidan kelib chiqqan holda, mintaqada mashinasozlikning quyidagi tarmoqlari barpo etildi va rivojlantirilmoqda. Bular; traktorsozlik va qishloq xo'jaligi mashinasozligi, paxta tozalash sanoati, to'qimachilik, qurilish va yo'l, tog'- kon sanoati, kimyo va neft qazib olish, samolyotsozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik, radioelektronika, kommunal xo'jaligi, madaniy- mayishiy ro'zg'or texnikasi mashinasozligi va boshqalar. Regeonda mashinasozlik sanoati sobiq Ittifoq davrida barpo bo'ldi. Ungacha, Markaziy Osiyo hududida mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan kichik korxona va ustaxonalar bo'lgan. Asosiy korxonalarda temir yo'l mashina uskunalari ta'mirlanadi, paxta tozalash va yog' zavodining ehtiyojlari qondiriladi. Markaziy Osiyoda, sobiq ittifoqning dastlapki o'n yilligida, qishloq xo'jaligi, sanoat va transportni rivojlantirishdan kelib chiqqan holda ta'mirlash korxonalari qurila boshlandi va ularning quvvati oshirildi. 30- yillarda O'zbekistonda Toshpaxtasanoat mexanika zavodi, Qishloqmash zavodi, ekskavator ta'mirlash zavodi. Irmash (hozirgi ToshEKS ishlab chiqarish birlashmasi) va boshqalar ishga tushurildi. Qozog'iston va Turkmanistonda temir yo'1l transporti , tog'- kon sanoatini ehtiyot qismlari bilan ta'minlovchi korxonalar, mexanika ustaxonalari tashkil etildi. Markaziy Osiyoda mashinasozlik sanoati taraqqiyotini to'rt davrga- urushgacha, urush davri urushdan keyingi mustaqillikgacha va mustaqillik davrlariga bo'lish mumkin. Urush davrida Markaziy Osiyoda mashinasozlikning sur'atlari va darajasi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.08 KB
Ko'rishlar soni 171 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:48 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.08 KB
Ko'rishlar soni 171 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga