Markaziy Osiyoning geografik o'rni, tabiiy sharoiti va resurslari

Markaziy Osiyoning geografik o'rni, tabiiy sharoiti va resurslari

O'quvchilarga / Geografiya
Markaziy Osiyoning geografik o'rni, tabiiy sharoiti va resurslari - rasmi

Material tavsifi

Markaziy osiyoning geografik o'rni, tabiiy sharoiti va resurslari REJA: 1. Markaziy Osiyoning tabiiy va iqtisodiy geografik o'rni , chegaralari. 2. Markaziy Osiyoning tabiiy sharoiti , geografik o'rnining o'ziga xos xususiyatlari. 3.Markaziy Osiyoning tabiiy sharoiti va resurslariga baho Tayanch tushunchalar: Geografik o'rni (tabiiy va iqtisodiy geografik ) tabiiy sharoit, tabiiy resurslari , tabiiy- geografik o'lka, siyosiy - ma'muriy chegara, chegara uzunligi, tabiiy sharoitiga va tabiiy resurslariga baho berish, berk havza; hudud, region, tektonik harakat, geologik tuzulish. Markaziy Osiyo mamlakatlari hududining asosiy qismi (Qozog'iston Respublikasining ma'lum qismidan tashqari) O'rta Osiyo tabiiy - geografik o'lkasida joylashgan. Yuqorida aytilganidek, Markaziy Osiyo siyosiy- ma'muriy tushunchasi tabiiy - geografik tushuncha emas. Uning maydoni 3994.4 ming kv km . O'rta Osiyo tabiiy geografik o'lkasining umumiy maydoni esa -3300,0 ming kv .km atrofida (Hasanov I.A., G'ulomov P.N.T-2002) Markaziy Osiyo 5 ta Mustaqil Respublikalarni o'z ichiga olgan bo'lib , shimolda Rossiya Federasiyasi , sharqda Xitoy, janubda Afg'oniston va Eron, g'arbda Kasbiy dengizi bilan chegaradosh. Respublikalarning umumiy o'xshashligi tabiiy geografik joylashuvida, tabiiy sharoit va resursllardan foydalanishda, tarixiy kelib chiqishda, aksariyat turkiy xalqlarning tarqalganligi, xo'jalikni tashkil qilish, joylashtirish va rivojlantirish xususiyatlarida va boshqalarda o'z mazmunini topgan. Markaziy Osiyo hududining shimoliy, sharqiy, janubiy va g'arbiy chegaralari iqtsodiy geografik jihatdan Mustaqil Respublikalarning ma'muriy chegaralari doirasida ko'riladi. G'arbda chegarani umumiy uzunligi bo'lsa, shundan , Kaspiy dengizi qirg'oqlariga to'g'ri keladi. O'rta Osiyo tabiiy - geografik o'lkasi nuqtai nazardan qaralganda o'kaning shimoliy chegarasi OrolIrtish suvayrig'ichidan o'tadi. Chegara g'arbda Ozerney qishlog'idan (510 shimoliy kenglik, 610 sharqiy uzunligi ) sharqda Tarbog'otoy tizmasining sharqiy qismiga Joyir tog'iga (470 shimoliy kenglik, 850 sharqiy uzunlik) borib taqaladi. O'lkaning sharqiy chegarasi Pomir, Tiyanshan, Jung'oriya Olatovi va Torbog'atoy tizmalari suv ayirg'ichlari orqali o'tadi. Bu chegara Kaspiy Orol - Balxash berk havzasi chegaralariga to'g'ri keladi. Tabiiy geografik jihatidan o'lkaning sharqiy chegarasi Savr, Sharqiy Jung'oriya, Jung'oriya, Boroxoro, Iren-Xabirga, Qarat, Xoliqtog' tizmalari suvaryig'ichi, Xontangri tog'tuguni, Ko'kshag'al, Otboshi tizmalari suvaryig'ichi orqali o'tib , Farg'ona tizmasiga tutashadi, so'ngra Oloyning sharqiy qismi va Sariko'l tizmasi suvaryig'ichi bo'ylab o'tib Hindikush tog'lariga tutashadi. O'lkaning janubiy chegarasi Mustog'dan (Shing-Shal davonidan 4832 mt) boshlanib, sharqdan g'arbga Hindikush, Saftko'x, Nishopur tizmalari suvaryig'ichlari bo'ylab o'tib Elburus tog'i orqali Kaspiy dengizining janubiy- sharqiy chekka sohiliga kelib tutashadi. (Hasanov I.A, G'ulomov P.N T-2002- yil) Geografik o'rning o'ziga xos xususiyatlariga: uning ulkan Yevrosiyo materigining o'rtasida joylashganligi uzoq geologik rivojlanish davomida tabiiy hududiy hosila tarzida shakllanganligi , dunyo okeanidan ancha uzoqda ekanligi Yevrosiyodagi eng katta hududni egallagan berk xavzaning bir qismi bo'lganligi yer yuzasi tuzulishining o'ziga xosligi, o'lkada gorizontal ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.87 KB
Ko'rishlar soni 192 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:48 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.87 KB
Ko'rishlar soni 192 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga